G A M A Z K A N A L A R (G A M A S O ID E A ) katta oilasi vakillari iksod va argaz
kanalaridan
farq qilib, juda mayda bo'ladi. Tanasi 0,2-2.5 mm kattalikda. Gamaz
kanalar katta oilasiga 20 dan ortiq oilalar kiradi. Bu kanalar ichida erkin yashay-
diganlari va parazitlari bor. Ularning teri qoplami kuchsiz xitinlashgan. rangi sarg‘ ish
va bir oz q o ‘ng'ir. Tanasi gnatosoma va idiosomalardan iborat. Unda sezgi organi
vazifasini bajaruvchi har xil shakldagi tukchalar joylashgan.
Xartumi va oyoqlari
uzun. Xelitserasi ingichka, uzun ignaga o ‘xshash, terini teshib qon so ‘rishga mos-
lashgan. Haqiqiy tanasi oval shaklda, b a ’zan uzunchoq. Jinsiy dimorfizm yaxshi
seziladi. Erkaklari urg'ochilariga nisbatan ancha kichkina.
G am az kanalar tuxum qo'yib ko'payadi, ammo tirik tug'adiganlari ham bor.
Tuxum dan chiqqan 6
oyoqli lichinka tullab, birinchi va ikkinchi nim faga va undan
key in imagoga aylanadi.
Gamaz kanalar tuproqda, o'rm on, yaylov, hayvon uyalari va molxonalarda
yashaydi. U larningxo'jayinlari xilma-xii hayvonlar: kemiruvchilar, hasharotxo'rlar,
mayda yirtqichlar, parrandalar va sudralib yuruvchilar hisoblanadi.
G amaz kanalaridan tovuq gamaz kanasi (Dermanyssus gallinae) tovuq va boshqa
uy parrandalari hamda yovvoyi qushlarda parazitlik qiladi.
Tovuqlar bu kanalardan
katta zarar k o ‘radi, oriqlab ketaai, kam tuxum qo'yadi, ayrim vaqtlarda halok
b o ‘ladi.
Har xil kasalliklarni q o ‘z g ‘atuvchi viruslar, bakteriyalar, spiroxetalar,
parazit bir
hujayrali hayvonlar, kanalar yoki hasharotlar orqali yUqadigan kasalliklar
Dostları ilə paylaş: