Ilmiy tadqiq va uning tarkibiy qismlari, jarayoni


 Bunday holatda tilshunos boshqa fan tadqiqotchilaridan ancha qulay



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix16.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#183257
1   2   3   4   5   6   7   8
o\'zbek aadabiyoti

2
 Bunday holatda tilshunos boshqa fan tadqiqotchilaridan ancha qulay 
holatdadir. Zeroki, tilning qonuniyatlari
(agar tilshunos shu tilda erkin 
so`zlasha va fikrlay
olsa) uning ongida singgan, mujassamlashgan bo`ladi va u 
o`z til bilimlaridan va ko`nikmalaridan foydalana oladi.
3
Fanshunoslikda bu ijtimoiy buyurtma deb ataladi.


Bibliografiyani shakllantirish mezonlari bilan tanishish
.
 
Bibliografiya
(
yunoncha
: biblion kitob va... grafin) 
— matbuot hamda 
yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum 
ijtimoiy maqsadlarda targʻib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy 
faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini 
tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan B. fani deb ataladi. B. 
taraqqiyotini turli xil bibliografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan 
maxsus tashkilotlar (B. xizmati) tizimi taʼminlaydi. 
Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda 
paydo boʻlgan (jumladan miloddan 
avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan 
bibliografik jadval). "B." termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan, 
vaqt utishi bilan (17-
asr oʻrtalaridan) kitoblar bayonini biddiradi. B. tarixi 
kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha 
turlari, qoʻlyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi 
qoʻlyozmalar (dissertatsiyalar, saklashga topshirilgan qoʻlyozmalar) B.ning 
oʻrganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish 
(gramplastinka) va boshqalarning paydo boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi 
B. koʻlamini kengaytirmoqda. B. taraqkiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, 
jamiyatning qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir etadi. Oʻz navbatida B. 
ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, 
kitob savdosi, taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi. B. bosma 
asarlarni.anikdash, saralash va izoxlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini 
jamlashga va keyingi tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga 
ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qoʻshgan hissasini oʻzida aks ettiradi; 
masalani oʻrganishga oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda 
toʻplangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, B. 
alohida ilmiy muxit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, 
shuningdek texnikaviy malakani oshishiga taʼsir etadi. B. ilmiy va texnika 
xabarlari bilan yakin alokada. Ulardan farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, 


dalillar hak
ida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar toʻgʻrisida 
maʼlumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, maʼrifiy va tarbiyaviy vazifani 
bajaradi. 
Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham bosma asarning 
majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan 
boʻlib, shu asosda bosma asarni 
hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan. 
Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek 
mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma 
asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar 
(alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoklar) 
boʻyicha guruxlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy 
asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda oʻzlarining tarmoklar rejasini 
yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning 
asosiy qismi tasvirlash boʻlib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, 
sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va 
bezaklar soni)
, zarur boʻlganda adadi, narxi va boshqa haqidagi 
maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, oʻrnatilgan qoidalar, 
shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni 
tavsifnomasining asosiy shakllari 
— annotatsiya, referat, guruh axborot 
(obzor). 
Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat B.si, ilmiy yordamchi B. va tavsiya B.siga; 
mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli B.ga boʻlinadi. B.ning alohida 
turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs B.si) va 
oʻlkashunoslik B.si tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra, 
bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va 
maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farqlanadi. 
Turkistonda bibliografiya ishi 9 — 15-asr
[
tahrir
 | 
manbasini tahrirlash
]
lardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu 
Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy 


kutubxonalari tomonidan oʻz jamgʻarmalarining B. ruyxati va ularni tasnif 
kilish ishlari olib borilganligi haqida maʼlumotlar bor. Jumladan, Beruniy 
"Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy" ("Muhammad ibn Zakariyo 
arRoziy kitoblarining roʻyxati") nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga 
oid B. tuzadi. Koʻrsatkichda Roziyning 184 asarining roʻyxatini berish bilan 
birga Beruniyning 1036-
yilgacha yozgan 113 asarining roʻyxati ham 
keltiriladi. B. qoʻllanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn 
Abdullahab Yoqutning "Ismlar lugʻati va fanlar mazmuni" (12-asr); Xoja 
Xalifaning "Kitob va fan nomlaridagi shubxaning bartaraf etilishi" (18-asr) va 
boshqa 
Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin B. bilan rus bibliograflari (N. V. 
Dmitrovskiy, V. I. Mejov va boshqalar) shugʻullangan. 20-asr 20 — 30-
yillaridan Bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi 
kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926-
yil dan Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Kitob 
palatasi, 
1930-yildan
 
Alisher 
Navoiy
 nomidagi 
Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi B. boʻlimining tashkil qilinishi 
oʻzbek milliy B.sining rivojlanishiga zamin yaratdi. Oʻzbek tilida tuzilgan 
dastlabki koʻrsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning "Mukammal ilmiy 
bibliografiya" (1934) asari boʻlib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan. 
Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat B.sining 
asosiy markazidir. OʻzRda Bibliografiya ishi bilan, shuningdek Oʻzbekiston 
Davlat kutubxonasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi va 
boshqa kutubxonalar ham 
shugʻullanadi. B.ishiga oid ilmiy ishlar asosan 
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining"B." 
kafedrasida olib boriladi. 
Musa Turopov, Hamroxon Mamatraimova.
O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo‘g‘inlarida — 
siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub 
o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to‘plangan tajribalar, dunyo 


jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o‘zimizga xos va 
o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi buyuk davlatni barpo etish 
yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar 
yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shuuriga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, 
o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini 
xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta’lim-tarbiya 
tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va 
mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan bilimli, dono va ma’naviy barkamol kadrlarga 
bog‘liq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, 
undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, 
san’atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi 
kitobxon dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi 
adabiyotlar haqida ham, dunyo ma’naviyatidagi o‘zgarishlar haqida ham bemalol 
o‘z kutubxonasida o‘tirib ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari 
bilan axborot iste’molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. 
Endi iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli 
foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 
20- iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Respublika 
aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qarori“da aholiga 
axborot-kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, axborotresurs markazlari 
sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tadbirlar belgilash, 
ularda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini o‘stirishga 
e’tiborni qaratish, aholining olamshumul axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish 
uchun shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ham 
imkoniyatlaridan foydalanish vazifasi qo‘yildi. 2011-yil 23-fevralda qabul qilingan 
bu qaror „2011—2015- yillarda axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida 
axborotkutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning 
chora-tadbirlari to‘g‘risida“ deb nomlandi va 2015-yilga qadar mamlakatimiz 


kutubxonalari qoshida 1815 ta elektron kutubxona va ular uchun 400 mingdan 
oshiq elektron shakldagi axborot-kutubxona resurslarini yaratish vazifasi belgilab 
berildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirishda bibliografiya yordamga keladi. 
Biblografiyashunoslik fanini o‘qitish bilan zamon talablariga javob berish, hozirgi 
bosqichda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari oldida turgan 
vazifalarni talabaga etkaza olish, bibliografiya fanining shakllanish va rivojlanish, 
amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini ochib berish bilan talabada: bibliografik 
faoliyatning ilg‘or tajribasini tez ilg‘ay olish va targ‘ib qilish; fikrlash qobiliyatini 
faollashtirish, 
mustaqil 
rivojlantirib 
borish; 
bibliografik 
bilimlarni 
va 
ko‘nikmalarni kengroq, ongli va mustahkam egallash; maxsus bibliografik 
atamalar, 7 tushunchalar, qoidalar bilan tanishib borish; mustaqil bajarilgan 
ishlarini - sharhlar, esdaliklar, o‘qish rejalari, ro‘yhatlar, kartotekalar, elektron 
bibliografik qo‘llanmalarni darsda namoyish qilish. Barcha soha bo‘limlaridagi 
xujjatlarni, bibliografiyaning nazariy va tashkiliy asoslarini o‘rganish; axborot-
kutubxona va axborot-resurs markazlarida bibliografik ishlarini uslubi va tashkil 
qilinishini bilish; sohada axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy 
malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, barcha bilim sohalariga oid 
bibliografiyaning tur va xillarini bilish ko‘nikmasini tarbiyalashdan iborat. 
Bibliografiya va bibliografiyashunoslik maxsus predmetlardan bo‘lib, 
kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi fakultetlarda, madaniyat, san’at va pedagogika 
kollejlarining kutubxonachilik bo‘limlarida o‘tiladi. Bibliografiya kursini o‘rganish 
nazariy masalalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba darslari, mustaqil ishlar yordamida 
olib boriladi. Kutubxonalarda olib boriladigan ishlab chiqarish amaliyotlari 
davomida ma’ruza matnlarida berilayotgan nazariy masalalar amaliy mashg‘ulotlar 
va mustaqil ish orqali mustahkamlanib boriladi. Talaba o‘zini o‘zi muntazam 
tekshirib borish, nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma 
birmuncha murakkab, ammo juda qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida 
foydali bo‘lgan bibliografik va axborot jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam 
beradi.




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin