16
e) ularni barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga
kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo'lmagan) inshootlar, moslamalar
va qurilmalar;
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo'lgan almashtiriladigan uskunalar; z)
ovlash qurollari (trallar, yoyma to'rlar, to'rlar, anjomlar, matraplar va hokazo).
Tovar-moddiy zaxiralar hisobini to'g'ri va to'laqonli
tashkil etish maqsadida
ularni ilmiy asoslangan tasnifi va baholanishi muhim ahamiyatga ega.
Egalik qilish xususiyatiga muvofiq, moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari
tashkilotga egalik huquqi hamda xo'jalik yuritish yoki
operativ boshqarish huquqi
bo'yicha tegishli (xususiy) va unga ushbu huquqlar bo'yicha tegishli bo'lmagan
(xususiy bo'lmagan) boyliklarga bo'linadi.
Tashkilotlarga tegishli bo'lgan tovar-moddiy boyliklarga u tomondan
tayyorlangan, sotib olingan yoki boshqa shaklda olingan boyliklar
kiritilib, ular
omborda yoki ishlab chiqarish jarayonida joylashgan bo'ladi.
Tashkilotga egalik huquqi va boshqa shunga o'xshash huquq bo'yicha tegishli
bo'lmagan, biroq shartnoma shartlari bo'yicha uning ixtiyoridagi tovar- moddiy
boyliklar kiritilib, ular alohida turlari bo'yicha balansdan tashqari schyotda hisobga
olinadi.
Yuqorida keltirgan ta'rif va tavsiflarni o'rganish natijasida tovar-moddiy
zaxiralarning xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining faoliyatiga xos quyidagi ta'rifni
taklif etamiz.
Tovar-moddiy zaxiralar - bu kapital doiraviy
aylanishining birinchi
bosqichidagi moddiy aktivlar, ya'ni hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan va
o'zlarining natural-moddiy shaklini to'liq, saqlab turgan ishlab chiqarish zaxiralari;
asosiy podaga o'tkazish yoki sotish maqsadida o'stirilayotgan va boquvdagi chorva
mollari; ishlab chiqarishdan olingan tayyor
mahsulotlar; sotish uchun
17
mo'ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor
mahsulotlar hamda ishlab chiqarishdagi brakdan iborat.
Tovar-moddiy zaxiralari bo'yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalariga
quyidagilar kiradi:
1.
tovar-moddiy zaxiralarini ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga
mos ravishda hisobga olish;
2.
tovar-moddiy zaxiralarini to'g'ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
3.
tovar-moddiy zaxiralarini to'g'ri baholash;
4.
tovar-moddiy zaxiralariga qilingan qo'shimcha xarajatlarni (tashib keltirish,
boj va soliq to'lovlari, kurs o'rtasidagi farqlar, ustamalar, sertifikatsiyalash
va boshqalar) to'g'ri hisobga olish, ularni o'z vaqtida sotib olingan zaxiralar
tannarxiga (qiymatiga) yoki
korxona xarajatlariga kiritish;
5.
tovar-moddiy zaxiralari holati va harakatini to'g'ri,o'z vaqtida va tegishli
boshlang'ich hujjatlar bilan rasmiylashtirib hisobga olish;