Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Hisoblash texnikasining tasnifi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

3. Hisoblash texnikasining tasnifi. 
Xozirgi paytda kompyuterlarning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ular bir-
biridan bir qancha texnik xususiyatlari va ko`rsatgichlari orqali farq qiladilar. 
Xisoblash texnikasi vositalari qanday texnik ko`rsatgichlari bilan bir birlaridan 
farq qiladilar degan muammoni o`rganib chiqish xam ularni maqsadga muvofiq 
ravishda ishlatish uchun katta axamiyatga egadir. Atrofga razm tashlang va 
quyidagi savolga javob berishga harakat qilib ko`ring: Atrof-muxitda 
kompyuterlarning qanday asosiy turlari mavjud va ular qaysi soxalarda 
ishlatilayaptilar? Ular bir-birlaridan qanday ko`rsatgichlari orqali farqlanadilar? 
Dastlabki elektron-hisoblash mashinalari yaratilganidan beri 60 yildan 
ortiq vaqt o`tdi. Lekin shu davr ichida EHMning bir necha avlodlari yaratildiki, 
ular o`zining texnik-ekspluatatsion ko`rsatgichlari jihatidan bir-biridan katta farq 
qiladi hamda har bir avlod EHM fan-texnika taraqqiyotining shu davrga mos 
ifodasi desa bo`ladi. 
Elektron hisoblash mashinalari o`zining qator xususiyatlari tavsifiga 
muvofiq tasnifga ajratiladi. 
Mashinalar turkumlarga ajratilganda ularning avlodi, guruxi, misollarni 
yechish tezligi, shakli, raqamlarni ifodalash shakllari va buyruqlari, adreslari, 
buyruqlarni bajarishi, konstruktsion quvvati hamda funktsional imkoniyatlari va 
boshqalar hisobga olinadi. 
Yuqorida aytib o`tilganidek EHMlar yaratilganidan boshlab to hozirgi 
davrgacha 4 bosqichni bosib o`tdi yoki uning 4 avlodi yaratildi. 
1 - avlod - lampali EHMlar davri; 
2 - avlod - yarim o`tkazgichli, tranzistorli EHMlar davri; 
18


3 - avlod - kichik integral sxemali (KchIS) EHMlar davri; 
4 - avlod - hozirgi katta integral sxemali (KIS) EHMlar davri. 
Kelajakda EHMning yangi 5-avlodi mashinalarida o`ta katta integral 
sxemadan (O’KIS), optik elektronika, katta molekulyar xossasi (molekulyar 
elektronika) dan foydalaniladi. Har qaysi EHM elementi bazasidagi yangi 
o`zgarish, mashinaning imkoniyatini orttiradi, natijada uning tatbiq etish doirasini 
kengaytiradi. 
Bajaradigan ishiga ko`ra EHMni ikkiga - hisoblovchi va bajaruvchi 
EHMlar guruxiga ajratish mumkin: ularning birinchisiga murakkab ilmiy-texnik 
va iqtisodiy masalalarni yechish hamda katta xajmdagi informatsion massivlarga 
ishlov berish; ikkinchisiga esa - real jarayonlarni boshqarish bilan bog`liq 
masalalarni yechish yuklatiladi. Ularning yordamida murakkab ishlab chiqarish 
ob’ektlarida boshqarish jarayonini avtomatlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot va 
loyiha-konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish amalga oshiriladi. Bu mashinalar 
ishlab chiqarish uzluksiz harakterdagi korxonalarda (masalan, metallurgiya, 
kimyo, energetika, ko`mir qazib olish va boshqa tarmoqlarda) ishlatiladi. 
Operatsiyalarni bajarishda ifodalangan sonlar formasiga (shakliga) ko`ra 
EHM o`rnatilgan vergulli va suzib yuruvchi vergulli rejimlarda ishlaydigan 
mashinalarga bo`linadi. Qo`llanilayotgan sanoq sistemasiga ko`ra EHM ikkilik, 
o`nlik, arifmetik sistema hamda turli sanoq sistema (ikkilik, o`nlik) asosida 
operatsiyalarni bajaruvchi mashinalarga bo`linadi. 
Informatsiyani EHMdan o`tish usuliga ko`ra u ketma-ket va parallel 
ishlaydigan mashinalarga bo`linadi. Ketma-ket ishlaydigan mashinalarda sonlarni 
uzatish va sonlar operatsiyalarni bajarish razryadga qarab, ya’ni bitta razryad 
bo`yicha hamda razryadma-razryad amalga oshiriladi. 
Parallel ishlaydigan mashinalarda raqamlarni uzatish va qayta ishlash 
arifmetik qurilmada hamma razryadlar bo`yicha hamda raqamlarni xotira 
qurilmasida tanlash va yozish bir vaqtda amalga oshiriladi. Parallel-ketma-ket 
ishlaydigan EHMlarda raqamlar gruppasini qayta ishlash ketma-ket, har qaysi 
gruppa razryadiga taalluqli operatsiyalar parallel amalga oshiriladi. 
Mashinalarda so`zlarni ifodalash usuliga ko`ra EHMlar doimiy va 
o`zgaruvchan so`z uzunligi asosida ishlovchi mashinalarga bo`linadi. Mashinada 
informatsiyaning ifodalanishi bevosita mashinaning razryad setkasi uzunligi bilan, 
ya’ni xotira yacheykasidagi razryadlar miqdori bilan bog`langan. Ilmiy-texnik 
masalalar yechishga mo`ljallangan EHMlarda razryad setkasi odatda keltirilgan 
raqamlarni berilgan aniqligi va ularda faqat raqamlarnigina emas, balki 
buyruqlarni ham joylashtirish qulayligi nuqtai-nazaridan tanlanadi. 
Shunday turdagi ko`pchilik mashinalarning razryad setkasi belgilangan 
uzunlikda bo`lib, raqamlarning undan chiqib ketishiga odatda yo`l quyilmaydi. 
Bunda operatsiya birdaniga bir yacheykada yoziladigan hamma so`zlar ustida 
amalga oshiriladi, so`zlarning ma’lum qismini qayta ishlash imkoniyatini 
ta’minlash uchun esa maxsus buyruqlar kiritiladi. 
19


Qabul qilingan buyruq adreslariga ko`ra EHM bir, ikki, uch va ko`p 
adresli, hamda adreslar soni o`zgaruvchan mashinalarga bo`linadi. Bir adresli 
mashinalar buyrug`ida operatsiya kodi, hamda operandlardan birining adresi 
olinadi hamda amallar bajariladi yoki operatsiyaning natijasi yuboriladigan adresi 
ko`rsatiladi. Operand - operatsiyada ishtirok etuvchi ma’lumotlardan biri, ya’ni 
operatsiyalar operandlar ustida bajariladi. 
Ikki va uch adresli mashinalarda har qaysi buyruqqa muvofiq ravishda ikki 
yoki uchta operandning adresi ko`rsatiladi, ya’ni ana shu operand ustida amal 
bajariladi. O’zgaruvchi adresli EHMlarda yozilayotgan masala xususiyatiga ko`ra 
operandlar soni yoki konkret bajarilayotgan buyruqdagi adreslar soni o`zgarishi 
mumkin. O’zgaruvchi adresli buyruqlar odatda simvolik mashinalarda 
qo`llaniladi. 
Buyruqlarning bajarilishini tashkil etish bo`yicha mashinalar xaqiqiy va 
normallashtirilgan (majburiy) tartibda ishlashi bilan farqlanadi. Birinchi gurux 
mashinalarida hamma buyruqlar majmui ketma-ket nomerli ba’zi bir xotira 
yacheykalariga yoziladi. Ba’zi bir yacheykalarda saqlanayotgan buyruqlar 
bajarilgandan so`ng, mashina keyingi tartibdagi yacheykadagi saqlanayotgan 
buyruqlarni bajarishga o`tadi. Shunday qilib, bu jarayon maxsus o`tish komandasi 
(bajarish komandasi) berilgunga qadar davom etadi, ya’ni u boshqarishni kelgusi 
emas, balki ba’zi bir boshqa buyruqqa, odatda qabul qilinganidek u yoki bu 
shartning bajarilishi va bajarilmasligiga qarab uzatadi. Ko`pincha hozirgi zamon 
EHMlarida buyruqlarni bajarish xaqiqiy tartibida bajariladi. 
Buyruqlarni normallashtirilgan tartibda bajaruvchi mashinalarda buyruqlar 
bajarilganidan so`ng kelgusida bajariladigan buyruq xaqidagi ko`rsatmani 
saqlaydi. Har qaysi buyruqning adreslaridan biri shunday maqsad uchun 
foydalaniladi. 
Hisoblash jarayonining tashkil etilishiga ko`ra EHM bir programmali va 
ko`p programmali mashinalarga bo`linadi. Bir programmali mashinalar bir vaqtda 
faqat bitta programmani, ko`p programmali mashinalar esa bir vaqtda bir necha 
programmani bajaradi. 
Yechilayotgan masalaning funktsional imkoniyatiga ko`ra va EHM tatbiq 
qilinayotgan soha doirasiga ko`ra EHM universal (umumiy maqsadlarda), 
muammolar bo`yicha yo`naltirilgan hamda maxsus mashinalar tarzida tasnifla-
nadi. 
Universal EHMlar ilmiy-texnik, iqtisodiy harakterdagi keng ko`lamda 
masalalarni yechishga mo`ljallangan. Bunday EHMlar ko`p funktsional buyruqlar 
sistemasiga ega bo`lib, ulardan ham arifmetik, ham mantiqiy operatsiyalarni 
bajarishda bir xilda samarali foydalanish mumkin. Ular xotirani dinamik 
uyushtirish va ko`p darajali uzish sistemasiga ega. Bu ularni turli rejimlarda 
paketli, vaqtni taqsimlash, vaqtning real masshtabi, dialog(savol-javob), boshqa 
rejimlarda ishlatish imkonini beradi. Bu yerda shuni eslatib o`tish kerakki, hamma 
hisoblash resurslariga qaraganda umumiy foydalaniladigan EHMlar samarasi past. 
Sababi, ularning tuzilishi hisoblash jarayoniga to`la mos emasligi va EHMlar turli 
20


qurilmalarning quvvati va yechilayotgan masalalar harakteri jihatidan o`zaro mos 
kelmasligidir. 
Muammolarni yechishga mo`ljallangan EHMlar chegaralangan apparatlar 
to`plami va programma resurslari bilan tavsiflanadi hamda ma’lum bir doiradagi 
masalalarni yechishga mo`ljallangani uchun nisbatan tor sohada qo`llaniladi. 
Bularga kichik EHMlar modellari bazasidagi boshqaruvchi hisoblash komplekslari 
kiradi. 
Muammolarni yechishga mo`ljallangan mashinalar tarkibiga kiritish-
chiqarish maxsus qurilmasi, ob’ekt bilan aloqa o`rnatish vositasi, ulanadigan 
tashqi qurilmalar miqdorini anchagina ko`paytirish imkonini beruvchi 
interfeyslarni kiritish mumkin. 
Muammolarni yechishga mo`ljallangan qayta ishlovchi vositalarni ma’lum 
darajada ixtisoslashuvi hisoblash resurslaridagi ortiqcha apparat vositalarini 
qisqartirish va EHM tarkibi va u amalga oshirayotgan algoritm va vazifalarni 
foydalanuvchilar talabiga moslashtirish imkoniyati tufayli nisbatan samarali 
foydalanishni ta’minlaydi. 
Maxsus EHMlar u yoki bu algoritmni realizatsiya qilish yoki ma’lum bir 
klassdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan. Hozirgi zamon maxsus 
EHMlari mikroprotsessorlar komplekti va katta integral sxemalar (KIS) asosida 
yaratilib, funktsional yo`naltirilgan informatsion mashina yoki informatsion-
boshqaruvchi komplekslarni ifodalaydi. Cheklangan (tor) orientatsiyali maxsus 
EHMlar nisbatan sodda struktura va chegaralangan funktsional imkoniyatda ham 
yuqori mehnat unumdorligini va shu sistema arxitekturasini realizatsiya 
qilinayotgan foydalanuvchilar algoritmiga to`la muvofiqligi hisobiga qo`llash 
samaradorligini ta’minlaydi. 
Hozirgi paytda xususiy EHMlar keng qo`llanilmoqda. Ular ishlatilish 
sohasiga ko`ra professional va maishiy XEHM larga bo`linadi. 
Maishiy XEHMlar uy-ro`zgor ishlarida foydalaniladigan XEHMlardir. 
Ular ommaviy foydalanishga mo`ljallangan bo`lgani uchun unda qo`yiladigan 
asosiy texnik vositalar hamda programma ta’minoti bo`yicha nisbatan arzon 
bo`lishi kerak. Bu XEHMlar dam olish va o`yinlarni tashkil etishda, biror bir 
xunarga o`rgatishda, mashq qilishda, uy sharoitida turli-tuman oddiy hisoblarni 
bajarishda foydalaniladi. Bu XEHMlardan professional bo`lmagan kishilar 
foydalanadi. Shuning uchun ommaviy foydalanishda ishlatiladigan kompyuterlar 
juda keng turdagi va hajmdagi turli xil programmalar paketi to`plami bilan 
to`ldirilishi kerak. Bu XEHMlar strukturasi aloqa kanallariga mashinalarni ulash, 
qo`shimcha chetki uskunalarni, shu jumladan uy apparatlari-televizor, modem, 
faks, magnitofon va boshqalarga ulash yo`li bilan sistemani kengaytirish 
imkoniyatini ta’minlashi kerak. 
Hozirgi paytda professional XEHMlar matnli, raqamli, grafik 
informatsiyalarni qayta ishlash asosida turli avtomatlashtirilgan ish joylari 
21


yaratish, informatsion-ma’lumot xizmati, davolash-profilaktik tashkilotlarida, 
transport va boshqa soxalarda keng hamda samarali qo`llanilmoqda. 
XEHMlarning har yerda ishlatilishi, turli darajadagi boshqarish 
sistemalarida malakali mutaxassislarning mehnat unumdorligini keskin oshiradi
boshqarishda band bo`lganlarni qisqartirish imkonini beradi, mehnat resurslaridan 
samaraliroq foydalanish imkonini beradi. 
EHMning sof texnik va programmaviy jihatdan mukammallashuvi, uning 
borgan sari hisoblash tarmoqlariga, fanga, texnikaga, boshqarishga ta’sirini 
kuchaytirib boradi. EHMlar tasniflarga ajratilganda e’tibor qilinadigan yana bir 
omil-bu mashinalarni guruxlarga bo`linishidir. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin