157
Yuqorida ko’rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo’ladi.
6.
Auditorning kasbiy mahorati
. Auditor mijozga kerak bo’lgan auditorlik
xizmatining etarli professional darajasini ta’minlashi lozim. Auditor ma’suliyatni
o’z zimmasiga olishda ma’lum sohada o’zining mahorati borligiga ishonishi lozim.
Auditor o’zining kasbiy mahoratiga to’g’ri kelmaydigan professional xizmatdan
voz kechishi mumkin. Auditorlik tashkiloti muayyan vazifalarni hal qilishda
mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Auditorning
professional malakasi
qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Auditor buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish,
fuqarolik huquqi,
auditni tashkil qilish, xalqaro va milliy standartlar bo’yicha
bilimini oshirib borishi lozim.
Kasbiy mahorat ikkita bosqichga bo’linishi mumkin:
A) kasbiy layoqatlilik darajasiga erishish. Kasbiy layoqatlilikni o’zlashtirish
dastlab umumiy ta’limning yuqori darajada bo’lishini talab etadi, undan keyin
maxsus ta’lim, tegishli o’quv fanlari bo’yicha bilimlarga
tayyorlash va tekshirish
hamda tegishli kasbiy fanlar bo’yicha imtihonlar o’tkazish, shuningdek, ish
stajining mavjudligi;
B) kasbiy layoqatlilikni tegishli darajada saqlab turish. Kasbiy layoqatlilikni
tegishli darajada saqlab turish bilimlarni muntazam yangilab borishni talab etadi.
Auditor tekshiruv sifatining nazoratini ta’minlovchi dastur bo’yicha ishlashi lozim.
7.
Dostları ilə paylaş: