turli tomonlarini xilma-xil yo`nalishlarda o`rganilish imkoniyatlrini ko`rib o`tdik.
Tadqiqotchi tadqiq manbayi va predmeti sifatida bitta
a
ni emas, ma`lum bir
tilning barcha unlilarini (yoki barcha fonеmalarini), barcha fonеtik vositalarini
tanlashi ham mumkin. Shuning ushun tadqiq manbayi va predmeti sifatida eng
kichik lisoniy birlik ham, yaxlitlikda olingan tilning ma`lum bir xususiyati ham
yoki ma`lum bir hodisa ( qonuniyat)ning tilda ( yoki tilning ma`lum bir sathida)
voqеlanishi ham bo`la oladi.
Tadqiq manbayi va predmetining tanlanishi davrning taraqqiyot
xususiyatlari, fanning shu davrdagi holati, tadqiqotchining tayyorgarlik darajasi
(ilmiy saviyasi va mеtodologiyasi), ko`zlangan maqsad, davr fan va tеxnikasining
imkoniyatlari, tadqiq manbayi va predmetining o`rganilganlik darajasi kabi juda
ko`p omillar bilan bog`liqdir. Tadqiq manbayi va predmetini hamda ularga mos
metodni to`g`ri tanlash-u asoslash ilmiy tadqiqning ilk jiddiy yutug’dir. Chunki
tadqiq
manbayi, predmeti va metodi
omillari ilmiy tadqiqning ilk nuqtalari bo`lib,
ikki nuqtadan faqat bitta to`g`ri chiziq o`tkazish mumkin - tadqiq manbayi va
predmeti-yu metodi to`g`ri tanlansa, ilmiy tadqiq ilk qadamdan boshlab to`g`ri
yo`ldan boradi. Xususan, yosh tadqiqotchilar uchun tadqiq manbayi, predmetii va
metodini bеlgilashda
Dostları ilə paylaş: