ishdan chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. SHunday xodisalar ro‘y bermasligi uchun
mehnat xavfsizligi bo‘ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.
Texnologik jarayonning buzilish natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish
va o‘tkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida
ishchilarning bilimini o‘z vaqtida tekshirib turish va yo‘riqlov o‘tkazib turish katta
ahamiyatga egadir. Qul kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk
ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada mexanizatsiyalashtirilmaganligi
mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi,
tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo‘lmasligi , mahsulotni
tayyorlov joylaridan o‘z vaqtida olib ketilmasligi, yo‘llarining tor bo‘lishi
shikastlanish xavfining ortishiga sabab bo‘ladi.
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lishining asosiy sabablariga
xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis bo‘lmasligi, korxona hovlisidagi
yo‘lakning o‘ydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza
oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining me’yoridan ortiq
bo‘lishi natijasida diqqat-e’tiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori
bo‘lishini misol qilib keltirish mumkin. SHikastlanishning ko‘p uchraydigan
sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e’tibor
pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yo‘nalishi ham buziladi. Bunday
hollarda shikastlanish mehnat kuning so‘nggi soatlarida yoki rejada
ko‘rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi.
Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sog‘lomlashtirish va ishchilarning
toliqib qolmasliklariga sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning
emas, balki shikastlanishning ham oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: