Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

to`rtinchi avlodini
yaratishga asos bo`lib xizmat qildi. 
KISlardan foydalanish EHMlarning texnik-ekspluatatsion xossalarini 
birmuncha rivojlantirib va qulaylashtirib, ularning ishonchliligini, gabarit 
o`lchamini, sig`imini, qiymatini, energiyaga bo`lgan talabini va boshqa 
ko`rsatkichlarni yaxshiladi. Hozirgi paytda zamonaviy EHMlarning to`rtinchi 
avlodi ikkita asosiy yo`nalish bo`yicha rivojlanmoqda. Birinchi yo`nalish - bu 
ko`p quvvatli va ko`p protsessorli hisoblash sistemalari yaratishga mo`ljallangan 
bo`lib, ularning operatsiya bajarish tezligi sekundiga bir necha o`nlab va yuzlab 
milliard operatsiyaga tengdir. Bu yo`nalish bo`yicha ishlab chiqarilgan ko`p 
protsessorli hisoblash komplekslaridan biri "El
ь
brus" nomli mashina bo`lib, uning 
protsessori sekundiga 100 mln. operatsiyagacha bajara oladi. 
Ikkinchi yo`nalishi esa arzon, o`ta kichik bo`lgan hisoblash mashinalari 
(bularga mikro EHMlar, yoki mikrokompyuterlar) ni yaratish kiradi. 
Mikrokompyuterlarning o`zagi bo`lib unga mos bo`lgan mikroprotsessor xizmat 
qiladi. Hozirgi vaqtda yaratilgan mikrokompyuterlar xotira sig`imi, operatsiyalarni 
15


tez bajarishi va boshqa ko`rsatkichlari bo`yicha katta va mini EHMlardan pastroq 
tursa ham, u shunday yutuqlarga egaki, bu uning qiymati arzonligi, ishonchliligi, 
gabarit o`lchovining kichikligi, ishlab chiqarish va ekspluatatsion jarayonining 
oddiyligi bilan boshqa turdagi EHMlardan tubdan ajratib turadi. 
Mikrokompyuterning bu yutuqlari ularni nihoyatda tez rivojlanib, inson 
faoliyatining hamma sohalariga kirib kelishiga olib keldi. Bularning hammasi 
insonning aqliy mehnatini yengillashtirish bilan birga xilma-xil hisob-kitob, 
informatsiya saqlash va uzatish ishlarini bajarishdan uni ozod etadigan xususiy 
EHMlarni ham yaratdi. Bu yo`nalishda yaratilgan mikro EHM larning asosiy 
turlaridan biri IBM Pentium 1,2,3,4 xususiy kompyuterlar bo`lib, bular ishlab 
chiqarishning deyarli barcha soxalarida qo`llaniladi. Bulardan tashqari to`rtinchi 
avlod EHMlariga boshqa turdagi xususiy, mini, universal va super EHMlar xam 
kiradi. To`rtinchi avlod EHM arxitekturasining o`ziga xos xususiyatlaridan biri - 
axborotlar ishlab chiqarish jarayonining paralelligi, qurilma va jarayonlarning 
o`zaro sinxron ishlashi, ierarxiya tuzilishining modulliligi, konfiguratsiyani 
qaytadan va shart-sharoitga mos ravishda amalga oshirish imkoniyatlarining 
mavjudligidir. 
To`rtinchi avlod EHMlarining texnik va programma vositalari hamda 
yangidan-yangi modellari axborot ishlab chiqarish tezligini sekundiga yuzlab 
milliard operatsiyagacha yetkazishga, asosiy xotira sig`imini esa yuzlab 
Gigabaytlargacha kengaytirish imkonini beradi. 
Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan ko`pgina davlatlar hisoblash texnikasi 
vositalarining 5 - avlodini-sifat jihatidan mutlaqo yangi, foydalanuvchilar uchun 
qulay hisoblash sistemasini yaratish ustida ishlamoqda. Beshinchi avlod 
EHMlarida mashina tillarini xaqiqiy tilga yaqinlashtirish (matn, nutq, tasvir va 
boshqalar) ustida ham muntazam harakat qilinmoqda. Bundan tashqari 5-chi avlod 
EHMlari yordamida hisoblash sistemasi tashkil qilinganda ko`p ishlatiladigan 
mini, mikro va xususiy EHMlarini foydalanuvchilar uchun intellektual abonent 
punkti ko`rinishida foydalanishni ham ko`zda tutish kerak. Bu avlod mashinalarini 
inson faoliyatida qo`llash va intellektual informatsiya ishlab chiqarish jarayonini 
boshqarishda ishlatish optimal qarorlar qabul qilishga jiddiy va samarali ta’sir 
ko`rsatishi mumkin. 
Beshinchi avlod EHMlarining o`ziga xos harakterli xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
- axborotlarni har tomonlama aniqlangan va formallashgan bilim sifatida 
qayta ishlash; 
- EHMlarning hamma turlaridan, super EHMdan mikro protsessorgacha 
parallel foydalanib, ularning bajaradigan funktsiyalarini kengaytirish; 
- EHMning yuqori darajada ixtisoslashtirilishi va hisoblash vositalarining 
universallashtirilishini iloji boricha kamaytirish; 
- mini va mikro EHMlar arxitekturasini hayotga tatbiq qilishda eski avlod 
EHMlaridan farqli o`laroq yangi progressiv formalaridan keng foydalanish; 
16


- har bir yechilishi rejalashtirilgan muammo hamda masalalar uchun xos 
bo`lgan bilimlar bazasini yaratish va ularni boshqaruv jarayonida faol ishlatish; 
- intellektual interfeys vositalaridan iloji boricha to`la foydalanish hamda 
kompyuter bilan muloqotni osonlashtirib, masalalarni qo`yishda va xal qilishda 
oddiy inson tilini ishlatishga erishish. 
Beshinchi avlod EHMlari keng foydalanuvchilar ommasiga mos keladigan 
va sodda bo`lishi uchun, yuqorida aytganimizdek EHM bilan muomalani xaqiqiy 
tilda, shuningdek grafiklarni kiritish-chiqarish, hujjatlar, qo`lyozma belgilar va 
boshqalarni kiritish yoki o`qish organlari orqali amalga oshirilishi kerak. Inson va 
mashinaning o`zaro aloqa jarayonida optimal dialog rejimini rivojlantirish kun 
tartibidagi asosiy masalalardan biri bo`lib turibdi. 
Dialog rejimda kompyuter xabarning ma’nosini tushunib, inson bilan 
intellektual dialog olib borishi shart, ya’ni savolga javob berishi, taxmin, so`roq, 
foydalanuvchiga umumlashtirilgan javob bermoq imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. 
Sistema o`z oldiga qo`ygan vazifasini yechishi uchun kiritilayotgan axborotlarni 
tushunish uchun kerak bo`ladigan bilimlardan to`la foydalanishi kerak. Bu 
maqsadga erishish uchun kompterda bilimlarni to`plash, ulardan effektiv 
foydalanish uchun u qaysi sohada qo`llanilayotgan bo`lsa, o`sha sohaga taalluqli 
bilimlarning hammasiga ega bo`lishi kerak. Bunday qobiliyatlarga ega bo`lgan 
mashinalar noto`g`ri qo`yilgan masalalarni ham aniqlab berish va iloji boricha 
to`g`rilab ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi. 5-chi avlod EHMlari texnik 
masalalarni yechishda yangi qoidalarga rioya qilib, foydalanuvchilarning talabini 
to`la qondirishi shart. Bu avlod hisoblash mashinalari va sistemasining asosiy 
funktsiyalari: masalalarni avtomatik usulda yechishni amalga oshirish va 
natijalarni olish; bilim bazalarini boshqarish; intellektual interfeys vazifasini 
bajarishdan iborat. O’zaro intellektual sistema (interfeys) EHM bilan inson 
orasidagi dialogni nutq, grafika, xaqiqiy til hamda inson uchun axborot almashish 
imkoniyatiga ega bo`lgan vositalar yordamida amalga oshiradi. 
Beshinchi avlod EHMlarida to`plangan bilimlardan axborotni qayta 
ishlashning hamma bosqichlarida, nutq kiritishdan boshlab, xaqiqiy tilda 
tekstlarni, tasvirni va hokazolarni kiritish va ularga javob tayyorlashgacha bo`lgan 
hollarda foydalaniladi va bu bilimlar bilim bazasida saqlanadi. 
Beshinchi avlod EHMning yaratilishi mashinalarning element bazalari 
nihoyatda tez rivojlanib, yangi texnologiyani ishlab chiqarishga intellektual holda 
tatbiq qilish imkoniyatiga ega. EHMni intellektuallashtirish deganda, EHM 
vositalari va foydalanuvchilar orasidagi muomalani tabiiylashtirish uchun zarur 
bo`lgan qator tadbirlar ishlab chiqib, EHMdan foydalanuvchilar maxsus 
tayyorgarliksiz ham kompyuterdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo`lishiga 
aytiladi. 
Tabiiyki, 5-chi avlod kompyuterlari o`zining rivojlanishi bilan birga 
intellektual sistemalarning evolyutsion jarayonini ham ta’minlaydi. 
17


Bunday sistemalarni tatbiq etish real natijalarga ham olib keladi; masalan, 
hozirgi vaqtda inson bilan mashina orasidagi nutq yordamida axborot almashish, 
tarjimalar qilishni avtomatizatsiyalash, deduktiv planlashtirish va qaror qabul 
qilish, "hissiyotli" robotlar avlodini yaratish va boshqalar ustida ishlar olib 
borilmoqda. 5-chi avlod EHMlarida axborotlarni kiritish-chiqarish formalarini 
tabiiylashtirish axborotlarning katta oqimini tez qayta ishlashni ta’minlashga olib 
keladi. Shuning uchun ham EHMlarning bu avlodi taqsimlangan lokal 
tarmoqlarning yadrosi bo`lib qoladi. 
Xususiy EHMlar asosida qurilgan ishchi stantsiyalar va hisoblash 
sistemalari vaqti kelganda foydalanuvchi uchun xuddi telefon va energiya 
tarmoqlaridek hammabop bo`lib qoladi. 
EHMlarning 6-chi avlodiga kelsak biz hozir faqatgina taxmin qilishimiz 
mumkinki, u davrda intellektual komplekslar (IK) paydo bo`lib, inson va 
mashinaning intellektual quvvatini bir qancha marotaba oshiradi. Bu inson ijodi 
imkoniyatini modellashtirib berishi mumkin, shuning uchun ham bu davrda 
mashina yaratish jarayonida inson faoliyatining fiziologik, psixologik, fikr yuritish 
kabi ijodiy tomonlarini o`rganishga qaratiladi. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin