kichikligi, soni va joylashish tartibi har xil turlarda turlicha bo'lib, skrebniylarning
sistematikasini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Xartumi ju da harakatchan bo'lib,
tez-tez qiniga kirib-chiqib turadi.
Akantotsefalalar ayrim jinsli, odatda urg'ochilari yirik, xartumlari yaxshi rivoj
langan. Akantotsefalalar biogelmintlar bo'lib, bunda umurtqali hayvonlar asosiy
xo'jayin, umurtqasiz hayvonlar (molluskalar,
qisqichbaqasimonlar, hasharotlar)
esa oraliq xo'jayin hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht bo'lib, bitta urg'ochisi bir
kecha-kunduzda 580 mingtagacha tuxum qo'yishi mumkin.
Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo'jayindan tashqi muhitga chiqqan tuxum-
larda lichinkalar to'liq shakllangan bo'ladi. Oraliq xo'jayinlari shunday tuxumlarni
yutib yuborganda, tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi. Akan-
torlar ichak devori orqali tana b o 'sh lig 'ig a o'tib, rivojlanishni davom ettiradi va
navbatdagi
lichinkalik davriga, y a ’ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib,
keyingi yuqumli (invazion) lichinkalik davr, y a ’ni akantellani hosil qiladi. Ana
shunday zararlangan oraliq xo'jayinlarni har xil umurtqali hayvonlar suv va oziq
bilan yeb yuborsa, akantotsefalalami o'zlariga yuqtiradi. Asosiy xo'jayinlarda
akantotsefalalar bir yildan ortiqroq yashaydi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho'chqada parazitlik qiladigan gi-
gant tikanbosh - makrakantorinx (Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo'lib, u uy
va yovvoyi cho'chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka
ichaklarida parazitlik
qiladi (41-rasm).
Bu parazit bilan b a’zan odamlar, maymunlar, qoramollar va itlar ham zararlani-
shi aniqlangan. Erkaklarining uzunligi 7-15 sm, urg'ochilariniki esa 70 sm gacha
boradi. Xartumida 36 ta ilmoqlari bor. Makrakantorinxning oraliq xo'jayinlari may
q o 'n g 'iz i, tilla q o 'n g 'iz , shoxli q o 'n g 'iz va go 'n g q o 'ng'izlarining lichinkalari,
g'um baklari va imagolari, y a ’ni voyaga yetganlari hisoblanadi.
C ho'chqalar zararlangan q o 'ng'izlarning lichinkalarini, g'urnbak
va imago davr-
laridagilarini yeb. parazitni o'zlariga yuqtiradi. Asosiy xo'jayini ovqat hazm qilish
organida hasharotlar hazm bo'ladi, lichinkalar esa ingichka ichakda xartumini qi-
nidan chiqarib, ilmoqlari bilan ichak shilliq pardasiga yopishib olib rivojlanadi va
jinsiy voyaga yetadi. Invazion lichinkaning asosiy xo'jayini organizmiga tushib. to
voyaga yetguncha 70-100 kun vaqt o'ladi.
Tikanboshli chuvalchanglardan ayrim turlari, masalan,
Pomphorhynchus lae-
vis chuchuk suv baliqlari, shu jum ladan. m o'vlovdor baliqlar ichagida parazitlik
qilib. ichak devorini yaralaydi, bunda ko'plab baliqlar qirilib ketadi. Ayrim hol-
larda m o'ylovdor baliqlar ichagida parazitlar miqdori 300 tagacha yetishi mumkin.