Tashqi audit - xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotining haqqoniyligini ob’ektiv baholash maqsadida shartnoma
asosida auditorlik kompaniyalari yoki yakka auditorlar tomonidan o’tkaziladi.
Tashqi auditning asosiy xususiyatlaridan biri – bu mijoz korxonaga nisbatan hech
qanday manfaati bo’lmagan, ya’ni uning mulkdori, ta’sischisi, boshlig’i yoki
boshqa
lavozimida
ishlamaydigan,
mustaqil,
xolis
auditor
tomonidan
o’tkazilishidadir. Agarda auditor tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta’sischisi,
boshlig’i yoki boshqa lavozimida ishlaydigan shaxsi bo’lsa, u holda auditorlik
faoliyati uchun berilgan litsenziya bekor qilinishi ham mumkin.
Tashqi audit korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini baholash hamda uning
moliyaviy hisobotini tasdiqlash uchun o’tkaziladi. Bundan tashqari tashqi audit
xo’jalik yurituvchi sub’ektning xarajatlarini minimallashtirish va foydani
maksimallashtirish maqsadida ularning faoliyatini yaxshilash, hisob ishlarini
tashkil qilish va qayta tashkil qilish, hisob ishlarini yuritish, soliqqa tortish
bo’yicha takliflar beradi.
Tashqi audit natijalari korxonaning buxgalteriya hisobi holati, ichki nazorat
tizimi holati, yillik moliyaviy hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi xulosada bayon
qilinadi. Bundan tashqari, tashqi audit natijalari loyihalar, sxemalar, biznes-rejalar,
ma’lumotnomalar ko’rinishida taqdim etilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilishining majburiy yoki majburiy emasligiga
ko’ra 2 ga bo’linadi:
27
1.
Majburiy audit;
2.
Tashabbuskorlik auditi.
Xalqaro amaliyotda audit ob’ektiga ko’ra uchta turi alohida ajratib
ko’rsatiladi: