Kelishuv xati (Engagement letter) - auditor tayinlanganligi, auditning maqsadi va
ko’lami, auditorning mijoz oldida javobgarlik darajasi va har qanday hisobotlarni
taqdim etish shaklini hujjatlashtiradi va tasdiqlaydi.
Kompilyatsiyaviy kelishuv (Compilation engagement) - kompilyatsiyaviy
kelishuvda buxgalter o’zining buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlarini, auditga oid
bilimlariga qarama-qarshi holda, moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va
umumlashtirish uchun qo’llash maqsadida jalb qiladi.
Kompyuter axboriy tizimlari (KAT) (Computer information systems (CIS)) - sub’ekt audit uchun ahamiyatli bo’lgan moliyaviy ma’lumotni qayta ishlash uchun
har qanday turdagi yoki o’lchamli kompyuterdan foydalanganda, bu kompyuter
ushbu sub’ekt yoki uchunchi tomondan foydalanishidan kat’i nazar, kompyuter
axboriy tizimlari muhiti vujudga keladi.
Kompyuter axborot tizimlarida nazoratning umumiy muolajalari (General controls in computer information sistems) - barcha ichki nazorat masalalari hal
etilgan degan ishonch darajasini ta’minlash maqsadida kompyuter axborot tizimlari
ishi yuzasidan umumiy nazorat asosini barpo etish.
Kompyuter ma’lumotlar tizimlaridagi amaliy dasturlar yuzasidan nazorat muolajalari (Application controls in computer information systems) -
kompyuterlashtirilgan usul yordamida yuritiladigan buxgalteriya hisobining amaliy
dasturlari yuzasidan alohida muolajalar. Ushbu vositalar barcha operatsiyalarni
bajarishga ruxsat olinganligi va ular tegishli aniqlik, o’z vaqtida va to’liq hajmda
aks ettirilganligi va ishlov berilganligi to’g’risida oqilona ishonchni ta’minlash
uchun buxgalteriya hisobining amaliy dasturlari yuzasidan alohida muolajalarni
belgilash maqsadida qo’llaniladi.