Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Mavzu 32. G’aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Mavzu 32. G’aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari 
 
R e j a: 
1.
G’aznachilik tushunchasi. G’aznachilik organlarining vazifalari 
(funktsiyalari). 
2.
G’aznachilik organlarini tashkil etish va ularning rivojlanish istiqbollari. 
3.
G’aznachilik organlarini axborot bilan ta’minlash va bu organlarda 
avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil etish. 
4.
AATning terminal arxitekturasi va g’aznachilikdagi AAT(ning) “Klient – 
Server”i. 
5.
G’aznachilik organlarining kommunikatsion tizimlarini tashkil etish. 
Tayanch so’z va iboralar: UNIX, Net Ware, Klient – Server, G’aznachilikda 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, Davlat byudjeti,Terminal, Windows NT, 
SUBD “Oracle”, G’aznachilikda avtomatlashtirilgan ish joylari, Mahalliy byudjet, 
Intellektual va h.q. 
G’aznachilik tushunchasi. G’aznachilik organlarining funktsiyalari 
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili byudjet mablag`’larining 
kelib tushishi va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini, 
ulardan maqsadli foydalanish nazorati, ajratilgan mablag`’larning oxirgi oluvchiga 
etib borguncha bo’lgan vaqtning o`zoqligi, turli darajadagi byudjetlarning 
bajarilishida moliyaviy organlar orasidagi o’zaro aloqaning sustligi kabilarni 
ko’rsatadi. 1993 yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yo`z 
384


385
berayotgan va islohotlarning bahosidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari 
oldiga kelgusi istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalarni belgilab berdi: 

byudjetlararo munosabatlarni mukammallashtirish va moliya va soliq 
organlari koordinatsiyalarini kuchaytirish; 

byudjetlarning daromad bazalari, soliqlar yig’imini oshirish soliq yig’ish 
va uning to’liqligini ta’minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga 
ko’paytirish; 

mablag`’larni ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy 
himoyalanadigan qatlamlarni byudjetning barcha darajalari bilan o’z vaqtida va 
to’liq moliyalashni ta’minlashga yo’naltirish; 

davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini, ularning muomala muddatlari 
o`zoqligini hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlarni jalb 
etish, bozor geografiyasini kengaytirish; 

valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy 
valyutani mustahkamlash. 
Bu masalalarni hal qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining 
g’aznachiligi haqida Nizom” ishlab chiqildi (2007 yilda O’zbekiston Respublikasi 
hukumati tomonidan tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ – g’aznachilik tashkil 
etish haqida qaror qabul qilindi. 
G’aznachilik – davlatning maxsus moliyaviy organi bo’lib, uning 
funktsiyasiga quyidagilar kiradi: 

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tashkil etish, amalga oshirish 
va bajarilishini nazorat qilish, yagona g’azna tamoyilidan kelib chiqib, banklardagi 
g’aznachilik hisobraqamlaridagi kirimlar (foyda) va harajatlarni boshqarish. 

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
jamg’armalar orasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, bu 
jamg’armalarning moliyaviy bajarilishi, byudjetdan tashqari mablag`’larning kelib 
tushishi va undan foydalanishni nazorat qilish. 

Davlatning moliyaviy resurslari hajmini qisqa muddatga bashoratlash 
hamda davlat harajatlarining belgilangan mos keluvchi davri doirasida ushbu 
resurslarni boshqarish. 

Davlatning yuqori qonunchilik va ijroiya organlari (idoralari) va O’zR 
boshqaruvining O’zR Hukumatining davlat moliyasi, davlat byudjet bo’yicha, 
byudjetdan tashqari jamg’armalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi byudjet 
tizimining ahvoli haqidagi axborot va hisobotlarini yig’ish, ishlov berish va tahlil 
qilish. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vakolatli banklar bilan 
hamkorlikda O’zRning davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va xizmat 
ko’rsatish. G’aznachilik tasarrufidagi davlat hokimiyati idoralari, boshqarmalar, 
korxonalar, muassasa va tashkilotlarga davlat mablag`’larini davlatning (davlat) 
byudjetdan tashqari mablag`’lari va b.ga taqsimlovchi tashkilotlarni ham qo’shgan 
holda hisobot operatsiyalarini yuritish tartiblarini, ularga doir uslubiy va ko’rsatma 
materiallarni ishlab chiqish. 


386
Ko’rsatib o’tilgan funktsiyalarni bajarish uchun nafaqat g’aznachilik 
organlarining ierarxik darajalarida, shuningdek, bank to’lov tizimlarida, davlat 
soliq tizimida, hamma darajadagi byudjetlarning shakllanish va ijroiya tizimlarida 
byudjetdan mablag`’ oluvchilar va soliq to’lovchilarning rivojlangan funktsional 
va axborot aloqalari bilan murakkab ko’pqirrali tizimi harakatlanadi. Ushbu 
tizimning murakkabligi uning turli idoralarga tegishli ko’p sonli qatnashchilarni 
qamrab olib, tarmoqli hududlarga yoyilganligi bilan kuchaytirilganligidadir.

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin