Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 436
w www.oriens.uz June 2021 milliy qadriyat shakllanishi, milliy ong vatan tuyg’usini ongli is qilishga
munosabatning yuzaga kelishi va “ommaviy madaniyat”ning salbiy omillari haqida
to’xtalib o’tadilar.
Hozirgi vaqtda o’smirlik davriga oid axborot-psixologik xavfsizlik
muommosini o’rganish yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, Ommaviy
madaniyat ta’sirlardan himoya qilishnining turli usullari sifatida, internet- tobelik
muommosi, shaxs xulq-atvorinining shakllanishida OAV ning ta’siri kabi o’nlab
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda O’smir yoshdagi o’quvchilarda kompyuter o’yinlariga
tobelikka oid tadqiqotda psixologik yetuklik asosida yondashilib, 46% o’smir
psixologik yetuklikninng quyi darajasida,15 % yuqori darajasi qayd etib o’tilgan.
Sinaluvchilar bilan suhbatda ular o’yin emas tengdoshlar orasidagi nufuzi muhim
ahamoiyati ta’kidlshgan.[5:102 b]
Bugungi kunda axborot xurujlarining turli xususiyatlarini inobatga olgan holda,
quyidagi tartibda ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq:
1.
Xalqaro terorizm;
2.
Diniy ekstremizm;
3.
Narkotrafik;
4.
Qurol-yarog’ va o’q-dorilar kontrabandasi;
5.
Komyuter firibgarligi;
6.
Transplantatsiya uchun inson tana a’zolarining noqonuniy savdosi;
7.
Qimmatli qog’ozlarni qalbakilashtirish va noqununiy daromadlarni
legallashtirish;
8.
Transmilliy uyushgan jinoyatchilik;
9.
Noqoniy migratsiya;
10.
Missionerlik va prozelitizm harakati [6; 29-b]
Ochiq axborot tizimlarining turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta‘siri ham
turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma‘naviy salohiyatlari va
siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Mamlakatimiznining 60% ni yoshlar tashkil
qilishini hisobga olsak, bu muommoning ko’lamini sezish qiyin emas. Dunyoda yuz
berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta‘sirini
kamaytirish va ijobiy ta‘sirini kuchaytirish uchun shu hodisining mohiyatini
chuquroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim.Bu jamiyatning xulqiy
o’zgarishlarining axborot ta’sirida o’zgarayotganligidan dalolat berib turibdi.
O’smirlik davrida axborot-psixologik xavfsizlikni shakllantirish nuqtai
nazardan yonashadigan bo’lsak quyidagi jihatlarga diqqat qaratish mumkin.