Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Buxgalteriya baholarining auditi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

 
10.7. Buxgalteriya baholarining auditi 
Buxgalteriya bahosi
- aniq o’lchov usullari bo’lmagan modda 
summasining yaqinlashtirilgan ko’rsatkichidir. 
Auditor buxgalteriya baholari yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik 
dalillarni olishi lozim. 
“Buxgalteriya bahosi” atamasi deganda o’lchashning aniq usullari 
bo’lmaganda moddaning yaqinlashtirilgan qiymati tushuniladi, masalan: 

tovar-moddiy zahiralar va debitorlik qarzi qiymatini ular sotilishining 
taxmin qilinayotgan qiymatigacha pasaytirish; 

asosiy vositalar qiymatini ularning foydali ishlatish muddati mobaynida 
taqsimlash shartlari; 

hisoblangan daromad; 

muddati kechiktirilgan daromad; 

sud da’vosi natijasida vujudga kelgan xarajatlarni qoplash bo’yicha 
zahira; 

yakunlanmagan pudrat shartnomalari bilan bog’liq xarajatlar; 

kafolatli reklamatsiyalar bo’yicha zahira. 


278 
Sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotga kiritilgan buxgalteriya baholari 
bo’yicha mas’uliyatga ega. Ushbu baholar, ko’pchilik holatlarda, mulohaza 
chiqarilishi talab etiladigan, sodir etilgan yoki sodir etilishi ehtimoli bor hodisalar 
oqibati yuzasidan noaniqliklar sharoitlarida tayyorlanadi. Natijada buxgalteriya 
baholaridan foydalanishda muhim noto’g’riliklar tavakkalchiligi oshadi. 
Buxgalteriya hisobi baholarini aniqlash jarayoni modda tavsifiga qarab 
sodda yoki murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, ijara haqini hisoblash oddiy 
hisob-kitob qilishdan iborat bo’lsa, talabgargir bo’lmagan va ortiqcha tovar-
moddiy zahiralar bo’yicha dastlabki zahirani baholash joriy ko’rsatkichlar va 
bo’lg’usi sotuv hajmlari yuzasidan ancha-muncha tahlilni amalga oshirishni talab 
qilishi mumkin. Murakkab buxgalteriya baholarini chiqarishda maxsus bilimlar va 
mulohazalarning yuqori darajasi talab qilinishi mumkin. 
Buxgalteriya baholashlarni doimiy asosda vazifasini bajarayotgan 
buxgalteriya hisobi qotib qolgan tizimining bir qismi yoki faqat davr oxrida 
vazifasini bajarayotgan qotib qolmagan tizimning bir qismi tariqasida aniqlash 
mumkin. Ko’pchilik holatlarda buxgalteriya baholari tajribaga asoslangan formula, 
masalan, asosiy vositalarning har bir turkumi bo’yicha eskirishni standartlashgan 
me’yorlar bo’yicha hisoblash yoki kafolatli reklamatsiyalar bilan bog’liq 
xarajatlarni qoplash uchun zahirani hisoblashda sotishdan tushumning 
standartlashgan foizidan foydalanish bo’yicha chiqariladi. Ushbu holatlarda 
sub’ekt rahbariyati muntazam ravishda formulani, masalan, aktivlarni foydali 
ishlatish qoldiq muddatini qayta baholash yoki lozim bo’lganda amaldagi 
natijalarni formulaning buxgalteriya bahosi va tuzatishlari bilan solishtirish yo’li 
bilan qaytadan ko’rib chiqishi lozim. 
Modda yoki xolis ko’rsatkichlar etishmasligi bilan bog’liq noaniqlik 
natijasida oqilona dastlabki bahoni ololmaslik mumkin; ushbu holatda auditor 700-
XAS “Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobot”ga muvofiqauditorlik 
hisobotni modifikatsiyalashtirish kerakligini ko’rib chiqishi lozim. 
Auditor ushbu vaziyatlarda buxgaltneriya bahosi oqilona ekanligi va, kerak 
bo’lganda, tegishli ravishda yoritilishi yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik 


279 
dalillarini olishi lozim. Buxgalteriya bahosini tasdiqlovchi dalillarni aksariyat 
holatlarda olish qiyinroq va ular moliyaviy hisobotning boshqa moddalarini 
tasdiqlovchi dalillarga qaraganda kamroq yakuniy hisoblanadi. 
Muolaja va usullarni, jumladan buxgalteriya baholarini tayyorlash 
jarayonida sub’ekt rahbariyati tomonidan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat 
tizimlaridan 
foydalanishni 
tushunish, 
ko’pchilik holatlarda, auditorlik 
muolajalarining tavsifi, muddati va hajmini rejalashtirishda auditor uchun muhim 
hisoblanadi. 
Buxgalteriya baholarini auditida auditor quyidagi yondoshishlarning bir yoki 
birligini qabul qilishi lozim: 
(a) 
sub’ekt rahbariyati tomonidan foydalaniladigan buxgalteriya bahosini 
tayyorlash jarayonini sharhlash va test sinovlaridan o’tkazish; 
(b) 
sub’ekt rahbariyati tomonidan tayyorlangan baho bilan solishtirish 
uchun mustaqil bahodan foydalanish; yoki 
(v) 
berilgan buxgalteriya baholarini tasdiqlovchi kelgusi hodisalarni 
sharhlash. 
Sub’ekt rahbariyati tomonidan buxgalteriya bahosini tayyorlash jarayonidan 
foydalanishini odatda sharhlash va test sinovlaridan o’tkazishda quyidagi qadamlar 
amalga oshiriladi: 
(a) 
buxgalteriya bahosi asoslanadigan ko’rsatkichlarga baho berish va 
taxminlarni ko’rib chiqish; 
(b) 
buxgalteriya bahosini tayyorlashda bajariladigan hisob-kitoblarni test 
sinovidan o’tkazish; 
(v) 
oldingi davrlar uchun berilgan baholarni, mumkin bo’lgan taqdirda
ushbu davrlarning amaldagi natijalari bilan solishtirish; 
(g) 
sub’ekt rahbariyati tomonidan tasdiqlash muolajalarini ko’rib chiqish. 
Auditor buxgalteriya bahosi asoslanadigan ko’rsatkichlar qanchalik aniqligi, 
to’liqligi va o’rinliligiga baho berishni amalga oshiradi. Buxgalteriya 
ko’rsatkichlaridan foydalanilgan taqdirda, ular buxgalteriya hisobi tizimi orqali 
ishlov beriladigan ko’rsatkichlar bilan izchil bo’lishi lozim. Masalan, kafolatli 


280 
reklamatsiyalar bo’yicha zahiralarni tasdiqlashda, auditor davr oxiriga kafolatli 
xizmat ko’rsatish muddati hali o’tmagan mahsulot bilan bog’liq ma’lumot 
buxgalteriya hisobi tizimida tovarlar sotilganligi to’g’risidagi ma’lumotga muvofiq 
ekanligi to’g’risida auditorlik dalillarni oladi. 
Auditor dalillarni sub’ekt tashqarisidagi manbaalardan izlashi mumkin. 
Masalan, oziq-ovqatlarni taxmin qilingan kelgusi sotuv hajmi izohi asosida 
hisoblanadigan tovar-moddiy zahiralar eskirishi yuzasidan tekshirganda, oldingi 
sotuvlar hamining darajasi, amalda mavjud bo’lgan buyurtmalar va bozor 
yo’nalishlari kabi ichki ko’rsatkichlarni o’rganishdan tashqari, auditor tarmoq 
bo’yicha bashorat qilinadigan sotuvlar hajmi va bozor tahliliga asoslangan 
dalillarni izlashi mumkin. Sud qarorlari va da’volarning moliyaviy oqibatlari 
yuzasidan sub’ekt rahbariyatining bergan baholarini tekshirishda auditor xuddi 
shunday sub’ekt huquqshunosi bilan bevosita bog’lanishga intiladi. 
Auditor 
buxgalteriya 
bahosini 
aniqlash 
uchun 
oqilona 
asosni 
shakllantiruvchi to’plangan ko’rsatkichlar tegishli ravishda tahlil va bashoratlar 
qilinganligiga baho berishni amalga oshiradi. Misol tariqasida debitorlik 
qarzinining qoplash muddatini tahlil qilishni hamda oldingi tajriba va bashoratdan 
foydalanishga asoslanib tovar-moddiy zahiralarning qandaydir moddasi mavjud 
bo’ladigan oylar miqdorini bashorat qilishni keltirish mumkin. 
Auditor buxgalteriya bahosida foydalanadigan asosiy taxminlarga sub’ekt 
tegishli asosga ega ekanligiga baho berishni amalga oshiradi. Ayrim holatlarda, 
taxminlar tarmoq bo’yicha statistik ko’rsatkichlarga yoki davlat statistika 
idoralarining inflyatsiyaning bo’lajak darajasi, foiz stavkalari, aholining bandlik 
darajasi va bozorning kutilayotgan o’sishi kabi ko’rsatkichlariga asoslanadi. 
Boshqa holatlarda esa, taxminlar faqat ushbu sub’ekt uchun xos bo’ladi va sub’ekt 
ichida olingan ko’rsatkichlarga asoslanadi. 
Buxgalteriya bahosi asoslangan taxminlarga baho berishda, auditor 
boshqalardan tashqari quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim: 

oldingi davrlar bo’yicha moliyaviy natijalar bilan taqqoslaganda ularning 
oqilonaligi; 


281 

boshqa buxgalteriya baholari yuzasidan foydalaniladigan taxminlar bilan 
ularning muvofiqligi; 

sub’ektning mos bo’lgan rejalari bilan ularning muvofiqligi. 
Auditor o’zgarishlarga sezgir va muhim noto’g’riliklarga moil yoki 
ta’sirchan bo’lgan taxminlarga alohida e’tiborini qaratishi lozim. 
Maxsus usullarni qo’llgan holda baho berishning majmuiviy jarayonida 
auditorga ekspertlar ishidan, masalan, mineral qazilmalar zahirasini baholash 
uchun muhandislardan foydalanish talab qilinishi mumkin. Ekspert ishidan 
foydalanish yuzasidan qo’llanma 620-XAS “Ekspert ishidan foydalanish”da 
taqdim etilgan. 
Auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan buxgalteriya baholarini tayyorlashda 
foydalanadigan doimiy mos formulani sharhlaydi. Bunday sharh sub’ektning 
oldingi davrlar bo’yicha moliyaviy hisobot natijalarini hamda ushbu tarmoqdagi 
boshqa sub’ektlar amaliyotdan foydalanishini va auditorga yoritilgan sub’ekt 
rahbariyatining kelajak rejalarini auditor tomonidan bilishligini aks etadi. 
Auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan foydalanadigan hisob- kitoblar 
muolajalarini test sinovidan o’tkazadi. Auditorlik test sinovlarining tavsifi, 
muddati va hajmi buxgalteriya bahosi hisob-kitobining murakkabligi, buxgalteriya 
bahosini tayyorlashda sub’ekt rahbariyati foydalanadigan muolaja va usullarga 
berilgan auditorlik baho hamda moliyaviy hisobot kontekstida ushbu bahoning 
muhimligidan kelib chiqadi. 
Auditor iloji boricha oldingi davrlar bo’yicha buxgalteriya baholarini ushbu 
davrlar bo’yicha amaldagi natijalar bilan solishtiradi. Bu quyidagilarga yordam 
beradi: 
(a) 
sub’ekt tomonidan foydalaniladigan baho berish muolajalarining 
umumiy ishonchliligi yuzasidan dalillarni olishga; 
(b) 
buxgalteriya baho berish formulasiga tuzatishlar kiritish talab 
qilinishini ko’rib chiqishda; 


282 
(g) 
amaldagi natijalar bilan dastlabki baholar o’rtasidagi farqlanishlar 
hisoblanganligi va, lozim bo’lgan joylarda, tegishli tuzatishlar kiritilganligi va 
yoritilganligini aniqlashda. 
Sub’ekt rahbariyati, odatda, buxgalteriya hisobining muhim baholari 
sharhlaydi va tasdiqlaydi. Auditor tegishli darajadagi rahbariyat tomonidan bunday 
sharh 
va 
tasdiqlash 
o’tkazilganligini hamda buxgalteriya baholarini 
belgilanaganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar mavjudligini ko’rib chiqadi. 
Auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan berilgan buxgalteriya baho bilan 
solishtirish uchun mustaqil baho berishni amalga oshirishi yoki olishi mumkin. 
Mustaqil baho berishdan foydalanganda auditor, odatda, ko’rsatkichlarga baho 
beradi, taxminlarni ko’rib chiqadi va tayyorlashda foydalanilgan hisob-kitoblar 
muolajalarini tekshirib chiqadi. Shuningdek, oldingi davr bo’yicha buxgalteriya 
baholarini ushbu davr bo’yicha amaldagi natijalar bilan solishtirish o’rinli bo’lishi 
mumkin. 
Davr yakunlangandan keyin, lekin audit tugagunga qadar sodir etilgan 
operatsiyalar va hodisalar sub’ekt tomonidan tayyorlangan buxgalteriya baholari 
yuzasidan auditorlik dalillarni taqdim etishi mumkin. Auditor tomonidan bunday 
sharhlarni amalga oshirish sub’ekt rahbariyati buxgalteriya bahosini tayyorlashda 
foydalanidigan jarayonni sharhlash yoki buxgalteriya bahosi oqilonaligini 
aniqlashda mustaqil baho berishdan foydalanish kerakligini kamaytirishi yoki 
bekor qilishi mumkin. 
Auditor auditor tomonidan mijoz biznesini bilishlikka, shuningdek, 
buxgalteriya bahosi audit o’tkazish paytida olingan auditorlik dalillar bilan 
muvofiqligiga asoslanib buxgalteriya bahosi oqilonaligiga yakuniy baho berishni 
amalga oshirishi lozim. 
Auditor ma’lumotga ta’sir ko’rsatuvchi qandaydir ahamiyatli kelgusi 
operatsiyalar yoki hodisalar va buxgalteriya baholarini belgilashda foydalanilgan 
taxminlar mavjudligini ko’rib chiqadi. 
Buxgalteriya baholariga xos bo’lgan noaniqliklar sababli, farqlanishga 
berilgan baho auditning boshqa bo’limlariga qaraganda murakkabroq bo’lishi 


283 
mumkin. Mavjud auditorlik dalillar bilan tasdiqlangan auditor tomonidan baho 
berilgan summa bilan moliyaviy hisobotga kiritilgan summa o’rtasida farqlar 
mavjud bo’lgan taqdirda, auditor ushbu farqlarni tuzatishga ehtiyoj borligini 
aniqlaydi. Agar farq oqilona, masalan, moliyaviy hisobotdagi summa maqbul 
bo’lgan natijalar doirasidan chiqmasa, tuzatishlarga ehtiyoj qolmasligi mumkin. 
Shunga qaramasdan, agar auditor mavjud farq oqilona chegarasida emas deb 
hisoblasa, sub’ekt rahbariyatiga buxgalteriya bahosini qaytadan ko’rib chiqish 
kerak degan iltimos bilan murojat qilish lozim. Sub’ekt rahbariyati bahoni 
qaytadan ko’rib chiqishni rad etgan taqdirda, farq noto’g’rilik deb hisoblanadi va 
uning moliyaviy hisobotga ta’siri muhimligiga baho berishda boshqa 
noto’g’riliklar bilan birga qo’rib chiqiladi. 
Auditor, shuningdek, asoslangan deb qabul qilingan alohida farqlar bir 
yo’nalishga shunday joylashtirilganki, ular majmui holda moliyaviy hisobotga 
muhim ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ko’rib chiqadi. Bunday vaziyatlarda auditor 
buxgalteriya baholarini umumiy majmui shaklida ko’rib chiqishi lozim. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin