Informatika va informatsion texnologiyalar
" fani moliya-iqtisod
mutaxassisliklari talabalarini moliya-iqtisodiy va boshqarish masalalarini yechish
jarayonida zamonaviy elektron hisoblash vositalaridan unumli foydalanishga
tayyorlashni maqsad qilib qo`yadi.
Bunda asosan e’tiborni iqtisodiy informatika va hisoblash texnikasi
bo`yicha nazariy bilimlarni shakllantirish hamda EHMda ishlash, masalani aniq
qo`yish, algoritmlash, tayyor programma vositalaridan, xususan amaliy
programmalar paketidan foydalana bilish ko`nikmalarini hosil qilishga qaratiladi.
Informatika ma’lumotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish
bilan bog`liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu soxadagi yetakchi
olimlarning fikriga ko`ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil
qilib, ma’lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini
loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta’minlash bo`yicha barcha muammolarni
o`rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo`llash va shu sohalarga ta’sirini
o`rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma’lumotlarni ishlash
11
jarayonlarini o`rganish va uni avtomatlashtirish yo`llarini izlashga xizmat
qiladigan fan sifatida maydonga keldi.
Informatikaning usullari va vositalari ma’lum ma’noda moddiylashib,
iste’molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi.
"Informatsion texnologiya" deganda, ma’lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi
orqali joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko`rsatishning zamonaviy hisoblash
texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa
vositalariga tayangan hozirgi zamon turlari tushuniladi.
2. Hisoblash texnikasi rivojlanishining tarixi va asosiy bosqichlari.
Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi davrdagi yuksak darajaga
yetguncha u juda katta taraqqiyot jarayonini boshidan o`tkazdi. Bu taraqqiyot
jarayonini ko`rib chiqqanimizda bir o`rinli savol xosil bo`ladi - qanday konkret
muammolar hisoblash texnikasining rivojlanishiga sabab bo`ldi va nima sababli
hisoblash texnikasining xilma xil vositalari paydo bo`ldi? Bu texnokratik
rivojlanish jarayoni qanday asosiy bosqichlardan iborat bo`lgan?
Hisoblash texnikasining rivojlanishi tarixini shartli ravishda to`rt katta
davrga bo`lishimiz mumkin.
1. Mexanik hisoblash qurilmasigacha bo`lgan davr uzoq o`tmishdan
boshlanib, to 17 asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har qanday hisoblash
asbobi alohida raqam razryadlariga ega bo`lgan. Hisoblash jarayonini ma’lum
holatda tosh, yog`och yoki jetonlarni o`rnashtirib turib amalga oshirishni qadimgi
rimliklar "kal
ь
kulyar" degan lotin so`z bilan atashgan.
2. Mexanik qurilmalar davri - 17 asr boshlaridan 19 asr oxirigacha davom
etgan. 1623 yil ingliz olimi V.Shikkard birinchi bo`lib oddiy qo`shish va olish
amalini bajara oladigan mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Lekin bu mashina
tor doiradagi insonlar uchungina ma’lum bo`lib, keng tarqalmadi. Shuning uchun
ham bizgacha yetib kelgan birinchi mexanik hisoblash mashinasi 1641 yili
frantsuz olimi B.Paskal tomonidan yaratilgan jamlash mashinasi bo`lib, u ikki
amalni – qo`shish va ayirish operatsiyasini bajara olardi. 1673 yili nemis olimi
Gotfrid Leybnits tomonidan to`rt arifmetik amalni bajara oladigan, yaqingacha
hamma joyda keng foydalanib kelingan arifmometr yaratildi. Bu hisoblash
mashinalari ichida qulayrog`idir. 19 asr 90-chi yillarining boshida Peterburglik
olim V.T.Odner tomonidan juda qulay mexanizm yaratilib, unga arifmometr
"F
Е
LIKS" nomi berildi. 20 asrning birinchi choragida bu mashinalar asosiy
hisoblash mashinalari bo`lib hisoblanardi.
3. Elektromexanik mashinalar davri 19 asr oxiridan 20 asr o`rtalarigacha
bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Elektrotexnikaning rivojlanishi hisoblash
mashinalarida inson jismoniy mehnati o`rniga elektr energiyani qo`llashga olib
keldi.
Elektromexanik mashinalar bilan bir vaqtda yangi mashina turlari,
hisoblash - analitik mashinalari paydo bo`lib, ularda hisoblash operatsiyalari
bajarilib, avtomatik usulda natijalar taqqoslanilib, taxlil qilinish imkoni yaratildi.
12
Bunday mashinalardan eng birinchisi 1888 yil AQShda G.Gollerit
tomonidan yaratilib, unga "tabulyator" nomi berildi. Bu mashinalarda axborot
tashuvchilar sifatida perfokartalar xizmat kilgan. Bizning Vatanimizda hisoblovchi
– analitik mashinalar asrimizning 20-chi yillaridan boshlab ishlatila boshlandi. Bu
mashinalar perfokartada axborot tayyorlovchi qurilmalar (perforatorlar),
perforatsiyani nazorat qilish (kontrol
ь
niklar), saralash, ma’lum sistemaga keltirish
mashinalari (reproduktorlar) bilan birgalikda kompleks bo`lib ishlatilardi.
Hisoblash natijalarini tabulyator jadval ko`rinishida chop etib berar edi.
4. EHMlar davri asrimizning 40-yillari o`rtalaridan boshlanib to hozirgi
kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr elektronikaning rivojlanish
davri bilan bog`liq bo`lib, uning asosida hisoblash mashinalarining yangidan-
yangi turlari va modellari dunyoga keldi.
Birinchi EHM 1945 yil AQSH da olimlar Dj. Mougli va D.Ekkert
tomonidan yaratilib, unga ENIAK nomi berildi. Bu EHM 18000 elektron
lampadan tuzilgan bo`lib, asosiy element bazasi elektromagnitli relelarga
asoslangan edi. Sobiq SSSR da esa birinchi elektron lampaga asoslangan KEHM
(kichik elektron hisoblash mashinasi) 1951 yil akademik S.A.Lebedev
rahbarligida yaratilgan. 1952 yili yana shu olim rahbarligida katta elektron
hisoblash mashinasi (KEHM-2) yaratilib, uni 1954 yili qayta ishlab
takomillashtirilib, uning ish unumdorligi o`sha vaqt uchun juda katta bo`lgan
hisoblash tezligi sekundiga 10000 operatsiyaga yetkazildi.
EHMning rivojlanish avlodlari quyidagi ko`rsatkichlar bilan ifodalandi:
EHMning ichki tuzilishi (arxitekturasi), programma ta’minoti, EHM bilan
foydalanuvchining o`zaro aloqa vositalari (tillar va muomala shakli) va texnika
jihatidan amalga oshirilishi (element bazasi, texnik ko`rsatgichlari). Tabiiyki,
ba’zi-bir ko`rsatkichlarning rivojlanishi bir xilda emas; shuning uchun ham
EHMlarni avlodlarga ajratish ko`proq va ma’lum bir ma’noda shartli hisoblanadi.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda EHMlarni avlodlarga ajratishda afzalroq
bo`lgan ko`rsatkich ularni tashkil etuvchi element bazalaridir. Shu printsipga
asosan 1-chi avlod EHMlarining element bazasi bo`lib elektron lampalar xizmat
qildi. Bu avlod EHMlarining tuzilishi klassik sxemaga mos kelib, asosiy
qurilmalar o`zaro uzviy bog`langan bloklar to`plamidan tuziladi (arifmetik-
mantiqiy xotira, boshqarish qurilmasi, kiritish-chiqarish qurilmasi). Programmalar
mashina tilida tuzilib, har bir alohida foydalanuvchi o`z ixtiyoricha ishlar edi.
EHMni ma’lum bir vaqtga olib, vaqtning bir qismi programmani sozlash uchun
ajratilardi. Programma ta’minoti asosan standart kichik programmalardan
tuzilardi. Birinchi avlod EHMlari o`zlarining katta geometrik o`lchamlari, ko`p
energiya talab qilishi va ishonchliligining kamligi bilan farqlanardi. EHMning
tezligi va xotira sig`imi katta emas edi. Birinchi avlod EHMlariga umumiy tavsif
berilsa, operatsion muhitning oddiyligiga, unda elementar operatsiyalarning
oldindan aniqlanilishi, dialog darajasining juda soddaligi, EHMda interfeys
kanallarining yo`qligi konkret qurilmalarni boshqarishni va hisoblash jarayonini
foydalanuvchi tomonidan tushunishni qiyinlashtirar edi.
13
EHMning birinchi avlodidagi operatsion muhit – bu konkret algoritmlar
mexanizmining amalga oshirilishi foydalanuvchi tomonidan beriladigan
operatsiya va vazifalar programmasining ketma-ketligidir. Shu bilan birga bular
sanoatda ishlab chiqarilgan birinchi mashinalar bo`lib, ko`pgina standart
masalalarni yechishda qayta-qayta foydalanish uchun programmalarni saqlash
imkoniyatiga ega edi. Bu ish esa foydalanuvchining EHM bilan uzviy muomalasi
yordamida amalga oshirilar edi. Shuning uchun foydalanuvchidan hisoblash
jarayonini boshqarish uchun programmalashtirish bosqichlarini chuqur o`rganish
talab etilardi.
EHMning 1-chi avlodiga oldinroq tilga olingan MESM, BESM-1,2, Strela,
M-1, 2, M-20, Ural-1, Ural-2, Minsk-1, 2, Minsk-12 va boshqa mashinalar kiradi.
Bu mashinalardan asosan ilmiy, texnik, muhandislik, iqtisodiy masalalarni
yechishda foydalanilgan.
Yarim o`tkazgichli va magnit elementli texnologiya rivojlanishi bilan 50-
yillar oxiri, 60-chi yillar boshlariga kelib EHMning 2-chi avlodini o`zlashtirish
boshlandi. Ikkinchi avlod EHMlari informatsiya kiritish-chiqarish jarayonini
boshqarishni markazlashmagan shaklda amalga oshirib, markaziy protsessorga
xilma-xil tashqi qurilmalarni moslashtirib ulash imkonini beradi. Bu avlod
EHMlarida kiritish-chiqarish qurilmalarining turlari birmuncha ko`paytirilib,
tashqi xotira sig`imi ancha kengaytirildi. Programmalashtirishda universal va
algoritmik tillar, tarjimonlar (translyatorlar va interpretatorlar), programmalar
kutubxonasi va hokazolarni qo`llash imkoniyati yaratildi. Aloqa vositasi bo`lib
(interfeys) programmalashtiriladigan maxsus protsedura tili xizmat qilardi.
Shunga mos ravishda operatsion sistemalar paydo bo`lib, foydalanuvchi
bajarishi lozim bo`lgan vazifani ma’lum bir protsedura tilida qabul qilish
imkoniyatiga ega bo`ldi. Ikkinchi avlod EHMlari faqatgina muhandislik va ilmiy
hisob-kitob ishlari uchungina ishlatilmay, kiritish va chiqarish informatsiya hajmi
juda ko`p bo`lgan iqtisodiy va informatsion masalalarni yechish uchun ham
foydalanildi. Ikkinchi avlod EHMlarining birinchisi "Razdan-2" bo`lib 1961 yili
Yerevan shahrida yaratildi. 60-chi yillar ichida ikkinchi avlod EHMlarining 30
dan ortiq modellari yaratilib, ularning ko`plari seriyalab ishlab chiqarildi ("Minsk-
2", 1963 yilda "Minsk-22", BESM-4, "Ural-11", 1964 yilda "Ural-15", 1965
yildan keyin BESM-6, "Mir", "Nairi", "Dnepr" va boshqalar) .
Ikkinchi avlod EHMlari o`sha davr uchun nisbatan katta tezlikka ega edi.
Masalan, BESM-6 nomli EHMning tezligi sekundiga 1 mln. operatsiyaga teng.
Ular ishonchliligining yuqoriligi, oldingi avlodga nisbatan kam elektr energiyasi
talab qilishi bilan ajralib turardi.
Uchinchi avlod EHMlari 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlariga
to`g`ri kelib, ular integral sxemalarda tuzilgan edi (IS). Integral sxema - bu
nihoyatda kichik elektron sxema bo`lib, kremniyli plastinkada bir qancha mayda
tranzistorlardan va boshqa elementlardan tuzilgan va ma’lum bir funktsiyani
bajarishga moslashgandir. Bu sxemadagi elementlarning hammasi
germetizatsiyalashtirilgan plastmassali qutichaga joylashtiriladi.
14
Ushbu tadbirlarning hammasi gabarit sig`imning ancha
kichiklashtirilishiga, ishonchlilikni ko`tarishga, EHMning quvvatini oshirishga
olib keldi. Bu avlod mashinalariga hisoblash jarayonini boshqarishning
markazlashmagan shakli xosdir. Xisoblash mashinalarini boshqarishni amalga
oshirish, maxsus operatsion sistemaga moslashtirilgan, ya’ni EHMlarga
o`rnashtirilgan boshqaradigan, qayta ishlaydigan va xizmat ko`rsatadigan
programmalarga asoslangandir.
Texnik vositalarning to`xtovsiz rivojlanishi sharoitida ishlab chiqilgan
programma ta’minotini saqlab qolishga intilish yangi g`oyaning paydo bo`lishiga,
ya’ni bir xil programma ta’minotidan foydalanuvchi har xil ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo`lgan hisoblash mashinalarining programmalari bir-biriga
tushadigan sharoitni yaratish, ya’ni programma ta’minoti birligi tushunchasi
vujudga kelishiga olib keldi. Aynan shu g`oya asosida 3-chi avlod EHMlariga mos
tushuvchi "EHM arxitekturasi" paydo bo`lib, bu ibora o`z ichiga EHMlar
majmuasining har qanday masala yechish uchun ham asosan bir xil operatsion
muhitdan foydalanishiga aytiladi. Shunday qilib, agar ikki har xil ishlab chiqarish
quvvatli EHMlar arxitekturasi bir xil bo`lsa, unda ishlatuvchi programmalar ham
ushbu har xil EHMlarning har birida ham bajarilishi mumkin va tabiiyki, bu
jarayon turli vaqt intervallari davomida amalga oshiriladi. Shunday qilib,
EHMning arxitektura birligi EHMning programma ta’minoti birligining asosiy
shartidir. Chunki EHM arxitekturasi uning funktsional imkoniyatlarini aniqlab,
uchinchi avlod EHMlari arxitekturasining rivojlanishi uchun zarur bo`lgan asosiy
masalalarni aniqlab beradi.
70-chi yillar o`rtasiga kelib yangi integral sxemalar yaratilib, ular
yordamida yangi ilg`or va original texnologik usullar ishlab chiqarildi, shu bilan
birga ushbu integral sxema tarkibiga kiradigan tranzistorlar va boshqa elektron
elementlar soni yuzlab, bir necha minglab marta oshirildi. Bunday integral
sxemalarga katta integral sxemalar (KIS) deb nom berildi. Katta sxemalarning
paydo bo`lishi EHMlarning
Dostları ilə paylaş: |