M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

M in e ra l suvlar.
Tarkibida noorganik mineral tuzlar va ionlar bo‘lib 
odam organizmiga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi, ular gaz bilan boyitilgan, 
biologik faol, spetsifik xususiyatlarga ega boMadi. Minerallashtirish 
darajasiga qarab (1 dan 10 g/1) va (10 dan 15 g/1) bo‘linadi. Faol 
komponentlar saqlanishiga qarab suvlar: uglerod saqlovchi (“Borjomi”, 
“Narzan”, “Yessentuki”), temir moddali (“Arman”), mishyakli (“Vayxir”), 
borli (“Lazarevskaya”), kremniyli (“Djava”), bromli (“Yurmala”), organik 
moddalar saqlovchi (“Naftusya”) turlari mavjud.
Mineral suv idishlarining markirovkasida: ishlab chiqargan korxona 
nomi, uning tovar belgisi, suv turi, uning guruhi, buloq nomi yoki 
nomlanishi, mineralizatsiyasi (g/1), ishlatilishi, quyilgan vaqti, saqlanish 
muddati, standart ko‘rsatkichi ko'rsatiladi.
Mineral suv idishi gorizontal yoki vertikal ravishda saqlanadi. 
Saqlanish tartibi probka tagidagi materialga nisbatan olinadi. Agar aniq 
kesilgan probkadan iborat bo‘lsa, yashiklarda gorizontal holda 18 qator 
balandlikdan ko‘p boMmagan holda, vertikal sharoitda ishlab chiqarilgan 
korxonada 5 kundan ortiq saqlanmaydi.
Kronen probkali idishlarda ham gorizontal, ham vertikal ravishda 
saqlanadi. Mineral suvlar shishalarda yaxshi shamollaydigan, namlik 
saqlanmaydigan joylarda, temperatura +5 °S dan 20 °S gacha. Qo'yilgan 
kunidan boshlab yaroqlik muddati temirli mineral suvlarga 4 oy, boshqa 
suvlar uchun 1 yil.
K o ‘zo yn a k li optika bu yu m lari.
Asosiy ko‘z korreksiyasi va himoyasi 
uchun qo’llaniladigan 
vositalar ko‘zoynaklar hisoblanadi. 
Davlat 
standartiga binoan 4 ta asosiy ko'zoynakli linzalar mavjud: A - afokal, O -
bir fokalli, B - bifokal, T - trifokal.
Afokal linzalar tasvirni ikkilamchi tarzda ko‘rsatmaydi. G‘ilaylik, 
asoratlar mavjud holda foydalaniladi.
Bir fokalli linzalar miopiyada, gipermetropiyada, astigmatizmda, 
anizometropiyada ko'z refraksiyasi buzilganda ishlatiladi. Konkar nomli 
qaytaruvchi linzalar miopiyada qo‘llanadi. Gipermetropiyada musbat 
yig‘uvchi konvenks nomli linzalardan foydalaniladi.
Bifokal linzalar deb yuqori qismi boshqa, pastki qismi boshqa 
refraksiyaga ega bo‘lgan linzalarga aytiladi. Yuqori qismi (asosiy linza)
42


uzoqni ko‘rish uchun, pastki qismi (qo‘shimcha linza) yaqinni ko'rish va 
o‘qish uchun mo‘ljallangan.
Trifokal 
linzalar 
kuchli 
presbiopiyada 
(qarilikdagi 
uzoqni 
ko‘rmaslik) ishlatiladi.
Ko‘zoynaklar turli qirrasiz shaklda ishlanadi. Har bir linzada optik 
markazi o ‘chib ketadigan qora nuqta bilan belgilanadi va belgisi, 
refraksiya kattaligi etiketkada yopishtirilgan bo‘ladi.
Amaliyotda quyidagi turdagi kontakt linzalar bor:
- gaz o‘tkazuvchi va o‘tkazmaydigan qattiq linzalar;
- gaz o‘tkazuvchi gidrofil, elastik yumshoq linzalar;
- yuqoridagi 2 turdagi linzalarning o ‘rtasidagi egiluvchan linzalar;
- ultrabinafsha nurlanishdan saqlovchi yumshoq linzalar.
Kontakt linzalar bevosita ko‘zga taqilgani uchun alohida talab va 
parvarishga ega. Quyidagi guruh vositalari parvarishlash uchun qo‘llanadi:
- linzalarni tozalash uchun eritmalar;
- dezinfeksiya sistemasi (issiqlik ta’siri, peroksidli, kimyoviy);
- kontakt linzalar taquvchilar uchun ko‘z tomchilari;
- saqlanish muddati 2 yil bo‘lgan linzalarni xona haroratida saqlash 
uchun eritmalar.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin