34
bo‘lsada, lekinda ular bir-biridan sotib olish baholari bilan farq qilishi mumkin.
Ushbu tovar-moddiy zaxiralarni bir-biriga qo‘shib yuborish keyinchalik ular
ishlab chikarishga berilganda yoki sotilganda ishlab chikarish va sotish
tannarxini va sotishdan olingan daromadni aniqlashda chalkamliklarga olib
kelishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarni partiyali hisobini yuritish uchun omborlarlarda
har bir kelib tushgan partiyaga tasdiqlangan shakldagi «Partion karta» (MX-10)
ochiladi. U ikki nusxada yuritiladi. Partion kartada tovar jo‘natuvchining barcha
kerakli rekvizitlari, ularni kirim hujjatining nomeri va sanasi, nomi, artikuli, navi,
bahosi, soni, og‘irligi ko‘rsatiladi. Partion kartalar kelib tushgan tovar-moddiy
zaxiralar partiyasi ishlab chikarishga berilib yoki sotilib bo‘lganicha yuritiladi.
Chikim kilingan tovar-moddiy zaxiraning soni (og‘irligi) partion kartada chiqim
hujjatlarining nomeri va sanasi bo‘yicha ko‘rsatiladi. Tovar partiyasi to‘liq
chikim kilingach, partion karta yopiladi, unga ushbu partiya bo‘yicha me’yordagi
tabiiy kamayish, buzilish, sinish, yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar
shunday holat yuz bergan bo‘lsa) ham yoziladi. Partion kartani yopilishiga
ombor mudiri, ombor hisobchisi, buxgalteriya xodimi imzo chekadilar. Tovar-
moddiy zaxiralar partiyalarini to‘liq chikim bo‘linganligi to‘g‘risida rahbar
tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan ikki nusxada maxsus tasdiqlangan
shaklda «Tovarlar partiyalari bo‘yicha chiqimlar to‘g‘risida dalolatnoma» (MX-
12) tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi partion kartalarning bir nusxasi bilan
birgalikda buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi esa partion kartalarning
ikkinchi nusxasi bilan birgalikda ombor mudirida qoladi. Omborda qolgan
Dostları ilə paylaş: