O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


partion kartalar tovar-moddiy zaxiralarning ombor hisobi registri hisoblanadi



Yüklə 213,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix16.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#183667
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning natijalari hisobi


partion kartalar tovar-moddiy zaxiralarning ombor hisobi registri hisoblanadi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni saqlashning navli usulini faqat doimiy 
ta’minotchilardan shartnomalarga asosan bir maromda va o‘zgarmas 
baholarda kelib tushayotgan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha qo‘llash mumkin. 


35 
Ushbu usulda kelib tushgan yangi tovar-moddiy zaxiralar oldindan omborda 
mavjud bo‘lgan shu nomdagi, navdagi, bahodagi tovar-moddiy zaxiralar safiga 
kiritiladi. Bir xil nomdagi, navdagi, bahodagi tovar-moddiy zaxiralarga alohida 
kartochka yoki ombor kitobida ma’lum sahifalar ajratiladi. Ushbu registrlarga 
yozuvlar kirim va chiqim hujjatlari bo‘yicha olib boriladi. Har bir yozuvdan so‘ng 
tovar-moddiy 
zaxiralarning 
qoldig‘i 
chiqarib 
boriladi. 
Tovar-moddiy 
zaxiralarning ombor hisobi kartochkalari va kitobi quyidagi shaklda yuritiladi. 
Kamida bir marta har oyda ombor hisobi kartochkalari yoki kitobi ma’lumotlari 
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanib borilishi lozim. Buning uchun 
ombor hisobi kartochkalarining kirim va chiqim, shuningdek davr boshi va 
oxiridagi qoldig‘i bo‘yicha jamlangan ma’lumotlar asosida tasdiqlangan shaklda 
«Tovar-moddiy boyliklarning saqlash joylaridagi qoldiqlari hisobi qaydnomasi» 
(MX-19) tuziladi. Ushbu qaydnoma korxonalar buxgalteriyasida tovar-moddiy 
boyliklarning hisobining «operativ-buxgalterlik (qoldiq)» usulida yuritiladi, yani 
unda har bir tovar bo‘yicha bosh qoldiq, kirim va chiqim ma’lumotlari soniy va 
summaviy ko‘rinishda jamlangan holda hisob baholari bo‘yicha aks ettiriladi. 
Qaydnomaning bosh va oxirgi qoldiq, kirim va chiqim bo‘yicha jami 
ma’lumotlari ombor mudirlari tomonidan tuzilgan va buxgalteriyaga 
topshirilgan tovar hisobotlarining mos ravishda bosh va oxirgi qoldiq, kirim va 
chiqim to‘g‘risidagi ma’lumotlariga mos bo‘lishi kerak. 
Korxonalarning ombor mudirlari belgilangan muddatlarda «Tovar-moddiy 
zaxiralar hisoboti»ni tuzishlari va buxgalteriyaga taqdim etishlari lozim. Tovar-
moddiy zaxiralar buyicha operatsiyalar ko‘p bo‘lgan korxonalarda ushbu 
hisobot, odatda, har kuni tuziladi. Hisobotning ko‘p betlik bo‘lib ketmasligi 
uchun unga kiritilgan tovarlarning kirim va chiqim boshlang‘ich hujjatlari 
bo‘yicha alohida reestrlar tuzish, ushbu reestrlarning umumiy summalarini mos 
ravishda hisobotning kirim va chiqimida bir qatordan aks ettirish, shuningdek 


36 
ushbu reestrlar va boshlang‘ich hujjatlarni hisobotga ilova qilishga ruxsat 
beriladi.
Tovar hisobotlari va ularga ilova qilinadigan kirim va chiqim hujjatlarining 
reestrlari ikki nusxada tuziladi. Tovar hisobotiga ombor mudiri (brigadir) va 
navbat bilan moddiy javobgar shaxslar brigadasining a’zolaridan biri imzo 
chekadi. Hisobotning birinchi nusxasi unga ilova qilingan reestrlar va 
boshlang‘ich hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi.
Biz tadqiqot olib borgan «Surxon-Dori-Darmon» MCHJning asosiy faoliyati 
dori-darmonlar savdosi hisoblanadi. Shunga mos ravishda MCHJ tovar-moddiy 
zaxiralari ham asosan tovarlardan iborat (3-jadval). 

Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin