Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Informatika va informatsion texnologiyalar



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

Informatika va informatsion texnologiyalar
" fani moliya-iqtisod 
mutaxassisliklari talabalarini moliya-iqtisodiy va boshqarish masalalarini yechish 
jarayonida zamonaviy elektron hisoblash vositalaridan unumli foydalanishga 
tayyorlashni maqsad qilib qo`yadi. 
Bunda asosan e’tiborni iqtisodiy informatika va hisoblash texnikasi 
bo`yicha nazariy bilimlarni shakllantirish hamda EHMda ishlash, masalani aniq 
qo`yish, algoritmlash, tayyor programma vositalaridan, xususan amaliy 
programmalar paketidan foydalana bilish ko`nikmalarini hosil qilishga qaratiladi. 
Informatika ma’lumotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish 
bilan bog`liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu soxadagi yetakchi 
olimlarning fikriga ko`ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil 
qilib, ma’lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini 
loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta’minlash bo`yicha barcha muammolarni 
o`rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo`llash va shu sohalarga ta’sirini 
o`rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma’lumotlarni ishlash 
11


jarayonlarini o`rganish va uni avtomatlashtirish yo`llarini izlashga xizmat 
qiladigan fan sifatida maydonga keldi. 
Informatikaning usullari va vositalari ma’lum ma’noda moddiylashib, 
iste’molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi. 
"Informatsion texnologiya" deganda, ma’lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi 
orqali joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko`rsatishning zamonaviy hisoblash 
texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa 
vositalariga tayangan hozirgi zamon turlari tushuniladi. 
2. Hisoblash texnikasi rivojlanishining tarixi va asosiy bosqichlari. 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi hozirgi davrdagi yuksak darajaga 
yetguncha u juda katta taraqqiyot jarayonini boshidan o`tkazdi. Bu taraqqiyot 
jarayonini ko`rib chiqqanimizda bir o`rinli savol xosil bo`ladi - qanday konkret 
muammolar hisoblash texnikasining rivojlanishiga sabab bo`ldi va nima sababli 
hisoblash texnikasining xilma xil vositalari paydo bo`ldi? Bu texnokratik 
rivojlanish jarayoni qanday asosiy bosqichlardan iborat bo`lgan? 
Hisoblash texnikasining rivojlanishi tarixini shartli ravishda to`rt katta 
davrga bo`lishimiz mumkin. 
1. Mexanik hisoblash qurilmasigacha bo`lgan davr uzoq o`tmishdan 
boshlanib, to 17 asr boshlarigacha davom etgan. Bunda har qanday hisoblash 
asbobi alohida raqam razryadlariga ega bo`lgan. Hisoblash jarayonini ma’lum 
holatda tosh, yog`och yoki jetonlarni o`rnashtirib turib amalga oshirishni qadimgi 
rimliklar "kal
ь
kulyar" degan lotin so`z bilan atashgan. 
2. Mexanik qurilmalar davri - 17 asr boshlaridan 19 asr oxirigacha davom 
etgan. 1623 yil ingliz olimi V.Shikkard birinchi bo`lib oddiy qo`shish va olish 
amalini bajara oladigan mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Lekin bu mashina 
tor doiradagi insonlar uchungina ma’lum bo`lib, keng tarqalmadi. Shuning uchun 
ham bizgacha yetib kelgan birinchi mexanik hisoblash mashinasi 1641 yili 
frantsuz olimi B.Paskal tomonidan yaratilgan jamlash mashinasi bo`lib, u ikki 
amalni – qo`shish va ayirish operatsiyasini bajara olardi. 1673 yili nemis olimi 
Gotfrid Leybnits tomonidan to`rt arifmetik amalni bajara oladigan, yaqingacha 
hamma joyda keng foydalanib kelingan arifmometr yaratildi. Bu hisoblash 
mashinalari ichida qulayrog`idir. 19 asr 90-chi yillarining boshida Peterburglik 
olim V.T.Odner tomonidan juda qulay mexanizm yaratilib, unga arifmometr 
"F
Е
LIKS" nomi berildi. 20 asrning birinchi choragida bu mashinalar asosiy 
hisoblash mashinalari bo`lib hisoblanardi. 
3. Elektromexanik mashinalar davri 19 asr oxiridan 20 asr o`rtalarigacha 
bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Elektrotexnikaning rivojlanishi hisoblash 
mashinalarida inson jismoniy mehnati o`rniga elektr energiyani qo`llashga olib 
keldi. 
Elektromexanik mashinalar bilan bir vaqtda yangi mashina turlari
hisoblash - analitik mashinalari paydo bo`lib, ularda hisoblash operatsiyalari 
bajarilib, avtomatik usulda natijalar taqqoslanilib, taxlil qilinish imkoni yaratildi. 
12


Bunday mashinalardan eng birinchisi 1888 yil AQShda G.Gollerit 
tomonidan yaratilib, unga "tabulyator" nomi berildi. Bu mashinalarda axborot 
tashuvchilar sifatida perfokartalar xizmat kilgan. Bizning Vatanimizda hisoblovchi 
– analitik mashinalar asrimizning 20-chi yillaridan boshlab ishlatila boshlandi. Bu 
mashinalar perfokartada axborot tayyorlovchi qurilmalar (perforatorlar), 
perforatsiyani nazorat qilish (kontrol
ь
niklar), saralash, ma’lum sistemaga keltirish 
mashinalari (reproduktorlar) bilan birgalikda kompleks bo`lib ishlatilardi. 
Hisoblash natijalarini tabulyator jadval ko`rinishida chop etib berar edi. 
4. EHMlar davri asrimizning 40-yillari o`rtalaridan boshlanib to hozirgi 
kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr elektronikaning rivojlanish 
davri bilan bog`liq bo`lib, uning asosida hisoblash mashinalarining yangidan-
yangi turlari va modellari dunyoga keldi. 
Birinchi EHM 1945 yil AQSH da olimlar Dj. Mougli va D.Ekkert 
tomonidan yaratilib, unga ENIAK nomi berildi. Bu EHM 18000 elektron 
lampadan tuzilgan bo`lib, asosiy element bazasi elektromagnitli relelarga 
asoslangan edi. Sobiq SSSR da esa birinchi elektron lampaga asoslangan KEHM 
(kichik elektron hisoblash mashinasi) 1951 yil akademik S.A.Lebedev 
rahbarligida yaratilgan. 1952 yili yana shu olim rahbarligida katta elektron 
hisoblash mashinasi (KEHM-2) yaratilib, uni 1954 yili qayta ishlab 
takomillashtirilib, uning ish unumdorligi o`sha vaqt uchun juda katta bo`lgan 
hisoblash tezligi sekundiga 10000 operatsiyaga yetkazildi. 
EHMning rivojlanish avlodlari quyidagi ko`rsatkichlar bilan ifodalandi: 
EHMning ichki tuzilishi (arxitekturasi), programma ta’minoti, EHM bilan 
foydalanuvchining o`zaro aloqa vositalari (tillar va muomala shakli) va texnika 
jihatidan amalga oshirilishi (element bazasi, texnik ko`rsatgichlari). Tabiiyki, 
ba’zi-bir ko`rsatkichlarning rivojlanishi bir xilda emas; shuning uchun ham 
EHMlarni avlodlarga ajratish ko`proq va ma’lum bir ma’noda shartli hisoblanadi. 
Shu bilan birga hozirgi vaqtda EHMlarni avlodlarga ajratishda afzalroq 
bo`lgan ko`rsatkich ularni tashkil etuvchi element bazalaridir. Shu printsipga 
asosan 1-chi avlod EHMlarining element bazasi bo`lib elektron lampalar xizmat 
qildi. Bu avlod EHMlarining tuzilishi klassik sxemaga mos kelib, asosiy 
qurilmalar o`zaro uzviy bog`langan bloklar to`plamidan tuziladi (arifmetik-
mantiqiy xotira, boshqarish qurilmasi, kiritish-chiqarish qurilmasi). Programmalar 
mashina tilida tuzilib, har bir alohida foydalanuvchi o`z ixtiyoricha ishlar edi. 
EHMni ma’lum bir vaqtga olib, vaqtning bir qismi programmani sozlash uchun 
ajratilardi. Programma ta’minoti asosan standart kichik programmalardan 
tuzilardi. Birinchi avlod EHMlari o`zlarining katta geometrik o`lchamlari, ko`p 
energiya talab qilishi va ishonchliligining kamligi bilan farqlanardi. EHMning 
tezligi va xotira sig`imi katta emas edi. Birinchi avlod EHMlariga umumiy tavsif 
berilsa, operatsion muhitning oddiyligiga, unda elementar operatsiyalarning 
oldindan aniqlanilishi, dialog darajasining juda soddaligi, EHMda interfeys 
kanallarining yo`qligi konkret qurilmalarni boshqarishni va hisoblash jarayonini 
foydalanuvchi tomonidan tushunishni qiyinlashtirar edi. 
13


EHMning birinchi avlodidagi operatsion muhit – bu konkret algoritmlar 
mexanizmining amalga oshirilishi foydalanuvchi tomonidan beriladigan 
operatsiya va vazifalar programmasining ketma-ketligidir. Shu bilan birga bular 
sanoatda ishlab chiqarilgan birinchi mashinalar bo`lib, ko`pgina standart 
masalalarni yechishda qayta-qayta foydalanish uchun programmalarni saqlash 
imkoniyatiga ega edi. Bu ish esa foydalanuvchining EHM bilan uzviy muomalasi 
yordamida amalga oshirilar edi. Shuning uchun foydalanuvchidan hisoblash 
jarayonini boshqarish uchun programmalashtirish bosqichlarini chuqur o`rganish 
talab etilardi. 
EHMning 1-chi avlodiga oldinroq tilga olingan MESM, BESM-1,2, Strela, 
M-1, 2, M-20, Ural-1, Ural-2, Minsk-1, 2, Minsk-12 va boshqa mashinalar kiradi. 
Bu mashinalardan asosan ilmiy, texnik, muhandislik, iqtisodiy masalalarni 
yechishda foydalanilgan. 
Yarim o`tkazgichli va magnit elementli texnologiya rivojlanishi bilan 50-
yillar oxiri, 60-chi yillar boshlariga kelib EHMning 2-chi avlodini o`zlashtirish 
boshlandi. Ikkinchi avlod EHMlari informatsiya kiritish-chiqarish jarayonini 
boshqarishni markazlashmagan shaklda amalga oshirib, markaziy protsessorga 
xilma-xil tashqi qurilmalarni moslashtirib ulash imkonini beradi. Bu avlod 
EHMlarida kiritish-chiqarish qurilmalarining turlari birmuncha ko`paytirilib, 
tashqi xotira sig`imi ancha kengaytirildi. Programmalashtirishda universal va 
algoritmik tillar, tarjimonlar (translyatorlar va interpretatorlar), programmalar 
kutubxonasi va hokazolarni qo`llash imkoniyati yaratildi. Aloqa vositasi bo`lib 
(interfeys) programmalashtiriladigan maxsus protsedura tili xizmat qilardi. 
Shunga mos ravishda operatsion sistemalar paydo bo`lib, foydalanuvchi 
bajarishi lozim bo`lgan vazifani ma’lum bir protsedura tilida qabul qilish 
imkoniyatiga ega bo`ldi. Ikkinchi avlod EHMlari faqatgina muhandislik va ilmiy 
hisob-kitob ishlari uchungina ishlatilmay, kiritish va chiqarish informatsiya hajmi 
juda ko`p bo`lgan iqtisodiy va informatsion masalalarni yechish uchun ham 
foydalanildi. Ikkinchi avlod EHMlarining birinchisi "Razdan-2" bo`lib 1961 yili 
Yerevan shahrida yaratildi. 60-chi yillar ichida ikkinchi avlod EHMlarining 30 
dan ortiq modellari yaratilib, ularning ko`plari seriyalab ishlab chiqarildi ("Minsk-
2", 1963 yilda "Minsk-22", BESM-4, "Ural-11", 1964 yilda "Ural-15", 1965 
yildan keyin BESM-6, "Mir", "Nairi", "Dnepr" va boshqalar) . 
Ikkinchi avlod EHMlari o`sha davr uchun nisbatan katta tezlikka ega edi. 
Masalan, BESM-6 nomli EHMning tezligi sekundiga 1 mln. operatsiyaga teng. 
Ular ishonchliligining yuqoriligi, oldingi avlodga nisbatan kam elektr energiyasi 
talab qilishi bilan ajralib turardi. 
Uchinchi avlod EHMlari 60-yillarning oxiri va 70-yillarning boshlariga 
to`g`ri kelib, ular integral sxemalarda tuzilgan edi (IS). Integral sxema - bu 
nihoyatda kichik elektron sxema bo`lib, kremniyli plastinkada bir qancha mayda 
tranzistorlardan va boshqa elementlardan tuzilgan va ma’lum bir funktsiyani 
bajarishga moslashgandir. Bu sxemadagi elementlarning hammasi 
germetizatsiyalashtirilgan plastmassali qutichaga joylashtiriladi. 
14


Ushbu tadbirlarning hammasi gabarit sig`imning ancha 
kichiklashtirilishiga, ishonchlilikni ko`tarishga, EHMning quvvatini oshirishga 
olib keldi. Bu avlod mashinalariga hisoblash jarayonini boshqarishning 
markazlashmagan shakli xosdir. Xisoblash mashinalarini boshqarishni amalga 
oshirish, maxsus operatsion sistemaga moslashtirilgan, ya’ni EHMlarga 
o`rnashtirilgan boshqaradigan, qayta ishlaydigan va xizmat ko`rsatadigan 
programmalarga asoslangandir. 
Texnik vositalarning to`xtovsiz rivojlanishi sharoitida ishlab chiqilgan 
programma ta’minotini saqlab qolishga intilish yangi g`oyaning paydo bo`lishiga, 
ya’ni bir xil programma ta’minotidan foydalanuvchi har xil ishlab chiqarish 
quvvatiga ega bo`lgan hisoblash mashinalarining programmalari bir-biriga 
tushadigan sharoitni yaratish, ya’ni programma ta’minoti birligi tushunchasi 
vujudga kelishiga olib keldi. Aynan shu g`oya asosida 3-chi avlod EHMlariga mos 
tushuvchi "EHM arxitekturasi" paydo bo`lib, bu ibora o`z ichiga EHMlar 
majmuasining har qanday masala yechish uchun ham asosan bir xil operatsion 
muhitdan foydalanishiga aytiladi. Shunday qilib, agar ikki har xil ishlab chiqarish 
quvvatli EHMlar arxitekturasi bir xil bo`lsa, unda ishlatuvchi programmalar ham 
ushbu har xil EHMlarning har birida ham bajarilishi mumkin va tabiiyki, bu 
jarayon turli vaqt intervallari davomida amalga oshiriladi. Shunday qilib, 
EHMning arxitektura birligi EHMning programma ta’minoti birligining asosiy 
shartidir. Chunki EHM arxitekturasi uning funktsional imkoniyatlarini aniqlab, 
uchinchi avlod EHMlari arxitekturasining rivojlanishi uchun zarur bo`lgan asosiy 
masalalarni aniqlab beradi. 
70-chi yillar o`rtasiga kelib yangi integral sxemalar yaratilib, ular 
yordamida yangi ilg`or va original texnologik usullar ishlab chiqarildi, shu bilan 
birga ushbu integral sxema tarkibiga kiradigan tranzistorlar va boshqa elektron 
elementlar soni yuzlab, bir necha minglab marta oshirildi. Bunday integral 
sxemalarga katta integral sxemalar (KIS) deb nom berildi. Katta sxemalarning 
paydo bo`lishi EHMlarning 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin