14
-O’zbekiston Respublikasining «CHet ellik investorlar huquqlarining
kafolatlari
va himoya choralari to’g’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.;
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasining 2010
yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida»gi Qarori, 28.10.2009 y.;
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida»gi Farmoni, 11.04.2005 y.
4.3. Investitsiya shartnomalari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180-
sonli qaroriga asosan “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi”
to’g’risida nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga Vazirlar Mahkamasining 2006
yil 7 iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi "CHet ellik investorlar
huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi Qonunining 4-moddasiga
muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha
kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berishda ular bilan
O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish
tartibini belgilaydi. CHet ellik investorlar bilan ularning qo’shimcha kafolatlar va
himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish bilan bog’liq bo’lmagan
investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo’naltirilgan shartnomalarni tuzish
va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga muvofiq chet ellik investorlarga quyidagi yo’nalishlarda
kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish ko’zda tutilgan:
-barqaror iqtisodiy o’sishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy
o’zgartirishlarni ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarni rivojlantirilishida;
-respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini mustahkamlash va
kengaytirishni, respublikani jahon xo’jalik aloqalariga integratsiyalashni ta’minlovchi
ustuvor loyihalarni
amalga oshirilishida;
- xom ashyo va materiallarni
qayta ishlashga, iste’mol
tovarlari ishlab chiqarish
va xizmatlar ko’rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga yo’naltirilgan kichik
tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning amalga oshirilishida.
Dostları ilə paylaş: