va predmeti juda tor bo`lsa ham, ilmiy tadqiq maqsadiga erishmaydi, zeroki
tadqiqotchiga qonuniyatlarni ochish uchun hodisa (fakt)lar yetishmaydi
2
.
Tadqiq manbayi va predmetining tanlanishi fanning taraqqiyot holati
va tadqiqotchi maqsadi bilan belgilanadi. Tadqiqotchi maqsadi juda ko`p hollarda
tilshunoslik fani uchun tashqi omil bo`lgan ijtimoiy zarurat, ehtiyoj
3
bilan
belgilansa, fanning taraqqiyot holati tadqiq manbayini qaysi jihatdan va qanday
chuqurlik va qamrovda tadqiq qilishni belgilaydi. Fanning (yoki uning yangi
tarmoq va yo`nalishlarining) ilk taraqqiyot bosqichlarida tadqiq manbayi odatda
keng, katta va juda ko`p hollarda sof tavsifiy bo`ladi (chunonchi, "Falon tilning
fonemalari tavsifi", "Falon shevaning leksik va fonetik xususiyatlari", "Falon davr
yodgorliklarining morfologik xususiyatlari" v. h). Bunday holatda yaqqol, ko`zga
tashlanadigan, yorqin til hodisalari fahmiy (hissiy) bilim hosil qilish
metodologiyasi asosida tavsiflanadi. Fan taraqqiy etgan sari tadqiq manbayi
torayib boradi, fan xususiyliklarining juz`iy, aniqlanishi va tavsiflanishi ancha
murakkab bo`lgan xususiyatlari tavsifiga, qayd etilgan hodisalarni tartibga solish,
sistemalashtirishga o`tadi.
Tadqiq manbayi (ya`ni tilning) alohida birliklari tavsifi nihoyasiga yetar-
yetmas, fanda tadqiq manbayi birliklariaro munosabatlar, aloqadorliklar tadqiqiga
qadam qo`yiladi. Bu bosqichda tadqiq manbayi va predmeti sifatida oldingi
bosqichda tavsiflangan birliklarning zohiriy xususiyatlari asosida ularning o`zaro
munosabatlarini, aloqadorliklarini ochish va tavsiflash chiqadi. Bunda idrokiy
tahlil asosida hodisalar sistemasi, qat`iy qonuniyatlari ochiladi va tavsiflanadi. Bu
bosqichda juda ko`p hollarda ma`lum turdagi qonuniyatlar (munosabatlar)ning
tadqiq manbayining u yoki bu bo`g`ini birliklarida voqelanishi, yuzaga chiqishi
o`rganish va tavsiflash manbayi bo`lib keladi.
Dostları ilə paylaş: