Moniyeziyaning yetilgan b o ‘g ‘imlari asosiy xo'jayin axlati bilan tashqi muhitga
chiqadi, sovutli tuproq kanalari onkosferali tuxumlarni yutib yuboradi va kanalar
tanasida chuvalchangning embrioni rivojlanib, sistitserkoid degan lichinkaga ayla-
nadi. Kana tanasidagi sistitserkoid 2 yilgacha asosiy xo'jayinini moniyeziya bilan
zararlash qobiliyatiga ega.
Chorva mollari sistitserkoid bilan zararlangan sovutli kanalami o ‘t va suv bilan
yutib yuboradi. Oradan 4 0 -5 0 kun o ‘tgach, asosiy x o ‘jayini ichaklaridagi moni-
yeziyalar jinsiy voyaga yetadi. Bir kecha-kunduzda moniyeziyalar 8 sm uzunlikda
o ‘sishi mumkin.
M oniyeziyalar moniyezioz kasalligini keltirib chiqaradi. Ular ayniqsa yosh mol-
lami, y a ’ni 1,5-8 oylik q o ‘zi, uloq va buzoqlam i k o ‘p zararlaydi. Masalan, bir
yoshli q o ‘ylar bu kasallik bilan 59 % gacha, birdan ikki yosligachasi 31 % gacha va
katta yoshdagilari 15 % gacha kasallangan. Bu kasallikka qarshi kurash degelminti-
zatsiya va proulaktika tadbirlaridan iborat. Moniyeziozga qarshi chorva mollarda
fenasal, fenadek, panakur, nliksan, bitionol, oksid, dixlorofen va boshqa preparatlar
qoTlaniladi.
Dostları ilə paylaş: