22
6-mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirishning
zamonaviy shakl va usullari
(4 soat)
6.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar
uchun imtiyozlar
6.2. Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
rag’batlantirish
6.3. To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
rag’batlantirish
6.1. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar uchun imtiyozlar
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqyosda
jalb qilish,
xorijiy investorlarni o’z mablag’larini mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun sarflashga
qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar
yaratilgan. Ular quyidagi chizmada o’z ifodasini topgan.
O’zbekistonda mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish
uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish
tadbirlarini (jumladan, imtiyozlarni berish) amalga oshirishda quyidagi
tamoyillarga
asoslaniladi:
•
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni
ko’zlab siyosat yuritish;
•
respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag’ni keng jalb etishni
ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora
takomillashtirish;
•
respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va
iqtisodiyotni zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko’maklashayotgan xorijiy
investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini yuritish;
•
mablag’larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan, import o’rnini
qoplovchi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng
muhim ustuvor yo’nalishda jamlash.
Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom
ashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab:
- daromad (foyda) solig’idan birinchi yil 25 foiz qismidan, ikkinchi yil 50 foiz
qismidan, uchinchi yil 100 foiz
ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan
100 foiz ozod qilinadi;
-mulk solig’idan 2 yilga ozod qilinadi;
-ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig’i eksportga
chiqarilsa, 50 foiz
daromad solig’idan (foyda solig’i), 15-30 foiz eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad
(foyda) solig’idan ozod qilinadi;
-ishlab chiqarish bilan band bo’lsa, yer solig’idan 2 yilga ozod qilinadi.
23
O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko’zda tutilgan.
Unga ko’ra neftь va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga
xorijiy kompaniyalarni
jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan,
shuningdek ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda
bojlardan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: