Poetik sintaksis. Bu yo’nalishda matnning gap qurilishi tadqiq etiladi. Unda
lingvopoetik tahlil formal sintaksis, mazmuniy sintaksis, kommunikativ sintaksis va
matn sintaksisi bilan bog’liq holda olib boriladi. Poetik nutqni tahlil etish usuli 2 xil:
she’riy va nasriy matn asosida amalga oshiriladi. Chunki bunda she’riy nutqni
shakllantiruvchi unsurlarga, she’riy nutq tuzilish tizimiga, gap bo’laklari tartibiga,
lafziy va ma’naviy san’atlarning qo’llanishiga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shoirning
g’oyasi va maqsadini aniqlashda gap bo’laklarining shaklan va mazmunanifodalanish
usullarini, emotsional-ekspressivlikni ta’minlovchi barcha vositalarni tahlil etish
zarur. Nasriy nutqda ham gaplar va gap bo’laklari tartibi, shakliy va mazmuniy
mutanosiblik kabilarga e’tibor berish kerak. Bunda tahlil gapning formal-grammatik
bo’linishi, aktual bo’linishi, mantiqiy urg’u, presuppozitsiya kabi hodisalar bilan
bog’liq bo’ladi. Umuman, bu yo’nalish struktural poetika tushunchalari bilan
aloqador.
O’zbek tilshunosligida lingvopoetikaning oyoqqa turishida va rivojlanishida
X.Doniyorov, S.Mirzaev, Q.Samadov, I.Qo’chqortoev, X.Abdurahmonov,
N.Mahmudov, B.Umurqulov, I.Mirzaev, M.Yo’ldoshev kabi olimlarning xizmatlari
katta bo’ldi. Ular badiiy asar tilining stilistik, badiiy -estetik jihatlarini yozuvchining
so’z tanlashi, uning o’ziga xos tili, umumxalq tiliga bo’lgan munosabati, yangi so’z
va iboralar yaratishi kabi omillar nuqtai nazaridan tekshirdilar.
XULOSA Xulosa shuki, lingvopoetik tadqiq asoslarini, ularning nomlanishini bir
ko’rinishga keltirish kerak. Bu masala yuzasidan yaratilgan tadqiqotlar tilimizning
boyligini ko’rsatish, filologiyaning yaxlitligini ta’minlash bilan bir qatorda, yetuk
tilshunos va adabiyotshunos mutaxassislar tayyorlashga ham xizmat qiladi, deb
o’ylaymiz. Yuqoridagi fikrlar asosida yaxlit xulosa qilishimiz mumkinki matn