Topografik usul.
Bu usul ham guruh usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib,
qo‘yidagi hollarda qo‘llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi
ma’lumotla
rni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, N-1), ish uchastkalarining
rejasida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo‘yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish
uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko‘rgazmali ma’lumot
olinadi.
Har qanday statistik tekrish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil
qilishda ham olingan material, asosan baxtsiz hodisa haqida tuzilgan N-1
formadagi akt har tomonlama o‘rganiladi. Aktda baxtsiz hodisa yuz bergan joy,
jarohatlanish tavsifi, og‘irlik darajasi, voqea sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi
haqidagi ma’lumotlar aks etadi.
2. Monografik usul.
Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz
bergan ayrim sex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama
o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish
usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariyasi-gigienik mehnat
sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ro‘y bergan baxtsiz hodisalar,
avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo‘yicha ham o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
potensial baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek
qurilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh korxonalarda shunga o‘xshash baxtsiz
hodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari
asosida loyilanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o‘zgartirish va
mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Dostları ilə paylaş: |