13
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan
shartnomalar tuzish;
-o’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining
natijalariga egalik qilish,
ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. CHet ellik investorning qaroriga binoan
investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni
tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar
boshqa
shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga
solinadi;
-O’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga
qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va
O’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul
qilish;
-investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf
etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
-O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb
etish;
-o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan
ichki valyuta bozorida chet
el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga
doir huquqlarni sotib olish;
-O’zbekiston Respublikasining
qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi
asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga
olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablaјlarini jalb etishga qaratilgan
majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min
sifatida foydalanish;
-o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib
ravishda tovon olish;
-davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi)
hamda
qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
CHet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
Dostları ilə paylaş: