Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


 Boshqa auditor va ichki audit ishidan foydalanish



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/183
tarix18.12.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#183980
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   183
xalqaro audit (1)(2)

10.9. Boshqa auditor va ichki audit ishidan foydalanish 
Boshqa auditor
- asosiy auditordan farqlanadigan va asosiy auditor 
tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotga kiritilgan sub’ektning tarkibiy 
qismi bo’lgan moliyaviy ma’lumot bo’yicha hisobot tayyorlashga mas’ul bo’lgan 


289 
auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga xuddi shu yoki boshqa nom bilan 
ataladigan affiliilangan firmalar, korrespondent firmalar, shuningdek ushbu 
kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan auditorlar kiradi. 
Asosiy auditor boshqa auditor ishidan foydalanilgan taqdirda, asosiy auditor 
boshqa auditorning ishi auditga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlashi lozim. 
“Asosiy auditor” - auditi boshqa auditor tomonidan o’tkazilgan, moliyaviy 
hisobot sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy qismlari bo’yicha moliyaviy 
ma’lumotdan iborat bo’lgan taqdirda, sub’ektning moliyaviy hisoboti bo’yicha 
auditorlik hisobotini tayyorlash uchun mas’uliyatga ega bo’lgan auditor. 
“Boshqa auditor” - asosiy auditordan farqli va asosiy auditor tomonidan 
audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotiga kiritilgan sub’ekt tarkibiy qismining 
moliyaviy hisoboti bo’yicha hisobot tayyorlash uchun mas’uliyatga ega bo’lgan 
auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga huddi shu yoki boshqa nom bilan 
atalgan affiliirlangan firmalar, ushbu kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan firma-
korrespondentlar kiritiladi. 
“Tarkibiy qism” - moliyaviy ma’lumoti asosiy auditor tomonidan 
o’tkazilgan 
bo’linma, 
filial, 
sho’’ba 
korxonasi, 
qo’shma 
korxona, 
uyushmalashtirilgan kompaniya yoki boshqa sub’ekt. 
Auditor o’zining shaxsiy ishtiroki asosiy auditor sifatida harakat qilish 
uchun etarli ekanligini ko’rib chiqishi lozim. Shu maqsadda asosiy auditor 
quyidagilarni ko’rib chiqishi lozim: 
(a) 
auditi asosiy auditor tomonidan o’tkazilgan moliyaviy hisobot 
qismining muhimligi; 
(b) 
asosiy auditor tomonidan sub’ekt tarkibiy qismining biznesini bilish 
darajasi; 
(v) 
auditi boshqa auditor tomonidan o’tkazilgan sub’ekt tarkibiy 
qismining moliyaviy hisobotidagi muhim noto’g’riliklar tavakkalchiligi; 
(g) 
asosiy auditor auditda ahamiyatli ishtirok etishga olib keluvchi 
boshqa auditor tomonidan sub’ektning tarkibiy qismi auditi yuzasidan xalqaro 
standartda bayon etilgan qo’shimcha muolajalarni bajarish. 


290 
Boshqa auditor ishidan foydalanishni rejalashtirganda, asosiy auditor aniq 
belgilangan topshiriq kontekstida boshqa auditorning kasbiy xabardorligini ko’rib 
chiqishi lozim. Bunday ko’rib chiqish uchun ma’lumotning ayrim manbai bo’lib 
kasbiy tashkilotda umum qabul qilingan a’zolik, boshqa firmada umum qabul 
qilingan a’zolik yoki qandaydir boshqacha aloqadorlik yoki boshqa auditor 
ishlaydigan kasbiy tashkilotning tavsiyanomasi hisoblanadi. Tegishli holatlarda
bunday manbaalarni boshqa auditorlar, bankirlar va hokazolar bilan so’rovnomalar 
o’tkazish yoki boshqa auditor bilan muhokama o’tkazish bilan kengaytirish 
mumkin. 
Asosiy auditor aniq belgilangan topshiriq kontekstida boshqa auditorning 
ishi asosiy auditorning maqsadlariga muvofiq ekanligi yuzasidan etarli bo’lgan 
tegishli auditorlik dalillarini olish uchun muolajalarni bajarishi lozim. 
Asosiy auditor boshqa auditorga quyidagilar bo’yicha tavsiyalar berishi 
lozim: 
(a) 
sub’ekt bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismiga nisbatan mustaqil 
bo’lish to’g’risida talablar va bu bilan rozi bo’lganligi to’g’risida yozma ravishda 
tasdiq olish; 
(b) 
auditor tomonidan bajariladigan ish va uning hisoboti foydaliligi va 
auditning dastlabki rejalashtirish bosqichida ular harakatlarini muvofiqlashtirish 
uchun etarli kelishib olish. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida ko’rib 
chiqishni talab etadigan bo’limlar, yoritishni talab etishi mumkin bo’lgan firma 
ichidagi operatsiyalarni solishtirish va auditni yakunlash uchun ish jadvali kabi 
jabhalar bilan tanishtirishi lozim; 
(v) 
buxgalteriya hisobi, audit va hisobot talablari va ular bilan rozi 
ekanligini tasdiqlash uchun yozma tasdiqnoma olish. 
Asosiy auditor shuningdek, masalan, boshqa auditor bilan qo’llaniladigan 
auditorlik muolajalarini muhokama qilishi, boshqa auditor yozma muolajalar 
rezyumesining sharhlashi (savolnoma yoki nazorat ro’yxati ko’rinishida bo’lishi 
mumkin) yoki boshqa auditorning ishchi hujjatlarini sharhlashi mumkin. Asosiy 
auditor xohishi bo’yicha boshqa auditorga tashrif buyurganda ushbu muolajalarni 


291 
bajarishi mumkin. Muolajalarning tavsifi, muddati va hajmi kelishuvning aniq 
belgilangan vaziyatlaridan va asosiy auditor boshqa auditorning kasbiy 
xabardorligini bilishligiga bog’liq. Bu bilimlar boshqa auditorning oldingi 
auditorlik ishini sharhlash natijasida kengayishi mumkin. 
Asosiy auditor muolajalarni qo’llash zaruriyati yo’q degan xulosaga kelishi 
mumkin, chunki oldin boshqa auditor o’z amaliyotida qabul qilingan sifat 
nazoratining siyosati va muolajalariga rioya qilganligi to’g’risida etarli bo’lgan 
tegishli auditorlik dalillari olingan. Masalan, ular affiliirlangan firmalarga taalluqli 
bo’lsa, asosiy auditor va boshqa auditor ichki firma sharhi, amaldagi siyosat va 
muolajalar bo’yicha testlar, tanlab olish auditi bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash 
kabi auditorlik dalillarini taqdim etuvchi muolajalarni nazarda tutgan uzoq 
muddatli rasmiy aloqalarda bo’lishi mumkin. 
Asosiy auditor boshqa auditorning ahamiyatli amaldagi xulosalarini ko’rib 
chiqishi lozim. 
Asosiy auditor boshqa auditor va tarkibiy qism rahbariyati bilan auditorlik 
amaldagi xulosalarni yoki tarkibiy qismning molyaviy hisobotiga ta’sir etuvchi 
boshqa jabhalarni muhokama qilish o’rinli deb hisoblashi mumkin hamda yozuvlar 
bo’yicha yoki tarkibiy qismning moliyaviy ma’lumoti bo’yicha qo’shimcha test 
sinovlarini o’tkazish lozimligi to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. 
Asosiy auditor tarkibiy qism auditi bo’yicha ishchi hujjatlarida boshqa 
auditor tomonidan kimning moliyaviy ma’lumoti audit qilinganligini, umuman 
sub’ekt moliyaviy hisoboti uchun ularning ahamiyatliligini, boshqa auditorlarning 
nomlarini va sub’ekt alohida tarkibiy qismlarining moliyaviy hisoboti muhim 
emasligi to’g’risida qilingan qandaydir xulosalarni hujjatli rasmiylashtirishi lozim. 
Asosiy auditor, shuningdek, bajarilgan muolajalar va chiqarilgan xulosalarni 
hujjatlashtirishi lozim. Masalan, boshqa auditorning sharhlangan ishchi hujjatlarini 
solishtirish va boshqa auditor bilan qilingan muhokama natijalarini yozib borish 
lozim.
Asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanish kontekstidan 
xabardor bo’lgan boshqa auditor, asosiy auditor bilan hamkorlik qilishi lozim. 


292 
Masalan, boshqa auditor qo’yilgan talablarga muvofiq bajara olmaydigan boshqa 
auditorning har qanday ish jabhalariga asosiy auditorning diqqatini jalb qilishi 
lozim. Huddi shunga o’xshash, huquqiy va kasbiy mulohazalarga muvofiq, boshqa 
auditor asosiy auditorning e’tibori uchun etib borgan va boshqa auditorning ishiga 
muhim ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday jabhalar bo’yicha maslahatga 
muhtoj bo’ladi. 
Asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan 
xulosaga kelganda va asosiy auditor boshqa auditor tomonidan sub’ektning 
tarkibiy qismi audit qilinganligi yuzasidan etarli bo’lgan qo’shimcha muolajalarni 
bajara olmagan taqdirda, audit qo’lami cheklanganligi sababli, asosiy auditor o’z 
fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki fikr bildirishni rad etishi lozim. 
Agar boshqa auditor modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti taqdim 
etsa yoki taqdim etishni mo’ljallasa, asosiy auditor hisobot beradigan sub’ektning 
moliyaviy hisoboti yuzasidan bunday tavsif va ahamiyatga ega bo’lgan 
modifikatsiya jabhasi ishonchliligi shunchalikki, asosiy auditorning hisoboti 
modifikatsiyalashtirishni talab qilishgacha olib kelishini ko’rib chiqishi lozim. 
Ayrim mamlakatlarning me’yoriy hujjatlari asosiy auditorga umuman 
moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosani boshqa auditorning sub’ektning bir 
yoki ko’proq tarkibiy qismlari auditi bo’yicha hisobotiga asosan shakllantirishga 
imkoniyat beradi. Asosiy auditor bunday qilgan taqdirda, asosiy auditorning 
hisobotida ushbu holat aniq belgilanishi va boshqa auditor moliyaviy hisobotning 
bir qismi yuzasidan amalga oshirgan auditining muhimligi aks etilishi lozim.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin