342
(e) buxgalter tomonidan kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot uchun
mas’uliyat sub’ekt rahbariyatining zimmasiga yuklatilganligi to’g’risida ta’kidlash;
(j) audit ham sharh ham o’tkazilmaganligi hamda shu munosabati bilan
moliyaviy hisobot bo’yicha hech qanday ishonchlilik bildirilmaganligi to’g’risida
ta’kidlash;
(z) agar lozim bo’lgan taqdirda, belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim
etish bo’yicha kontseptual asosdan muhim chetga chiqishlar yoritilganligiga e’tibor
qaratadigan band kiritish;
(i) hisobot sanasi;
(k) buxgalterning manzili;
(l) buxgalterning imzosi.
Buxgalter tomonidan kompilyatsiyalashtirilgan moliyaviy ma’lumot
bo’yicha moliyaviy hisobot to’liq to’plamining har bir varag’ida yoki birinchi
varag’ida “Audit o’tkazilmagan”, “Audit yoki sharh o’tkazilmasdan turib
kompilyatsiyalashtirilgan” yoki “Kompilyatsiya hisobotiga taalluqli” degan izohlar
bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: