Kun tartibidagi so‟nggi masalalar yuzasidan so‟zga maktab - Boshlang‟ich ta‟lim
metod
birlashmasi rahbari
Mirzayeva Nasibaxon chiqib
Har bir chorak yakuniga ko„ra
Boshlang‟ich ta‟lim o„quvchilardagi bo„shliqlarni to„ldirish,
murakkab mavzularni osonroq
tushuntirish bo„yicha metodik tadbirlarni tashkil etish va yosh pedagoglarga tajribali
ustozlarni
biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratib berish bo‟yicha takliflar kiritib
o‟tdi.
Muzokara uchun so‟zga chiqqan Boshlang‟ich ta‟lim metod birlashma a‟zolaridan
Xolmatova Xalima, Bo'riyeva Zilola va Allayorov Botirlar ushbu taklifni ma‟qullab
ma‟lumot hamda amalda qo‟llash zarurligini aytib o‟tishdi.
Yuqoridagilarga asosan Boshlang‟ich ta‟lim metod birlashmasi umumiy yig‟ilishi
QAROR QILADI
1.
O‟zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli
buyrug‟idagi umumiy o„rta ta‟lim maktablari o„qituvchilariga uzluksiz
metodik xizmat
ko„rsatish tartibi haqidagi yangi buyrug‟i ma‟lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.
O‟zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi Vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli
buyrug‟ida Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida o„quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada
yaxshilash, pedagog xodimlarga o„z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish maqsadida
yilning
avgust oyida
va har chorakda kamida bir marta
fan metodbirlashmalari
yig„ilishi o„tkazib borish kerakligi ma‟lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
3.
Har bir chorak yakuniga ko„ra Boshlang‟ich ta‟lim o„quvchilardagi bo„shliqlarni
to„ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo„yicha metodik tadbirlarni
tashkil etish va yosh pedagoglarga tajribali
ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga
sharoit yaratib berish tayyorlagan ishlarini tashkil qiish bo‟yicha
chora-tadbirlar ishlab
chiqilsin.
Dostları ilə paylaş: