8.4. Soliq munosabatlari va professional xizmat uchun haq to’lash
Auditorlar soliqqa tortish to’g’risidagi qonunchilikka har tomonlama qat’iy
rioya qilishga majburlar: ular o’z daromadlarini soliqqa tortilishdan ongli ravishda
yashirmasliklari yoki boshqa tarzda o’z manfaatlari yo boshqa shaxslar manfaatlari
163
uchun soliq qonunchiliklarini buzishlari mumkin emas.
Soliqqa tortish bo’yicha professional xizmat ko’rsatishda auditor mijoz
manfaatlariga tayanadi. Shu bilan birga u soliq qonunchiligiga amal qilishga
majbur va mijozning soliq to’lashdan bosh tortish va soliq xizmatini aldash
maqsadlaridagi soxtakorliklarga yordam berishi mumkin emas.
Majburiy audit o’tkazish davomida aniqlangan soliq qonunchiligining
buzilishlari, hisoblashlardagi va soliq to’lovlardagi xatoliklar haqida auditorlar
mijozning ma’muriyatiga va aktsionerlik jamiyatiga yozma shaklda xabar qilishi,
ularni ehtimoliy oqibatlar va qoida buzishlar hamda xatolarni tuzatish yo’llari
haqida ogohlantirishi zarur.
Soliqqa tortish sohasidagi tavsiyalar va maslahatlarni auditor mijozga faqat
yozma shaklda taqdim etishga majbur. Bunda u o’z tavsiyasi soliq idoralari bilan
har qanday muammoni hal qilish borasida mijozni umidvor qilmasligi, shuningdek,
mijozning soliq deklaratsiyasini va boshqa soliq hisobotlarini tuzish va ularning
mazmuni uchun javobgarlik mijozning zimmasida bo’lishi haqida ogohlantirishi
zarur.
Auditorning professional xizmati uchun to’lovlar, agar u bajarilgan
xizmatning hajmi va sifatiga bog’liq holda to’lansa, kasb etikasi me’yorlariga
javob beradi. U ko’rsatilayotgan xizmatning murakkabligiga, auditorning
malakasiga, tajribasiga, kasbiy obro’siga va javobgarlik darajasiga ham bog’liq
bo’lishi mumkin.
Auditorning professional xizmatiga to’lovlar miqdori qandaydir ma’lum bir
natijaga erishishga yoki yuqorida ko’rsatilgan holatlardan boshqa vaziyatlarga
bog’liq bo’lmasligi lozim.
Auditor mijoz bilan o’z xizmatiga haq to’lash shartlari va qoidalarini oldindan
kelishib olishi va yozma ravishda mustahkamlab qo’yishi lozim.
Bitta mijozning to’lagan haqqa auditorning ko’rsatgan xizmatlari uchun yillik
to’lovni yoki uning katta bir qismni tashkil etishi holati kasb etikasiga rioya
qilinganligini shubha ostiga qo’yadi.
|