dorixonadagi bu yo‘nalishni ahamiyatini tobora oshirmoqda.
Rivojlangan
davlatlarda kasallikka chalingan odamlar zamonaviy dori vositalari,
biologik aktiv moddalar va boshqa usullar yordamida o‘z-o‘zini davolash
bilan shug‘ullanib, shu omillar ta ’sirida bir qator mamlakatlarda o‘z-o‘zini
davolash “javobgarligi” konseptsiyasi sog‘liqni
saqlash ishlarini davlat
siyosati miqyosida olib bormoqda.
Yevropa Ittifoqiga kirgan davlatlarda o‘zini davolash deganda o'zlari
belgilagan simptomlar va xatoliklarni dori vositalari yordamida davolash
tushuniladi. Amaliyotda esa bu bir oila a’zosi tomonidan ikkinchi a’zosini
davolashdir.
Retseptsiz beriladigan dori vositalarini ratsional qo‘llanishi o‘z-o‘zini
davolash javobgarligida quyidagi asosiy yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi:
- vrach retsepti talab etilmaydigan dori vositasini olish tartibini
aniqlash;
- iste’molchining ko‘proq ma’lumot olishi uchun o ‘zgacha
usullami
ishlab chiqish;
- retseptsiz beriladigan dori vositalari reklamasiga bo‘lgan talablarni
ishlab chiqish;
- mustaqil ta’lim olish;
- qayd qiiish tartibi.
Dunyo amaliyotida vrach retseptisiz olingan, nojo‘ya ta’siri juda kam
bo‘lgan dori vositalarining hammasi “Uy aptekasi” nomini oigan.
Dorixona shaxobchalarida faqat retseptsiz sotiladigan
dorilar va ayrim
parafarmatsevtik turdagi mahsulotlar savdosini amalga oshirish ko‘zda
tutiladi.
Retseptsiz dori vositalari savdosi, odatda, dorixonada alohida bo‘lim
tashkil etib olib boriladi. Bu bo‘lim savdo zalida joylashadi va jihozlanishi
sanitariya hamda texnik me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.
Dorixona
assortimentini yaqqol ko‘rsatish va reklama qiiish uchun savdo zalida
alohida vitrinali stol ochish mumkin.
Bolimni farmatsevt boshqaradi, bo‘limda oliy va o‘rta
maxsus
ma’lumotli farmatsevtlar ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: