159
Glossariy
Avtotrof - organizmlarning fotosintez yoki xemosintez yo‘llari
bilan xavo va tuproqdagi
anorganik moddalardan foydalanib oziqlanishi.
Areal – hayvonlarning tarqalish territoriyalari(yakka, tutash, bir-biriga ustmaust tushadigan
areallar farq qilinadi.
Biogeotsenoz - YEr yuzasi ma’lum xududidagi bir xil tabiat elementlarining yig‘indisi;
muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar va zamburug‘lar hamda ayrim sodda
xayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda yashashi
Biomassa - tirik organizmlarning ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi og‘irlik yoki
energiya birliklarida
ifodalangan umumiy vazni
Biosfera - hozirgi davrda yashab, faollik ko‘rsatib turgan organizmlar tarqalgan qobiq
Biotik aloqalar - biotsenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o‘zaro munosabatlari.
Geterotrof - tayyor organik moddalar hisobiga xayot kechiruvchi organizmlar, ularga barcha
hayvonlar, tekinxo‘r o‘simlik turlari, zamburug‘lar hamda ko‘pchilik mikroorganizmlar
kiradi.
Gelmintologiya – parazit chuvalchanglarni o‘rganadi.
Gomoyoterm - tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‘lmagan
holda tana xarorati doimiy
bo‘lgan (issik qonli) hayvonlar
Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni
tekshiradi.
Konsumentlar - fotosintez yoki xemosintez yo‘li bilan to‘plangan tayyor organik
moddalarni iste’mol qiluvchi organizmlar yig‘indisi
Ozuqa zanjiri - biri ikkinchisiga ozuqa bo‘ladigan organizmlarning
ketma - ket keladigan
zanjir
Embriologiya - hayvonlarning embrional rivojlanishi tadqiq qiladi.
Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi.
Produtsentlar - anorganik moddalardan organik moddalar yaratuvchi avtotrof organizmlar
Protozoologiya – bir hujayrali hayvonlarni o‘rganadi.
Populyatsiya - bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisi hisoblanib,
umumiy
genofondga ega, muayyan sharoitda va maydonda tarqalgan bo‘ladi.
Redutsentlar - hayot faoliyati davomida (bakteriyalar, zamburug‘lar) organik qoldiqlarni
anorganik moddalarga parchalovchi organizmlar
Sistematika –
turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi
asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini o‘rganadi.
Solishtirma va evolyutsion morfologiya – turli sistematik rypyhlarga mansub bo‘lgan
hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanishini tekshiradi.
Trofik aloqa - bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishidagi munosabat
Fotosintez - yorug‘lik energiyasi yordamida organik moddalar
sintezini amalga oshiruvchi
oksidlanish-kaytarilish reaksiyasi
Fauna – hayvonlar majmuasi(suv, quruqlik, qirg‘oq, orol faunalari farq qilinadi
Filogenez – tarixiy rivojlanish
Fiziologiya – esa hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: