11
32–razryadli mikrokontrollerlar umumiy belgilanishdagi mikropro-
tsessorlarning kichik modullari imkoniyatlari bilan mos keluvchi yuqori
ishlab chiqarish kuchiga ega protsessordan tuzilgan.
Bir qator holatlarda bu mikrokontrollerlar foydalaniladigan protsessor
SISS - yoki RISS- protsessorlariga o’xshash, ular oldin umumiy belgidagi
mikroprotsessorlar sifatida ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilmoqda.
Masalan
32-razryadli mikrokontrollerlar Intel kompaniyasi i386 protsessorlaridan
foydalandi, Motorola kompaniyasi mikrokontrol-lerlardan 68020 protsessorlari
keng qo’llaniladi, bir qator boshqa mikrokontrollerlarda protsessor yadrosi
sifatida PowerPS tipidagi RISS protsessorlari xizmat qiladi. Protsessorlar
bazasidan foydalanib shaxsiy kompyuterlarning har xil modullari ishlab
chiqarilgan.
Mikrokontrollerlar
16 megabayt va undan yuqori xajmli bo’lgan tashqi
xotira bilan ishlaydi. Ular ishlab
chiqarish avtomatikasi
(dvigatellar,
robototexnik qurilma, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish),
o’lchov- kontrol apparaturalari va telekommunikatsiya jixozlarida keng
qo’llanilmokda.
Bu mikrokontrollerlarning ichki strukturasida Prinston yoki Garvard
arxitekturasidan foydalaniladi. Ularning tarkibiga kiruvchi protses-sorlar SISS
yoki RISS - arxitekturasiga ega, ulardan bir nechasi bir necha bajaruvchi
konveyrlardan iborat bo’lib, superskalyar
strukturasini ifodalaydigan
arxitekturadan iborat bo’ladi. Raqamli signal protsessorlari maxsuslashtirilgan
mikroprotsessorlar sinfini namoyon etadi, ular tushuvchi analog signallarni
raqamli qayta ishlashga yo’naltirilgan.
Analog signallarni qayta ishlash algoritmlarining maxsus xususiyati
komandalar qatorini ketma-ket bajarish zaruriyatidir. Raqamli tizimlarni
loyixalashtirishda mikrokontrollerni to’g’ri
tanlashni amalga oshirish
zarurdir.
Mikrokontroller biz xoxlaganlarni bajarishga majburlash uchun ularga
dastur yozish kerak. Buni har xil dasturlash tillarida bajarish mumkin.
12
Ko’pchilik xollarda S va assembler tillaridan foydalaniladi. Lekin natijada
albatta .hex kengaytmali chiqish faylini olishimiz va uni mikrokontrollerga
yozamiz.
Mikrokontroller haqidagi barcha ma’lumotlar (elektr para-metrlari),
gabaritlari, dasturlash afzallik va xususiyatlari ) maxsus xujjatlarda - datashit
(Data Sheet) larda joylashadi, ular mikrosxema-larni ishlatish uchun o’z
shaklidagi ko’llanma hisoblanadi. Shuningdek uni
boshqa elektron priborlar
uchun ham foydalanish mumkin. Data Sheet larni ishlab chiqaruvchi yoki
maxsus saytlardan tekin holda ko’chirib olish mumkin.
Yana bir kerakli jixoz – bular appnoutlar ( Application Note). Bu
xujjatlarni mikrokontroller ishlab chiqaruvchilari yaratishadi. Unda
mikrokontrollerlarni amaliy qo’llanishi yoziladi, qurilma sxemasi keltiriladi,
uning ishlash printsipi yoziladi.
Dasturni mikrosxemaga tikishdan oldin uning ishini kompyuterda
modellashtirish mumkin. Buning uchun har xil emulyator va simulyatorlar
mavjud. Bu dasturlarda injenerlar
qurilma sxemasini chizadi, fayllarga yo’l
ko’rsatadi va qurilma real ishlash vaqtini ko’rsatadi. Agar nimadir sodir
bo’lsa, dastur kodini korrektirovka qiladi. Bunday virtual modellashtirish
dastur yozish jarayonini sezilarli tezlashtiradi va engillashtiradi. Ba’zi bir
kompilyatorlarda ( ,,Debaggerlar”) taxlov-chilar mavjud bo’ladi.
Taxlovchilarni simulyator va emulyatorga ajratish mumkin
Dostları ilə paylaş: