O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə326/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Nazorat savollari: 
1. 3D printerlar 
2. Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‗llash 
3. 3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter 
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012 
2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter 
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖ 
Toshkent-2021 
Internet saytlari 
3.
Arxiv.uz 
4.
Ziyonet.uz 
43-Mavzu: Kartridj qurilmasi. Kartridj qismlari vazifasi. Kartridjni 
tarqatish 
Reja: 
1.
Kartridj qurilmasi. 
2.
Kartridj qismlari vazifasi. 
3.
Kartridjni tarqatish 


Lazerli printer 
– kompyuter va fotonusxalovchi apparatning gibrid 
ko‘rinishidir. Unda shaxsiy mikroprotsessor va xotira qurilmasi mavjud. 
Bosmaga chiqarish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: katrejdagi baraban 
aylanma harakatlanayotgan paytda qog‘ozni ham o‘z atrofidan aylantiradi va 
tonerni ham shu atrofda yuza sathida sepa boshlaydi. Shu payt mikroprotsessor 
qog‘oz sathidagi yuza bo‘ylab tasvirni belgilab beradi. Ushbu tasvirni u 
kompyuter protsessori buyrug‘i orqali amalga oshiradi. Ayrim printerlarda 
o‘rnatilgan shriftlar mavjud bo‘ladi. Ularni imkoniyatini kengaytirish uchun 
maxsus dastur, drayverlaridan foydalaniladi. Bunday jarayonni printerga 
shriftlarni yuklash jarayoni deb yuritiladi. Printerga shriftlarni o‘rnatish uchun 
―Pusk‖ - ―Panel upravleniya‖ – ―shrifti‖ ketma – ketlikda amal bajariladi. 
Shriftlar ham, ayrim parametr to‘plamidan iborat bo‘ladi: simvollar tipi, shrift 
o‘lchami, qalinligi va qiyaligi. Masalan. Times New Roman shrifti 12 o‘lchamli 
bo‘lsa, u Times New Roman Uz shrifti 14 o‘lchamidan farq qiladi. Siyohli va 
ingali printerlar lazerli printerlardan tubdan farq qiladilar. Ularda xotira hajmi 
kam bo‘lib, kompyuterdan kelgan ma`lumotlarni o‘zini buferida saqlaydi. 
Chunki ular ma`lumotlarni qatorma - qator ketma – ket bosmadan chiqaradi. 
Ma`lumotlarni bosmadan chiqarishda, ularning drayverlariga e`tabor berish 
kerak. Turli tipdagi printerlarning drayverlari turlicha bo‘ladi. Printerlar 
axborotlarni chiqarishda kompyuterdan ko‘rsatma oladilar. Printerlarni 
boshqarishda maxsus dastur buyruqlardan foydalaniladi. Ularni drayver 
dasturlari deb ham yuritiladi. Ayrim firmalar printer ishlab chiqarishda, ularga 
mos drayver dasturlarini yozib qo‘yyadilar va osongina WINDOWS operatsion 
tizimida o‘rnatadilar. Printerlar kompyuterlarga parallel portlar orqali ulanadilar. 
Ulardagi portlar ikki yo‘nalishli bo‘ladilar kompyuter tomonidan signallarni 
printerga jo‘natish va aksincha, undan signallarni qabul qilii. Ushbu amal orqali 
printerni ishga tayyorligi yoki tayyormasligi haqida kompyuter ma`lumotga ega 
bo‘ladi. Parallel portlarga mos kabellar tanlab olinadi. Ularning uchlarda maxsus 
ignali simlar (ota) va maxsus teshikchalar (ona) mavjud bo‘ladi. Parallel 
portlarni LPT deb belgilanadilar. Birinchi portni LPT1 va ikkinchi portni LPT2 
deb belgilaydilar. Printer portlari va simlarini aniqlab olingandan so‘ng, uni 
o‘rnatish mumkin. Ushbu amalni bajarish uchun barcha kerakli jihozlar 
mavjudligiga ishonch hosil qilinadi: kartridj va toner. 
Barcha tayyorgarliklar bajarilgandan so‘ng, printer simlarini kompyuter portiga 
va elektr tok manbaiga ulanadi. So‘ngra, printer dastur drayverlarini sozlash 
amallari bajariladi. Printer dastur drayverlarini WINDOWS operatsion tizimida 
o‘rnatish uchun ―Pusk‖ – ―Panel upravleniya‖ – Printeri – ―Ustanovit printer‖ 
buyrug‘idan foydalaniladi. OT ning o‘zi kompyuterda ulangan printerning tipini 
aniqlab olinadi va OK tugmasi bosiladi. 
Yangi printerni o‘rnatish uchun quyidagi ishlar bajariladi: 
- simlarning tipi aniqlab olinadi; 
- dasturli drayverni to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qiling; 
- kompyuter va printerlarni parallel simlar orqali to‘g‘ri o‘rnatilganligiga 
ishonch hosil qiling; 
- kartridj va tonerlarni printerga instruktsiya bilan to‘g‘ri joylashtiring; 


- kompyuter va printerlarni elektr manbaaga ulang; 
- WINDOWS operatsion tizimida drayverlarni o‘rnating; 
- Printerni testdan o‘tkaztiring; 
- Printerni boshqa dasturiy ta`minotga moslashtiring. 
Yuqoridagi amallarni bajargandan so‘ng, printer ishlamasa, u holda 
quyidagicha ish yuritiladi: 
- printerni elektr manbaiga ulanganligini tekshirib ko‘ring; 
- printerni ―gotovnost‖ rejimida turganligini tekshirib ko‘ring; 
- printerda qog‘oz qo‘yilganligini tekshiring; 
- kartridjni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘yilganligini tekshiring; 
- printerda sozlash amallari to‘g‘i bajarilganligini tekshirib ko‘ring. 
- Printer uchun qayta nazorat test operatsiyasini o‘tkazing; 
- qog‘oz formatini tekshirib ko‘ring. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin