Istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (Prospective financial information) - kelajakda
sodir etilishi mumkin bo’lgan xodisalar va sub’ekt harakatlari taxmini asosida
tayyorlangan moliyaviy ma’lumot. Istiqbolliy moliyaviy ma’lumot istiqbolni
belgilash, baholash yoki ular birligida tayyorlanishi mumkin (“Istiqbolni belgilash”
va “Istiqbolni baholash”ga qarang).
Istiqbolni belgilash (Forecast) - sub’ekt rahbariyati tomonidan kutilayotgan sodir
etilishi mumkin bo’lgan kelgusi xodisalar, shuningdek sub’ekt rahbariyati
ma’lumot tayyorlash sanasiga amalga oshirishni ko’zda tutgan harakatlarini
nazarda tutgan holda tayyorlangan istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (eng aniq
ma’lumot).
Ichki audit (Internal auditing) - sub’ekt tarkibida uning xizmat bo’linmasi sifatida
tashkil etilgan ishni baholash bo’yicha faoliyat. Boshqa masalalar bilan bir qatorda,
uning vazifasi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari mosligi va
samaradorligini tekshirish, baholash va monitoringdan iborat.
Ichki nazorat tizimi (Internal control system) - ob’ekt rahbariyati tomonidan,
amalda bajarilishi mumkin bo’lgan darajada, ob’ekt rahbariyatining batartib va
samaradorlik bilan faoliyat ko’rsatishi, jumladan, sub’ekt siyosatiga amal qilinishi,
aktivlar butligini ta’minlanishi, tovlamachilik va xatolarni oldini olish va
aniqlanishi, buxgalteriya yozuvlarining aniqligi va to’liqligi, shuningdek ishonchli
moliyaviy ma’lumot tayyorlanishini ta’minlanishiga qaratilgan barcha muolajalar
va siyosat (ichki nazorat). Ichki nazorat tizimi bevosita buxgalteriya hisobi tizimi
vazifalariga taalluqli bo’lgan masalalar doirasidan chetga chiqadi.
Ishonchlilik (Assurance) - bir tomondan taqdim etilgan va ikkinchi tomondan
foydalanish uchun qo’llaniladigan tasdiqlashlarning ishonchliligiga nisbatan
auditorning qoniqqanligini ifodalash tariqasida qaraladi. Bunday ishonchlilikni
ta’minlash uchun auditor amalga oshirilgan muolajalar natijasida to’plangan
dalillarni baholaydi va xulosa chiqaradi. Auditorning ishonchlilik darajasi va,
binobarin, ta’minlanadigan ishonchlilik darajasi amalga oshirilgan muolajalar va
ularning natijalari bilan belgilanadi.