Inson tarbiyasi haqidagi fan Pedagogika gr. 'παῖς', paіda bola, gr



Yüklə 77,88 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.12.2023
ölçüsü77,88 Kb.
#183127
Pedagogika - Vikipediya



Pedagogika
inson tarbiyasi haqidagi fan
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr.
'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi
qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan
maʼnoni bildiruvchi grekcha
„paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan.
Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha,
qadimgi 
Yunonistonda
 oʻz xoʻjayinining
bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan,
harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini,
yaʼni qullarni „pedagog“ (bola
yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik


esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni
oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog
deb atay boshlashgan.
Pedagogika
(yun. paidagogike) — tarbiya,
taʼlim hamda maʼlumot berishning
nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi
fanlar majmuasi. Ped. institutlari va
ayrim boshqa oʻquv yurtlarida
mutaxassislik dasturi asosida
oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham
pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan
sifatida bola tarbiyasining nazariy
asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy
pedagog bolalar bilan birgalikda
kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy,
madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy


tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda
tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida
Pedagoglarga barkamol shaxs
maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy
vositasi sifatida yondashiladi.
Pedagog tarbiya jarayonining
qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish
mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va
oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari,
ularni tashkil etish shakl, usul hamda
yoʻsinlarini belgilab beradi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va
shakllantirish Pedagogning asosiy
funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni
tarbiyalash Pedagogikanidagi asosiy
tushuncha sanalib, oila va jamiyatning


barkamol shaxsni shakllantirishga
yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini
anglatadi. Tarbiya yordamida inson
shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror
toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash,
eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik,
adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning
shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya
yordamidagina amalga oshiriladi.
Insonlar ora-sida yashash, hayotda
turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish
uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va
malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga
qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini
ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs
zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib,
kelgusida turli darajadagi maxsus


maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi.
Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda
muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi.
Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida
oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual
sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning
umri mobaynida uzluksiz davom etadi va
uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan
sifatida Pedagogika falsafa, etika,
estetika, madaniyatshunoslik,
psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik,
demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot,
mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq.
Pedagogika fani va amaliyoti
taraqqiyotida bu fanlarning nazariy


asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy
xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda
umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagogikada taʼlim va tarbiya
jarayonlarining qaysi jihatlarini
oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha
soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning
maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari
bilan shugʻullanadigan sohasi
didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini
tarkib toptirish, unda eʼtiqod,
dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy
jihatlarni shakllantirish masalalarini
pedagogikaningning tarbiya nazariyasi va
amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-
tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni


boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik
ishlar qonuniyati pedagogikaning mak-
tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab
chiqiladi. pedagogika hamisha muayyan
yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy
tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish
koʻradi. Shuning uchun ham
pedagogikanining qonuniyatlarini
belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining
yosh xususiyatlarini hisobga olish hal
qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish
qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi
metodika (tadris) fanlari ham
pedagogikaning sohalari hisoblanadi.
Bularga nisbatan didaktika umumiy


metodika hisoblanadi va har bir alohida
predmeti metodikasi xususiy didaktika
sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish
anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot
oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan
xususiy didaktika hisoblanadi, ayni
vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini
oʻrganish metodikasi, chet el ada-biyotini
oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini
oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy
metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy
metodikalar umumiy didaktikaga
tayangan va uning nazariy
umumlashmalariga asoslangan
holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har
bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik
qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini


oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan
boyitiladi, umumiy jihatlarni
konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda
oʻqitishning universal jihatlarini namoyon
etadi.
P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida
nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining
ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni
tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi
oʻziga xosliklarini hisobga olib ish
koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr.
Defektologiya bolaning qanday jismoniy
nuqsonga egaligi hamda ularga
beriladigan taʼlimtarbiyaning
yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika,
surdopedagogika, oligofrenopedagogika,


logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi.
Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi,
didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat
taraqqiyotining turli davrlarida qanday
mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb
etganligi, qaysi usul va shakllardan
foydalanib ish koʻrganligi, qanday
natijalarga erishganligi kabi masalalar
ped. tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy ped. fani
P.ning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga
keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning
pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya
tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga
solishtirilgan holda oʻrganildi. P.ning bu
tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng


ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish,
maqsadga muvofiklarini muayyan milliy
pedagogik fan va amaliyotga tat-biq
qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda
hozircha qiyosiy ped. alohida fan sifatida
shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy
izlanishlar amalga oshirilgan.
Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad.
turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan
va odamning odamligini, uning oila,
jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini
taʼminlab turgan fan va amaliyotdir.
Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va
boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya
boshlagan vaqtdan, yaʼni P. paydo
boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina


mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga
ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar
mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni
yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni
koʻzda tutgan. Bu P. udum, odat, anʼana
tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun
ham oldin xalq pedagogikasi vujudga
kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq P. siga
muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan
oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish
uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota
bilan masala talashilmay-di, kattalarga
ran qaytarilmaydi va boshqa
Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi
ortib, turmush kechirish tarzi xilma-
xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib


turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan P.
ham inson faoliyatining alohida sohasiga
aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr
qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular
darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida
emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor
qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida
namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi
bilan pedagogik qarashlar yozuvga
koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mu-
tafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi
fiqolari markazida yetuk insonni
shakllantirishga intilish is-tagi turardi.
Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta
Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar
moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib
kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik


meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo
boʻlgan pedagogik qarashlar koʻproq
amaliy xususiyatga ega boʻlsada, ke-
yinchalik P.ning alohida fan sifatida
shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. P.
insoniyatning axloqodobi va
maʼnaviyatigagina emas, balki akliy
rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani
sababli uning taraqqiyot darajasi
jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda
roʻy berdi. Bir qancha mamla-katlarning
rivojiga ham, boshqalarining esa
qolokligiga ham koʻpincha oʻsha
mamlakatdagi P.ning holati sabab
boʻlgan. Xususan, Sharqxalklari oʻz vaq-
tida eng qad. va ilgʻor pedagogik
qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga


qaramay, shu tizimni zamona talablariga
muvofiq tarzda takomillashtirib
bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan
taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib
qoldilar.
Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha
ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham oʻzi oʻylab
topgan ijtimoiyiqtisodiy qoliplarga
muvofiq tarzda izoxlashga urinib keldi.
Shundan kelib chiqib. P.ni partiyaviy-sinfiy
xususiyatga ega deb qaraldi va turli
sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq
qiladi hamda oʻzaro qaramaqarshi
boʻladi, deb izoxladi. Shuning-dek,
marksistik yondashuvga koʻra, P. ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalarga muvofiq boʻladi,


yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan
oʻzgarib, oldingi pedagogik tizim toʻliq
inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi
marksizmda ay-tilgan besh
formatsiyadan iborat emasligini koʻrsatdi.
Binobarin, shunga moslab chiqarilgan
xulosalarning sunʼiy va noilmiy ekanligi
ayon boʻldi.
Oʻzbek P.si juda qad. tarixga ega boʻlib,
uning dastlabki ildizlari Avestota, Urxun-
Yenisey bitiklariga, Selungur
madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi
ezgu fikr, ezgu soʻz va ezgu amal
haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti
berish borasidagi qarashlar yozma milliy
pedagogik qarashlarning dastlabki


namunasi boʻlib, yetuk insonni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Milliy
P.ning taraqqiyotida islom dini va
tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi oʻrin tutadi.
Chunki Qurʼoni karim, Xdsisi sharif va
tasavvuf taʼlimo-tining markazida axloq,
komil inson maʼnaviyatini shakllantirish
turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya
yordamida, yaʼni P. vositasida tarkib
toptirilishi mumkin edi. Forobiyning fozil
odamlari, Beruniy, Ibn Sino falsa-fiy
qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar,
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy
asarlarida tasvirlangan be-nuqson
odamlar, Abduxoliq Gʻijduvo-niy, Ahmad
Yassaviy, Bahouddin Na-qshband, Alisher
Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil


inson uzbek P.sining markazida turardi.
17-asrdan boshlab, milliy P.da taʼlim-
tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi
jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush
talablarini hisobga olmay, hayotiy za-
mindan uzilish sodir boʻddi. Natijada,
jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-
siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz
tutildi. P.dagi biqiqlik, biryoklamalik
kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy
tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi.
Butun bir davlat xonliklarga boʻlinib ketdi.
Xonliklarning har birining ichida bir-biri
bilan kelishmovchilik hamda oʻzaro
janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda
yashaydigan insonlarning maʼnaviy
oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi.


Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida
milliy P. kuchli tanazzul davrini boshdan
kechirdi. Toʻgʻri, ayni shu davrda u ilmning
alohida sohasi sifatida tarkib topdi. Lekin
shoʻro davridagi oʻzbek P.si toʻligʻicha
gʻarbiy asoslarga qurilgan, begona
tamoyillarga tayangan fan boʻldi. Unda
millat maʼnaviy tajribasi, uning asrlar
mobaynida shakllangan anʼanalari, ruhiy
toʻlgamlari hisobga olinmagandi. Shuning
uchun ham toʻliq dahriylik asosiga
qurilgan begona P.koʻzlagan nati-jalarga
erisha olmadi.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi
natijasida millim ong boʻgʻuvdan,
mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq


fiqolash zugʻumidan qutuldi. Bu hol
P.ning sogʻlom aql, milliy ruhiyat va
anʼanalarga moye tarzda yoʻlga
qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi
oʻzbek P.si millat ruhiyatidagi nozik
jihatlarni hisobga olgan va dunyo
tarbiyashunosligidagi eng soʻnggi
yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy
etmoqda. Zamonaviy oʻzbek P.sida
barkamol insonni shakllantirish rasmiy
ravishda bosh maqsad qilib belgilangan.
Bu P. taʼlimtarbiya jarayonida taʼlim
oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol
ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar,
yoshlar pedagogik jarayonning
obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni
ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼti-bor


qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha
pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya
oluvchilarning mustaqil fiqolashlarini
taʼminlash, ularda tarbiyalanish va
oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga yoʻnaltirilgan
xrlda tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek
P.si uchun muayyan bilimlar yi-gʻindisi
emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga
aylangan. Shuning uchun ham milliy P.da
faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga
emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor
shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor
berilmoqda.
Zamonaviy oʻzbek P.si rivojida E. Qodirov,
S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiyev, A.
Zunnunov, F. Musayev, J. Ikromov, K.


Hoshimov, J. Yoʻldo-shev, Y. Abdullayev,
N. Shodiyev, M. Quronov, L. Moʻminova,
B. Qodirov sin-gari olimlar tomonidan olib
borilgan ilmiy tadqiqot ishlari muqim oʻrin
tutadi.
Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek
pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov
Sh., Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash
milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar
yoʻnalishi va muammolari, T., 1999;
Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi
[tuzuvchilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1-,
2-j.lar, T., 1995, 1999.
Qozoqboy Yoʻldoshev.
[1]
Adabiyot


Frensis Bekon
Pedagogika haqida ilk fikrlar 
falsafa
, diniy
ilmlar tizimida, 
siyosatshunoslikda
,
huquqshunoslikda
 
adabiyotda
rivojlandi.
XII-asrning
 boshida alohida ilm boʻlim
ajralib chiqdi. 
F.Bekon
 va
Ya.Komenskiylarning
kitoblarida
pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa
qoʻshilgan. Ularning izidan 
D.Lokk

Jan
Jak Russo

I.Pestalotssi

I.Gerbard
,
A.Disterverglar
oʻz hissalarini qoʻshihadi.
Tarix


Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va
tarbiyalash diniy markazlarning qoʻlida
boʻldi. Keyinchalik 
gil'deylik
maktablar
ochila boʻshalndi.
Pedagogika fanining predmeti,
oʻqitishning taʼlim-tarbiyaning zamonaviy
qonuniyatlari, mazmuni, usullari,
vositalari bilan kishilarni, yoshlarni,
mutaxassislarni qurollantiruvchi fan
boʻlganligi uchun uning metodologik
asoslari maqsad va vazifalari dunyoning
moddiy-maʼnaviy rivojida shaxs kamoloti
uygʻunligi qonuniyatlari va davlatning
zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim
Maqsadi


qonunida -taʼlim davlat ijtimoiy
taraqqiyotida ustuvor deb belgilab
qoʻyilgan
[2]
.
Platon
, Rafael sureti
Konfutsiy
 (551 d.n.e — 479 d.n.e)
Kvintilian
(35 n.e.- 96 n.e.)
Erazm Rotterdamskiy
(1465 — 1536)
Yan Amos Komenskiy
 (1592 — 1670)
Djon Lokk
 (1632 — 1704)
Taniqli pedagoglar (dunyo
miqyosidagi)


Mixail VasilevichLomonosov
 (1711-
1765)
Iogann Genrix Pestalotssi
 (1746-1827)
Fridrix Fryobel
 (1782 — 1852)
Adolf Disterveg
(1790 — 1866)
Nikolay Ivanovich Pirogov
 (1810 —
1881)
Gerbert Spenser
(1820 — 1903)
Konstantin Dmitrievich Ushinskiy
(1824-1871)
Lev Nikolaevich Tolstoy
(1828 — 1910)
Georg Kershenshteyner
(1854 — 1932)
Djon Dyui
 (1859 — 1952)
Mariya Montessori
 (1870-1952)


Stanislav Teofilovich Shatskiy
 (1878 —
1934)
Korchak Yanush
(1878-1942)
Pavel Petrovich Blonskiy
(1884 —
1941)
Anton Semyonovich Makarenko
(1888 — 1939)
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. 
Uzedu.uz 
Taʼlim qonuni, 1997 y, 3-modda,
1-jumla (http://uzedu.uz/uzb/info/rasm/e
dulaws/qonun464/)
 (
Wayback Machine
saytida 2013-07-23 sanasida 
arxivlangan
(https://web.archive.org/web/201307230
91536/http://uzedu.uz/uzb/info/rasm/ed
ulaws/qonun464/)
)
Manbalar


http://www.ziyonet.uz (http://www.ziyo
net.uz/ru/library/fs/look/ds/desc/fv/u
zb/libid/70000)
Pedagogika. (Maʼruzalar matni. Prof.
N.Gaybullayev taxriri ostida). T.
„Universitet“. 1999.
Oʻzbekiston Respublikasining „Taʼlim
toʻgrisida“gi Qonuni. T, 1997.
Oʻzbekiston Respublikasi „Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997.
I. Karimov. „Barkamol avlod —
Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori“.
T. 1997.
Havolalar


I.Karimov. „Donishmand xalkimizning
mustaxkam irodasiga ishonaman“. T.
2000.
Oʻzbek pedagogikasi tarixi. (Koʻllanma.
professor A.Zunnunov taxriri ostida). T.
„Oʻkituvchi“. 1997.
Pedagogika. (Koʻllanma. A Munavvarov
taxriri ostida) T. „Oʻkituvchi“. 1996.
Pedagogika. (Koʻllanma. professor
A.Ilina taxriri ostida). M. 1984.
Ochilov M. Universitetlar tizimida
pedagog xodimlar tayyorlash
muammolari. „Taʼlim va tarbiya“ jurnali.
1997. 5-6 son.


Bu sahifa oxirgi marta 30-Iyul 2023, 07:10 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Pedagogika&oldid=3810530

dan olindi

Yüklə 77,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin