O m ito d o r u s kanasi (O rnithodorus papillipes)
tanasi uzunchoq, bo'lim larga
bo'linm agan, yaxlit, to 'q kulrang tusda (63-rasm).
U rg'ochi kananing uzunligi 8-9 mm, eni 4 - 5 mm, erkagining uzunligi esa
4 -5 mm, eni 2 -3 mm keladi. Omitodorus kanalari juftlashgandan so'ng, yopiq joy-
ga tuxum qo'yadi. Tuxumdan 3 juft oyoqli lichinka chiqadi. Nimfada 4 juft oyog'i
bo'ladi. Jinsiy teshigi bo'lmaydi. Bu kana rivojlanishi davrida 3-5 ta nimfa davrini
o'laydi. U 20 -2 5 yilgacha yashaydi, 12 yilgacha ochlikka chidaydi.
O mitodorus kanasi issiq iqlimli mintaqalarda, Markaziy Osiyo respublika-
larida, Eron va Hindistonda ko'proq uchraydi. Bu kana qaytalama tifni tarqatadi.
165
Kanalar o 'z navbatida infeksiyali odam yoki hayvon qonini so'rganda, kasallik
q o ‘z g ‘atuvchilarini o ‘ziga yuqtirib oladi. Kana tanasida tif mikroblari yillab saqla-
nadi va kanalar q o ‘ygan tuxumlariga o ‘tadi. Odamga bu kasallik kemiruvchilar
yaqinida tunab qolganida yoki jayralar, ko'rshapalaklar yashaydigan g'orlarga
borib qolganida kanalar talashidan yuqishi mumkin.
Omitodorus kanalarining yuqumli kasalliklar tarqatishini rus olimlaridan
N.I. Latishev va V.A. Moskvinlar aniqlashgan. 1924-yilda N.I. Latishev kana orqali
qaytalama tifni o ‘ziga yuqtiradi, natijada, kananing kasallik tarqatishini isbotlaydi.
Qichima (q o ‘tir) kanalar (Sarcoptidae)
oilasi vakillari k o ‘zga k o ‘rinmaydigan,
ju d a mayda. Ular odam va har xil sutemizuvchilar: ot, tuya, q o ‘y, b u g ‘u, qoramol,
quyon, it, eshak, bo'ri, tulki va boshqalarning teri epidermiysida parazitlik qilib ya
shaydi. Ular terini qattiq jarohatlab, kuchli qichishni vujudga keltiradi.
Qichima kanalarining tana tuzilishi boshqa kanalar kabi b o shko'krak va qorin
qismlariga b o ‘linadi, lekin ular yaxlit b o ‘lib qo'shilib ketgan. Tana shakli yumaloq,
yassi, usti k o ‘ndalangiga ketgan yumshoq y o ‘lli xitin bilan qoplangan. Imago va
nimfalarida 4 juft oyoqlari bor, ularning shakli konussimon. SoigM chlari u rg ‘ochi
kananing birinchi va ikkinchi, erkagining birinchi, ikkinchi va uchinchi ju ft oyoq
lari panjasida bo'ladi. Bu kanalarning maxsus nafas olish organi y o ‘q, k o ‘zi ham
b o im a y d i. Kattaligi 0,2-0,5 mm ga boradi.
Qichima kanalar metamorfoz y o ‘l bilan rivojlanadi: tuxum, lichinka, birin
chi nimfa, ikkinchi nimfa va imago davrlarini o ‘taydi. Erkak kana voyaga yet
gan urg'ochi kana bilan emas, balki ikkinchi nimfa davridagi urg‘ochi kana bilan
q o ‘shiladi. U rg'ochi kana ikki qavat parda bilan qoplangan oval shakldagi tuxum
q o ‘yadi. Tuxumlarining uzunligi 0,1-0,2 mm. Bitta u rg ‘ochi kana 2 0 - 5 0 tagacha
tuxum q o ‘yadi. Shunisi xarakterliki, teridagi y o ‘lakchalaming aksariyatini u rg ‘ochi
kanalar kovlaydi. Bu teshiklar orqali kanalar hamma rivojlanish davrida atmosfera
kislorodi bilan nafas olib turadi. Erkak kanalar u rg ‘ochilari kovlagan tayyor y o ‘llari
orqali harakat qiladi. Kanalarning rivojlanishi 2 -3 hafta davom etadi, ular ju d a tez
k o ‘payadi. Kanalar 21 kungacha och yashay olishi mumkin.
Qichima kanasi bilan zararlangan hayvon akarioz, y a ’ni qichim a-qo‘tir kasal-
ligining manbai hisoblanadi. Kasallik so g ‘lom hayvonlarga yaylovda va ko 'p ro q
molxonalarda yonma-yon turishi, surkalishi, hayvonlarni tozalaydigan buyumlar,
yopqich, cho'tka, taroq, kiyim va nihoyat molboqarlar orqali o ‘tishi mumkin.
Q ichim a-qo‘tir kanalarining ju d a k o ‘pchiligi odamda parazitlik qiladi. Shular-
dan eng k o ‘p tarqalgan turi Sarcoptes scabiei turi hisoblanadi (64-A-rasm).
166
|