langan lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiy suvda 1-2 kun yashaydi.
Uni bi-
rinchi oraliq x o ‘jayin - diaptomus, sikloplar yutib yuboradi. Qisqichbaqasimonlar
tana b o ‘shlig‘ida koratsidiylami qobig‘i yorilib, ichidan 6 ilmoqli lichinka - onko-
sfera chiqadi.
Onkosfera qisqichbaqasimonlar tana b o ‘shlig‘ida protserkoid
degan lichinkaga
aylanadi. Protserkoid 10-15 kunda yetiladi. Ligulaning ikkinchi oraliq x o ‘jayini
chuchuk suv baliqlarining har xil turlari b o ‘lib, ular protserkoid bilan zararlangan
diaptomus va sikloplar bilan ovqatlanganda, bu lichinkalami o ‘zlariga yuqtiradi va
baliqlaming gavda b o ‘shlig‘ida 12-14 oydan keyin ligulaning
uchinchi lichinkalik
davri plerotserkoidga aylanadi. Bu lichinkalar baliq tanasida 2-3 oy parazitlik qiladi.
Plerotserkoidning uzunligi 5 0 -8 0 sm atrofida b o ‘ladi. Plerotserkoidlar dastlab
baliqlaming terisini teshib tashqariga chiqadi va baliqlaming k o ‘plab qirilib ketishi-
ga sababchi bo'ladi. Ligulalardan ko'p in ch a karpsimon baliqlardan 0 ‘zbekiston
suv havzalarida qora baliq (marinka), zo g ‘ora baliq, leshch, qizil k o ‘z baliqlar
zararlanadi. Umuman, ligulalar keltirib chiqaradigan
kasallik ligulyoz deb atalib,
suv havzalaridagi baliqchilik xo'jaliklariga katta zarar yetkazadi.
Suvda va botqoqliklarda yashovchi qushlar (k o ‘k q o ‘ton, baliqchi, loyxo‘rak,
o'rdak va boshqa qushlar) kasallangan baliqlarni yeb, bu chuvalchangni o'zlariga
yuqtiradi. Plerotserkoid qush ichagiga tushgandan 2 -5 kundan keyin jinsiy voyaga
yetadi va tuxum q o ‘ya boshlaydi.
Parazit qush organizmida qisqa, y a ’ni 3 - 4 hafta
parazitlik qiladi, so ‘ngra organizmdan tabiiy holda chiqarib tashlanadi. Ligula Cyc-
lophyllidea (zanjirsimonlar) turkumiga kiradi.
Tasmasimon chuvalchanglardan tizaniyeziya (Thysaniezia giardi) va avitel-
linalar (Avitellina centripunctata)
chorva mollardan, asosan, q o ‘y va echkilarda,
anoplotsefalidalardan (Anoplocephala magna, Anoplocephala perfoliata) toq tuyoq-
li sutemizuvchilarda (ot, eshak, qulon va zebralarda), drepanidoteniyalar (Drepa-
nidotaenia lanceolata, D. przewalskii) va gimenolepidalar (Hymenolepis gracilis,
H. paracompressa) g ‘oz va o ‘rdaklarda, railliyetinoz qo'zg'atuvchilari (Raillietina
echinobothrida, R. tetragona) va davainealar (Davainea proglottina, D. melea-
gris) tovuq va kurkalarda parazitlik qiladi. Bu tasmasimon
chuvalchanglarga ham
qarshi kurashda fenasal, filiksan, arekolin, bitionol, kamala va boshqa preparatlami
qoTlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: