hozir ko’pgina farmatsevtik kompaniyalar bozorning bu sektori uchun
yangi vositalar ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar va rivojlanishning
marketing
strategiyalari
qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Bu tadbirlar
iste’molchilarni jalb etish uchun samarali va jadal ta’sir etuvchi omillarga
kiradi. Chet el mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ko‘pgina brend va
savdo markalarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 70% ga yaqin brendlar 10
yildan ortiq, 35% esa - 20 yildan ortiq yoshga ega. Marketing nuqtai
nazardan muvaffaqiyatli retseptsiz sotiladigan dorilar brendlari 50 dan va
undan ortiq yoshga ega boMishi mumkin. Masalan, “Aspirin”, “Vauer”
(Germaniya) yoshi 100 yildan ortiq “Smith Kline Beecham” (Buyuk
Britaniya) firmasining “Panadol” savdo markasi 50 yilga yaqin.
Retseptsiz dorilami asosiy ishlab chiqaruvchilar orasida 0 ‘zbekiston
farmatsevtika bozorida taqdim etilganlardan quyidagilarni aytib o‘tish
mumkin: “Bayer” (Germaniya), “Smith Kline Beacham” (Buyuk
Britaniya), “Lek” (Slovakiya), “Berlin - Chemie” (Germaniya), “KRKA”
(Sloveniya),
“Gedeon Richter”
(Vengriya),
“Egis”
(Vengriya),
“Rivopharm” (Shveytsariya), “UPSA” (Frantsiya), “Zentiva” (Slovakiya),
“Ajanta”
(Hindiston),
“Chinoin”
(Vengriya), “Poffa”
(Polsha),
“Pharmachin” (Bolgariya), “Unigue” (Hindiston), “Galena” (Chexiya),
“Richard Bittner” (Avstriya), “Ratiopharm” (Germaniya) va boshqalar.
2000-yildan boshlab retseptsiz sotiladigan dorilarning dunyo bozori
barqarorlashdi va savdo hajmining o’sishiga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: