36
2.2 Mikrokontrollerlarni printsipial sxemasini ishlab chiqish
Mikrokontrollerlarni katta darajada integratsiyalashda integral mikrosxema
ko’rinishida bajarilgan mikroelektron bajaruvidagi murakkab dasturli
boshqaruvchi raqamli qurilma hisoblanadi. Shuning
uchun u ham elektron
priborlarda mavjud bo’luvchi (tezlik, gabarit va massa, qiymat, tempratura
diapazoni,
korpus tipi, sarflanadigan quvvat,
manba darajalari miqdori va
hokazo), ham hisoblash vositalari (razryadlilik, komandalar bajarish tsikli, ichki
registrlar soni, stekli xotira tipi, dasturiy ta’minot tarkibi va hokazo) kabi
parametrlar to’plami bilan ifodalanadi. Mikrokontrollerlar yuqorida qayd etilgan
xarakteristikalaridan nisbatan kuchlilari bilan qo’llashning
samarali muhitini
tanlash maqsadida sinflanadi.
Bir kristalli mikrokontroller kontrollerlarning barcha apparatli vositalarini
bitta katta integral sxemalari yoki katta integral sxemalari tizimlari ko’rinishida
ishlatishdan
olinadi.
Ular
bilan
bajariladigan
barcha
operatsiyalar
mikrokontrollerlar komandalari to’plami bilan aniqlanadi.
Bir kristalli
mikrokontrollerlar tarkibiga:
arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ),
doimiy xotira qurilmasi,
operativ xotira qurilmasi,
mumiy belgilanishdagi registrlar bloki,
maxsus registrlar,
boshqaruv sxemalari, ma’lumotlar magistrali,
adreslar magistrali va boshqaruv magistrali,
kirish-chiqish portlari,
taymerb-hisoblagichlar va boshqa funktsional tugunlar kiradi.
37
Elektron va elektrotexnik sistemalarda kullanishda Atmel firmasining AVR
oilasiga mansub mikrokontrollerlari keng imkoniyatlarga ega.
Ular RISK
komandalar sistemasiga ega bo’lgan bir kristalli mikro-EHMlardan iborat.
Komandalarning asosiy qismi mikrokontrollerda bir taktda bajariladi.
Xotiradan navbatdagi komandani tanlash undan oldingi komandani bajarish
vaqtida amalga oshiriladi. Mikrokontrollerlar KMOP texnologiyasi asosida
yaratilgan bo’lib, programmalar va malumotlarni
saqlovchi energiyaga
bog’lik bo’lmagan xotira qurilmalari Flesh ROM va EEPROM
texnologiyalari asosida yaratilgan.
AVR оиласига уч сериядаги микроконтроллерлар киради: AT90,
ATtiny ва ATmega, улар ичида AТtiny энг кам ва AТmega энг кўп ҳисоблаш
имкониятига эга (1-расм).
Dostları ilə paylaş: