13
taqqoslashga qaratiladi. U xalq maorifi sistemalarining ijtimoiy xarakterini
baholashni ta‘lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini,
mazmun va metodlarini,
jamiyatning tuzilishini analiz qilish, maktab tashkil etishlarini nazarda tutadi.
Zamonaviy ta‘lim taraqqiyoti davrida innovatsion g‘oyalar, konsepsiyalar,
ta‘limotlarning u yoki bu xalqning mentalitetiga,
urf-odatlari hamda asrlar
davomida shakllangan qadriyatlariga uyg‘unligini ko‘rsatishga asoslanadi.
Statistika metodi
- ta‘limning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi.
Statistik metod
- tavsiflash metodi bilan uzviy bog‘langan statistik axborot
berish bilan cheklanmaydi balki maorif sistemasiga va quyidagi pedagogik
hodisalarga daxldor raqam va ma‘lumotlarni tahlil qilish va baholashni ko‘zda
tutadi.
Bolalarni o‘qishga jalb qilish, o‘qitish bosqichlari bo‘yicha
o‘quvchilarning sinfda
qolib borishining oldini olish, sinflarning o‘rtacha to‘liqligi,
o‘quvchilarnmg ijtimoiy guruhi, davlat va shaxsiy o‘quv yurtlari va ulardagi
o‘quvchilar soni nisbati, maktab yoshidagi bolalarning
maktabdan tashqari
tashkilotlarga jalb etilishi va boshqalar.
Tashviqot metodi
- qator mamlakatlardagi keyingi tahlil va qiyoslash hamda
xulosalar chiqarish uchun zarur axborotni jamlashga imkon beradigan pedagogik
hodisalarninig tashqi belgilarini tavsiflashda qo‘llaniladi.
Tavsiflash metodi
xalq maorifini o‘quv-tarbiya masalalarining turi va tizimini
turli darajadagi o‘quv yurtlarining o‘quv
rejasi va dasturlari, o‘qituvchilar
tayyorlash va ularning moddiy ahvoli, maktabdan tashqari tarbiya sistemasi bolalar
va yoshlar tashkilotlari faoliyatini analiz qilishda qo‘llaniladi.
Analitik metodga
analiz, sintez, umumlashtirish,
induksiya, deduksiya.
qiyosiy pedagogikada analiz, sintez, umumlashtirishdek mantiqiy jarayon ko‘proq
ahamiyatga ega. Barcha pedagogik hodisalarni tadqiq etishda tarixiy, tavsifiy,
statistik va sosiologik metodlar yordamida va ular
asosida analiz va sintez
qo‘llanishi umumiy baho berish va qiyosiy tahlil uchun zarur bo‘lgan xulosa
chiqarishga imkon beradi. Xususan, taraqqiyotning darajasida bir xil bo‘lgan
mamlakatlar guruhidagi xalq maorifi sistemasining asosiy xususiyatlarini ijtimoiy
baholash, pedagogik nazariyalarga xarakteristika berish va ularning musobaqa
hamda
chet elga sayohat, tanlagan mavzu ustida mustaqil ishlash va yakunida
og‘zaki yoki yozma imtihondan iboratdir.
Adabiyotlar, arxiv manbalari, pedagogik bosma materiallarning
Dostları ilə paylaş: