159
Agar auditorlarning mijozi o’zaro almashsa, 1-auditor 2-auditorga yozma
ravishda uning axborotini berishi lozim. Agar bir auditor 2-auditorga mijoz haqida
axborot bermasa, u holda 2-auditor ijobiy javob olishga haqqi bor.
Auditorlar
boshqa auditorni yordamga chaqirsa, ular o’rtasidagi munosabat ish yuzasidan
bo’lishi lozim.
11.
Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati
. Auditorlik
tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish
bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni
qo’llab-quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha
usullarni
amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish
bo’yicha doimo qayg’urishi lozim.
Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim. Auditorlarning
o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq me’yorlariga
zid holat
hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark etayotganida auditorlik tashkilotiga
tegishli barcha holatlarni to’liq hajmda va vijdonan topshirishi lozim.
12.
Dostları ilə paylaş: