1-савол: Жиноятлар ўз хусусияти ва ижтимоий хавфлилик даражасига кўра қандай
таснифланади
2-казус: Судланувчи М, 2021 йил 9 март куни кундузи соат 16.00 ларда, спиртли ичимлик
таъсиридан мастлик ҳолатида, судланган Т. билан жиноий тил бириктириб, бир гуруҳ
бўлиб, жабрланувчи Н.нинг уйига ғайриқонуний равишда киришиб, Н.га тегишли 450.000
сўмлик «LG» русумли телевизорни ва 100.000 сўмлик тюнер мосламасини яширин тарзда
талон-торож қилишаётганларида, Н. яшаш уйига келиб, телевизор ва тюнер мосламасини
олиб кетишларига қаршилик кўрсатган вақтида, Т. Н. нинг юз соҳасига қўллари билан
уриб, соғлиғининг қисқа муддатга бузилишига олиб келмаган «енгил шикаст» тан
жароҳати етказиб, ҳаёти ва соғлиғи учун хавфли бўлмаган зўрлик ишлатиб, телевизор ва
тюнер мосламасини олиб кетиб, Н. нинг жами 550.000 сўмлик мулкни очиқдан-очиқ
талонторож қилишган.
1. Жиноятда иштирокчилик турлари ва шаклларини тушунтиринг
2. Тамом бўлмаган жиноятлар белгилари ва турларини таҳлил қилинг.
Javoblar
1-савол: Жиноятлар ўз хусусияти ва ижтимоий хавфлилик даражасига кўра қандай
таснифланади
Jinoyatlarni tasniflarda avvalambor darsliklarga va O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga
tayangan holda yechim berishga harakat qilaman. Eng birinchi Jinoyat tushunchasiga ta’rif berib
o’tsam to’g’ri bo’ladi deb hisoblayman. Jinoyat – bu ijtimoiy ham huquqiy hodisa hisoblanadi.
Yanayam tushunarliroq qilib aytadigan bo’lsak, Jinoyat – shaxning jinoyat qonuni bilan
taqiqlangan ma’lum bir shakldagi xatti – harakati hisoblanadi. Jinoyat harakat yoki harakatsizlik
shaklda amalga oshirlishi mumkin. Bunda shaxsning xulq-atvoriga ya’ni xatti- harkatiga
qaraladi. Shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish ya’ni harkat yoki harakatsizlik jinoyat deb
hisblanishi uchun u ijtimoiy xavfli bo’lishi kerak
Ijtimoiy xavflilik –bu jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan manfaatlarga zarar
yetkazilishi yoki shunday zarar yetkazish xavfi hisoblanadi Demak, ijtimoiy xavflilik xususiyati
- jinoyatning sifat jihatini ifodalas, ijtimoiy xavflilik darajasi - jinoyatning miqdor
ko’rsatkichini aks ettiradi.
Jinoyatlarni tasniflash deganda, jinoyatlarni u yoki bu belgilariga ko’ra, turkumlarga
ajratish tushuniladi. Jinoyat huquqida jinoyatlarni tasniflashda quyidagi ikki mezon nazarda
tutiladi. Bular 1. Jinoyatning xususiyati va xavflilik darajasiga qarab tasniflash, 2. Jinoyatning
obyekti tajovuz qaratilgan obyektga ko’ra tasniflash.
Jinoyat kodeksining 15 – moddasiga ko’ra jinoyatlar o’z xususiyati va ijtimoiy xavflilik
darajasiga ko’ra 1) Ijtimoiy xavfi kata bo’lmagan jinoyatlar, 2) uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar
3) og’ir jinoyatlar 4) o’ta og’ir jinoyatlarga bo’lingan
Ijtimoiy xavfi kattaa bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, uch yildan ko’p bo’lmagan
muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutiladi. SHuningdek, ehtiyotsizlik
oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Bunday jinoyatlarga onaning o’z chaqalog’ini
qasddan o’ldirishi yoki kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og’ir yoki o’rtacha
o’g’ir shikast yetkazish, o’ldirish yoki zo’rlash bilan qo’rqitish kabi jinoyatlarni sanash mumkin.
Uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh
yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan
jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutillgan jinoyatlar kirdi, Bunday jinoyatlar
guruhiga Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o’ldirish, qasddan badanga o’rtacha
og’ir shikast yetkazish, kasb yuzasidan o’z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ayolni jinsiy
aloqaga majbur etish kabi bir qator jinoyatlarni keltirib o’tish mumkin
Og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib qonunda besh yildan ortiq lekin o’n yildan ko’p
bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutildi. Qasddan badanga og‘ir shikast
yetkazish:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning
yaqin qarindoshlariga nisbatan;
v) o‘ta shafqatsizlik bilan;
g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
d) tamagirlik niyatida;
e) bezorilik oqibatida;
j) millatlararo yoki irqiy adovat zamirida;
z) diniy taassublar zamirida
Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan
foydalanib, jinsiy aloqa qilish, —
Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik vositalari va
ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan
vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish, keltirib o’tishimiz mumkin
O’ta og’ri jinoyatlar qasddan sodir etilib, qonunda o’n yildan ortiq muddatga
ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Bunday jinoyat guruhiga qasddan
odam o’ldirish, jinsiy ehtiyjni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish, agressiya, terrorizm
kabi jinotlar kiradi
Жиноятда иштирокчилик турлари ва шаклларини тушунтиринг
Amaldagi jinoyat kodeksi talbiga ko‘ra, jinoyatda ishtirokchilik deganda — ikki yoki undan ortiq
shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi tushuniladi.
Jinoyat kodeksining 28 – moddasiga ko’ra Jinoyatda ishtirokchilikning bajaruvchi, tashkilotchi,
dalolatchi, yordamchi kabi turlari bor:
jinoyatni bevosita sodir etgan shaxs — bajaruvchi;
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxc —
tashkilotchi;
jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs — dalolatchi,
jinoyat sodir etilishiga ko‘maklashgan, shuningdek, jinoyatchini jinoyat sodir etish quroli, izlari
va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek,
bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs — yordamchi
hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 27 – moddasiga ko’ra Jinoyatda ishtirokchilik oddiy ishtirokchilik,
murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma shaklida bo‘ladi, 2 yoki undan ortiq
shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi — oddiy ishtirokchilik,
oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok etishi — murakkab ishtirokchilik deb
topiladi.
Ishtirokchilik nafaqat tugallangan jinoyatda, balki shu bilan birga jinoyatga tayyorgarlikda va
jinoyat qilishga qasd etishda ham namoyon bo‘ladi
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 29 –moddsiga ko’raJinoyatda ishtirokchilarning
quyidagi shakllari mavjud.
Jinoyatda ishtirokchilik: oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy
uyushma shaklida bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi
oddiy ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok
qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir
guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun
oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi.
1. 2. Тамом бўлмаган жиноятлар белгилари ва турларини таҳлил қилинг.
Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar faqatgina sud hukmi bilan javobgarlikka
tortiladi. Shuningdek, ayrim jinoyatlar subyektiv va obyektiv sabablar natijasida oxiriga
yetkazilmasdan qolishi mumkin va ayrim jinoyatlar ishtirokchilikda sodir etiladi. Tamom
bo‘lmagan va ishtirokchilida sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy jazo tayinlash masalalalarini
tahlil qilish jarayonida amaldagi O‘zbekiston Respublikasi JK ning 58-moddasiga asosan
“Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning
muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng
ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerak”ligi belgilangan,
Tamom bo‘lmagan jinoyatlarni o‘rganganimizda ularni turkumlarga bo‘lish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi JKning oltinchi bobida tamom bo‘lmagan jinoyatlarning
turkumlarga tasniflangan bo‘lib, unga ko‘ra, tamom bo‘lmagan jinoyat jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish kabilarga
bo‘linadi. Xususan, ushbu kodeksning 25-moddasida jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, shaxsning
qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi
o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa,
bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb topilishi ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan
holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topilishi ushbu
kodeksda belgilab qo‘yilgan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish - shaxs jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni
oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi
mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir
etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni
istisno qiladi.
Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan
qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, Jinoyat kodeksi bo‘yicha
javobgarlikka tortiladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashimiz joizki, sud va tergov organi sodir etilgan qilmishning
harakatlariga huquqiy baho berishda jinoyatlarning tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmaganligi,
ularning sodir etilgan vaqti, o‘rni, aybdorning shaxsi va holatlarini to‘la, xolisona va har
tomonlama e’tiborga olishi lozim.
Kazus yechimiga keladigan bo’lsak,
Судланувчи М, судланган Т. bilan til
biriktirmoqda, Bunda tushunishimiz mumkinki Jinoyat sherikchilik asosida ya’ni guruh bo’lib
amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Jinoyat kodeksining
Dostları ilə paylaş: |