qiladi. Masalan, 4 o‘lchamli tasvir 480 ekranni 640 piksellarga ruxsat etishida 6
dyumga va 24-bitli rangda bir megabayt atrofidagi xotirani talab qiladi. Bunday
tasvirni tarmoq bo‘ylab 56,6 Kbit/s tezlikda uzatish
taxminan ikki minutni
egallaydi. Agar tasvir 10 martagacha siqilsa, 100 Kbayt atrofidagi xotira talab
qilinadi va uzatish taxminan 14 sekundni egallaydi.
Siqishni ayrim ommaviy
sxemalari 1.3-jadvalda keltirilgan.
1.3-jadval
Tasvirni siqish usullari
Siqish usuli
Izohlar
Graphics
Interchange
Format (GIF)
256 tagacha ranglarni qo‘llaydi. LZWni (Lempel-Ziv-Welch)
ishlatadi. Animatsiyali ma’lumotlarni yo‘qotishsiz siqish
Portable
Network
Graphics (PNG)
Istalgan sondagi ranglar qo‘llanadi. Siqiladigan bloklarni adaptiv
filtrli zlib siqish sxemasi qo‘llaniladi. Ma’lumotlar yo‘qotishli va
animatsiya qo‘llanilmaydigan sxema.
Joint
Photographic
Experts Group
(JPEG)
Ko‘p sonli rangli tuslarga (yoki kul rang tusli) ega oq-qora va
rangli fotosuratlarni siqish uchun eng yaxshi tarzda to‘g‘ri keladi.
Siqishning bu standarti Xaufman kodi bo‘yicha va tasvir bloklari
koeffitsientlarini
diskret
kosinusli
o‘zgartirish
jarayonida
turkumlar uzunliklari kodlarini qo‘llashga asoslanadi. Siqish
natijasida ma’lumotlarni yo‘qotilishi yuz beradi. Standart JPEG
satr oralatib
yoyishga ruxsat etmaydi, lekin u progressiv format
(Progressive JPEG) qo‘llaydi. Progressive JPEG tasvirning yirik
bloklarini keyingi ularni detallashtirish bilan boshlaydi.
JPEG-2000
Tasvirlarning keng spektri uchun to‘g‘ri keladi,
shuning uchun
portativ raqamli kameralarda ishlatiladi. Ma’lumotlarni bloklarda
emas, balki ma’lumotlar oqimida saqlaydigan veyvletlarga
(wavelet) asoslangan joriy etilgan texnikani qo‘llaydi. Bu sxema
ma’lumotlarni masshtablanadigan yo‘qolishiga ham olib keladi.
JPEG-LS
Bitta tonli tasvirlar uchun to‘g‘ri keladi.
Sxema HP da ishlab
chiqilgan LOCO-I (Low Complexity LOssless Compression for
Images) algoritmiga asoslangan. Bu ma’lumotlarni yo‘qotishsiz
yoki deyarli yo‘qotishsiz sxema.
Joint
Bi-level
Image Experts
Group (JBIG)
Oq-qora
tasvirlar
uchun
to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarni
yo‘qotishsiz ko‘p tomonlama
arifmetik kodlash sxemasi
qo‘llaniladi.
Ko‘plab zamonaviy siqish sxemalari o‘sish xarakteriga ega, bu
kommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha tasvirlarni uzatishda juda muhimdir. Bunday
tasvir olinganida foydalanuvchi dastlab past sifatli variantni ko‘radi, keyin u asta-
sekin yaxshilanadi. Odatda u haqda umumiy tasavvurni olish uchun 5...10%
tasvirni olish yetarli bo‘ladi. Tasvirlar qandaydir uzatish xatoliklari darajasiga
bog‘liq, shuning uchun yo‘qotilgan ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. Bundan
tashqari, ular haqiqiy vaqtda uzatishga cheklashlarni qo‘ymaydi.
Dostları ilə paylaş: