G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

qiyosiy pedagogika
turli mamlakatlarda maorif, ta‘lim va 
tarbiyaning o`ziga xos jihatlarini o`rganuvchi pedagogikaning mustaqil tarmog‘i 
1
Komparativizm 
lot. comparativis- qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini anglatadi.



sanaladi. 
Qiyosiy pedagogika 
keng ma‘noda dunyoning turli davlat va 
hududlarida ta‘limning holati, qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini 
o`rganuvchi fan sohasi bo`lib, xorij tajribasini qo`llash yo`li orqali milliy ta‘lim 
tizimini o`zaro boyitish usullarini ishlab chiqadi. 
Qiyosiy pedagogikaga yanada aniqroq ta‘rif beradigan bo`lsak, u 
pedagogikaning mustaqil fan sohasi sifatida dunyoning turli davlat va 
mamlakatlarida pedagogika nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tendensiyalari, 
qonuniyatlari va holatini o`zaro taqqoslab o`rganadigan fandir. Shuningdek, u 
umumiy tendensiyalarning milliy va regional o`ziga xosligining mos va farqli 
jihatlarini ajratib ko`rsatadi hamda milliy ta‘lim tizimini xorij tajribasi orqali 
o`zaro boyitish shakl va usullarini ishlab chiqadi. ―Qiyosiy pedagogika‖ni 
tushunishga nisbatan bu yondashuvlarning har biri uning o`ziga xos mohiyatini 
ochib beradi. 
Birinchidan
, u pedagogika fanining aniq muayyan sohasi. 
Ikkinchidan,
dunyoning turli davlat va hududlarida maorif, ta‘lim, tarbiya, pedagogika 
nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayonini o`rganishga yo`naltirilgan. 
Uchinchidan
, qiyosiy taqqoslash darajasidagi tahlil xorij tajribasini ma‘lum 
darajada qo`llash uchun amalga oshiriladi. 
To`rtinchidan
, milliy ta‘lim tizimini 
o`zaro boyitishning o`ziga xos shakl va usullari ajratib ko`rsatiladi.
Milliy ta’lim tizimi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta‘lim to`g‘risida"gi 
O`zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan 
bo`lib, milliy tajribaning tahlili va ta‘lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar 
asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy 
va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g‘ri 
ola bilish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga 
qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgan. 
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har 
tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta‘lim va kasb-hunar 
dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun 
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni 
yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni 
tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan 
iboratdir: 
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta‘lim 
sohasidagi xizmatlarning iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafillari; 
uzluksiz ta‘lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo`lib, 
ta‘limning barcha turlarini, davlat ta‘lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi 
tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish muhitini o`z ichiga oladi; 
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, 
ilg‘or pedagogik va ahborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi; 



ishlab chiqarish kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik 
sifati 
va 
saviyasiga 
nisbatan 
qo`yiladigan 
talablarni belgilovchi asosiy 
buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-tehnika jihatidan 
ta‘minlash jarayonining qatnashchisi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin