tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning natijalari hisobi
4-chizma. Tovar-moddiy zaxiralarning asosiy guruhlari. Materiallarni buxgalteriya hisobida to'g'ri baholash muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash "Tovar-moddiy zaxiralar"
nomli 4-son BHMSga asoslangan bo'lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq
materiallar eng kam bahoda, ya'ni tannarxi bo'yicha yoki sof sotish qiymatida
hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini
aks ettirishning biri bo'lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo'yicha
yoki sotishning sof qiymati.
Tovar-moddiy zaxiralarning hisobini yuritish jarayonida ular quyidagi
tartibda, ya'ni tovar-moddiy zaxiralar quyidagilarning eng kam qiymati bo'yicha
baholanadi:
22
1.
tannarx bo'yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki
moddiy zaxiralarning xarid bahosiga transport-tayyorlov sarflari
qo'shilgan holda;
2.
sof realizasiya qiymati bo'yicha kelishilgan bahodan
ularni sotishga tayyorlash va sotish bilan bog'liq sarflarni
chegirgandan keyin qolgan qiymatda.
Tovar-moddiy zaxiralarni tannarx bo'yicha baholash tartibida tovar-
moddiy zaxiralarning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi: a) tovar-moddiy
zaxiralarining sotib olish xarajatlari, jumladan, xarid qiymati (schyot-fakturada
ko'rsatilgan summadan xarid chegirmalarining ayirmasi), bojxona to'lovlari va
boshqa soliqlar (qoplashga mo'ljallanganlarning ayirmasi bilan), fraxt qiymati
(yuklash, tushirish ishlari va tovarning yo'ldagi sug'urtasini hisobga olgan
holda), xarid bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlardan;
b) qayta ishlash xarajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan
bevosita bog'liq xarajatlardan, jumladan:
1.
Xom-ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga
aylantirishda stanok va asbob- uskunalarda bevosita band
bo'lgan ishchilarning mehnat haqini to'lash va ijtimoiy
sug'urtalash xarajatlari;
2.
Xom ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga
aylantirish uchun sarflangan doimiy va o'zgaruvchan ishlab
chiqarishning ustama xarajatlarni doimiy tartibda
taqsimlashdan iborat.
v) joriy davrda TMZni tayinlangan joyga eltib berish uchun transportirovka
yoki ularni kerakli holatga keltirish jarayonida (tayyor mahsulotni omborga olib
23
borish, tovarni shaxsiy buyurtmalar asosida bichish va yig'ish xarajatlari va
boshqalar) sarflangan boshqa xarajatlar.
Odatda buxgalteriya hisobi va soliq solish amaliyotida tovar-moddiy
zaxiralarni sotib olish qiymati (yetkazib beruvchi to'lanadigan summalar) va
ularni sotib olish bilan bog'liq barcha xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning sotib
olish qiymati deb ataladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog'liq bo'lgan va ularning
tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga (ya'ni sotib olish qiymatiga) quyidagilar
kiradi:
1.
boj to'lovlari va yig'imlari;
2.
bir birlik tovar-moddiy zaxira sotib olishdagi soliqlar va yig'imlar
summasi (agar ular korxonaga qoplanmasa);
3.
tovar-moddiy zaxiralarni sotib olishda qatnashgan ta'minotchi va
vositachi korxonalarga to'lanadigan komission mukofotlar;
4.
tovar-moddiy zaxiralarni sertifikasiya qlish va ularni sotib olish bilan
bog'liq texnik sharoitlarga muvofiq sinovdan o'tkazish bo'yicha xarajatlar;
5.
tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ulardan kundalik foydalanish
manziliga yetkazib berish bilan bog'liq xarajatlar. Ularga transport-tayyorlov
xarajatlari, yuklash-tushirish ishlari uchun tariflarni to'lash (fraxt) hamda tovar-
moddiy zaxiralarni kundalik foydalanish joyiga transportirovka qilish,
shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarni transportirovka qilish tavakkalchiliklarini
sug'urtalash bo'yicha xarajatlar kiradi;
6.
tovar-moddiy zaxiralarni sotib olishga bevosita bog'liq bo'lgan boshqa
xarajatlar.
24
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish xarajatlari ularni paydo bo'lishini
tasdiqlovchi boshlang'ich hujjatlarga asosan aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisoblash usullari quyidagilardan
tashkil topgan:
1.
yalpi identifikasiya usuli, aniq xarajatlarga asoslangan
bo'lib o'zaro almashtirilmaydigan konkret birliklari maxsus
individual buyurtmalar bo'yicha ishlab chiqarilgan mahsulot,
tovarlar va xizmatlarning tannarxini hisoblash uchun qo'llaniladi.
2.
o'rtacha tortilgan qiymat usuli - TMZ har bir birligining
qiymati hisobot davrining boshida bir turli TMZ birliklari va hisobot
davri davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli TMZ
birliklarining o'rtacha tortilgan qiymati bo'yicha aniqlanadi. TMZ
birligining o'rtacha tortilgan qiymati TMZning butun qiymatini
ushbu zaxiralar birliklarining soniga bo'lish bilan aniqlanadi.
v) birinchi xarid baholari bo'yicha baholash usuli (FIFO - birinchi kirim
birinchi chiqim) birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi
navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan tartibga
asoslangan.
g) oxirgi xarid narxlari bo'yicha baholash usuli (LIFO) - oxirgi xarid qilingan
tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotilgan tovarlarning qiymatini aniqlash
uchun, hisobot davrining oxiriga bo'lgan zaxiralarning tannarxi esa birinchi
navbatda xarid qilingan tovarlarning tannarxi asosida hisobga olinadi, degan
taxminga asoslangan.
Masalan: Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisoblash usullari.
"Bunyodkor Qurilish-Montaj" korxonasi yil davomida quyidagi TMZni xarid yil
25
oxirida omborxonada 400 birlik mahsulot bor edi. Realizasiyadan kelgan sof
tushum 2500000 so'mni tashkil etdi.
1. Birinchi xarid narxlarida baholash usuli (FIFO) ni qo'llab, sotilgan
mahsulotning tannarxini va davr oxiridagi zaxiralarga taqsimlangan xarajatlar
quyidagi tartibda aniqlanadi: