- vertikal tovar harakati kanallari yagona tizim sifatida ish ko’rsatadi,
ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana vositachilar, iste’molchilarni
o‘z ichiga oladi. Ular umumiy maqsadlami ko‘zlaydilar va
birlashgan nazoratda xizmat ko‘rsatadilar;
- gorizontal
tovar harakati kanallari, bir qancha firmalar birlashmasi
boiib, aniq bozorni birgalikda egallash uchun mo’ljallangan. Bunday
sotish tizimidan dorixona tizimida ham foydalansa bo‘ladi. Masalan:
keng koiamda reklama kompaniyasini o’tkazish va o ‘z tovarlari
savdosini ko‘paytirish maqsadida aniq hudud dorixonalarini
birlashtirish.
Dorixona savdo qilish tarmog‘i uchun bilvosita ikkinchi darajali
(vositachi bilan) kanallari xos. Ikkinchi darajali kanal qatnashuvchilari:
Savdo qilish tarmog’ining asosiy turlari.
Savdo qilish tarmog‘ini tashkillashtirish 3 ta asosiy omillarga bog‘liq:
- Mahsulot turi.
- Bozorning geografik koiami.
- Iste’molchining fe’l-atvori.
Ularga muvofiq savdo tarmog‘ining 3 asosiy turi ajratiladi:
1. Mahsulot turlari bo’yicha.
2. Hududlar bo‘yicha.
3. Iste’molchining fe’l-atvori bo’yicha.
1. Mahsulot turlariga qarab savdo tarmog'i.
Mahsulot turiga qarab savdoni tashkil qilishda
bir yoki bir necha xil
tovar turlariga ixtisoslashtirilgan alohida boiinmalar shakllanadi.
Qachonki mahsulot nomlari assortimenti bo’yicha ajralib tursa va maxsus
bilimlarni talab qilinsa, shunda bu savdo qilish tarmog’i afzalroq ko’riladi.
Shunday qilib, dorixona tovarlari ancha farqlanadigan assortimentli
guruhlarga bo’linadi: dori vositalari va sanitariya - gigiena ashyolari,
bog’lov vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan
buyumlar; tibbiy texnika, optika va boshqalar.
Shu bilan dorixona tarmog’ida aniq
tovarlar guruhlari savdosi
bo'yicha ixtisoslashtirilgan bo’linmalar shakllanadi (masalan, tibbiyot
172
texnika uchun - «Tibtexnika» do‘konlari, ko‘zoynak, gardish, linzalarni
sotish uchun - «Optika» va b.).
Keyinchalik bundan ham kengroq ixtisoslashtirish ehtimoli bor.
Masalan, tayyor dori vositalari, dorivor o‘simlik xomashyoni hamda dori
vositalarining aniq guruhlari (sil, diabet, o‘sma
kasalliklariga qarshi va
boshqa preparatlarni sotish bo'yicha ixtisoslashgan dorixonalar) savdosi
bo‘yicha ixtisoslashgan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar.
2. Hududlar bo ‘yicha savdo qilish tarmog'i.
Hududlar bo‘yicha savdoni tashkillashtirishda hududiy savdo qilish
tarmoq bolinmalari shakllanadi. Masalan: hududlarda dori vositalari va
tibbiyot buyumlari savdosini tashkillashtirish uchun shaharlar,
viloyatlar va
Qoraqalpog'iston Respublikasi bo‘yicha dorixona tarmog'i shakllangan.
Savdo faoliyatining mahsulot turlari buyicha hamda hududlar
(mamlakatlar) bo‘yicha tashkillashtirilgan mustaqil turi bu eksport - chet
el bozorida mahsulotning savdosi.
3. Iste ’molchi fe ’l-atvori bo
‘yicha savdo qilish tarmog'i.
Iste’molchi fe’l-atvoriga qarab savdoni tashkil qilganda, bir yoki bir
nechta iste’molchilar turlarini xizmat
qilishiga ixtisoslashtirilgan, alohida
bo‘linmalar shakllanadi. Masalan, dori vositalari va tibbiyot buyumlar
sotishi uchun quyidagicha tashkillashtiriladi:
- faqat aholiga xizmat qiluvchi dorixonalar;
- bitta davolash-profdaktika muassasasiga (shifoxona) xizmat qiluvchi
dorixonalar;
- bir
nechta
davolash-profdaktika
muassasalari
va
boshqa
tashkilotlami ta’minlaydigan dorixonalar.
Dorixona tizimida to‘gri shakllangan sotish tarmog'i iste’molchilarning
talablarini to'liq qondirishga imkon beradi, bu o‘z
navbatida, tovarni
optimal harakatini ta’minlab beradi.
Dostları ilə paylaş: