6
I. BOB. TEXNIK OB’EKTLARNI BOShQARIShDA
MIKROKONTROLLERNI ROLI
I.1. Mikrokontrollerlar
arxitekturasi
Mikrokontroller(ingl. Micro Controller Unit, MCU)-elektron qurilmalarni
boshqarishga mo’ljallangan mikrosxema. Odatdagi mikrokontroller o’z
ichiga
protsessor va periferiya uskunalari, OX(operativ xotira) va DX(doimiy xotira)
olishi mumkin. Oddiy masalalarni bajara oladigan bir kristalli kompyuter deb
atash ham mumkin. Zamonaviy elektronikani mikrokontrollerlarsiz
tasavvur
qilib bo’lmaydi. Koinotdagi sun’iy yo’ldoshlardan tortib kundalik hayotda har
kuni foydalanadigan jixozlar ham mikrokontroller asosida ishlaydi.
Qisqacha tarix.
Bir kristalli mikro-EHM uchun birinchi patent 1971 yil amerikaning "Texas
Instruments" xodimlari M. Kochern va G. Bun larga berilgan. Ularning taklifi
bir
kristalda nafaqat protsessor, balki hotira va kiritish-chiqarish uskunalarini
ham joylashtirish edi.
Amerikaning Intel firmasi tomonidan 1976 yili "i8048" mikrokontrollerini
ishlab chiqardi. Kristalida markaziy protsessor yonida 1
kbayt dastur
xotirasi, 64 bayt ma’lumot xotirasi, ikkita 8 bitli taymer, soat
generatori va
27 ta kirish-chiqish portlari liniyasi joylashgan. i8048 turkum
mikrokontrollerlari IBM shaxsiy kompyuterlari birining klaviaturalarida,
Maknovox Odyssey o’yin konsuli ko’rinish-larida
ishlatiladi, shuningdek bir
qator boshqa qurilmalarida foydalanishdi. Intel navbatdagi "i8051"
mikrokontrollerini ishlab chiqaradi. Periferiya uskunalarining to’plami, tashqi va
ichki dasturlash xotirasini tanlash imkoniyati va qulay narxi bilan tez orada
elektronika bozorida muvofaqiyat qozondi. Texnologiya nuqtai-nazaridan i8051
mikrokontrolleri o’z vaqti uchun juda murakkab uskuna hisoblanadi. Kristallda
128 ming tranzistordan foydalanilgan, bu o’z navbatida 16-razryadli i8086
mikroprotsessoridagi tranzistorlar sonidan 4 baravar ko’proq.
Keyingi Intel 8051 Mikrokontroller shu sinf
qurilmalari ichida xaqiqiy
klassik obraz bo’ldi. Bu 8 bitli Chip butun Mikrokontroller-lar turkumi
7
boshlanishi bo’ldi. 8051 analoglarini Minsk, Kiev, Voronej,
Novosibirsk
korxonalarida ishlab chiqarildi. Ko’pchilik mikrokontroller ishlab
chiqaruvchilar xozirgi kunda ham shu arxetukturaga asoslangan
ko’rinishlarni
ishlab chiqarmokda, ular orasida Philips, MicroChip, Atmel,
Dallas, OKI, Siemens va boshqa kompaniyalar bor.
Dostları ilə paylaş: