Zamonaviy tilshunoslikda lingvopoetika tadqiqi



Yüklə 80,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix16.12.2023
ölçüsü80,6 Kb.
#182200
1   2   3   4   5   6   7   8
zamonaviy-tilshunoslikda-lingvopoetika-tadqiqi

Poetik fonetika.
Bunda badiiylikni ta’minlovchi unsurlar sifatida tovushlar 
tadqiq etiladi. Ya’ni uslubni yaratishda o’ziga xos tovush o’zgarishlari, urg’uning 
berilishi, ularning o’quvchi tasavvuriga ta’siri va boshqa omillar e’tiborga olinadi. 
Masalan, she’riyatdagi vazn talabiga ko’ra tovush tushishi, tovush orttirilishi, 
tovushlarning o’rin almashishi kabilar. Nasrda ham obrazning ishonchli bo’lishi 
uchun turli so’zlar ifodasidagi o’ziga xos holatlar (masalan, yo’o’o’g’-e? yoki 
mazza!) kuzatiladi. Bu kabi o’zgarishlarning maqsadini lingvopoetik tahlil ochib 
beradi.

Poetik leksikologiya.
Bu yo’nalishning tadqiqot ko’lami nihoyatda keng 
bo’lib, o’zbek tilshunosligida ham ko’pgina ilmiy ishlar qilingan. Masalan, biror asar 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
467 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
tilida sinonim, omonim iboralar yoki chegaralangan leksika (dialektizmlar, 
istorizmlar, arxaizmlar...), o’z va o’zlashgan so’zlar qatlamining ishtiroki kabi 
masalalar bir qancha asarlar tili yuzasidan tahlil etilgan.

Poetik morfemika.
Bu nafaqat morfemika, balki morfologiya va so’z yasalishi 
bo’yicha tahlillarni ham o’z ichiga olgan nihoyatda keng yo’nalish bo’lib, qiziqarli 
tadqiqotlarga sabab bo’ladi. Masalan, asar matnida o’ziga xos tarzda qo’llangan har 
bir affiksning tahlili ham tarixiy, ham tavsifiy, ham qiyosiy jihatdan olib boriladi.

Poetik semantika.
Bunda so’zlarning turli ma’no qirralarini ifoda etishi, 
ayniqsa, ko’chma ma’noda qo’llanishi tadqiqida ham til boyligi, ham uslubning 
o’ziga xosligini ko’rsatib beruvchi vositalarga diqqat qaratiladi. Bu yo’nalishni 
bevosita badiiy san’atlar, tasvir vositalari (sifatlash, o’xshatish, mubolag’a va b.) 
tahlili bilan bog’liq holda olib borish kerak bo’ladi.


Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin