bir necha soat ichida balandligi olti metr bo‗lgan binoni ―barpo‗qilishi mumkin‖.
Bunda u ―siyoh‖ o‗rnida kuchaytirilgan shisha tolali sementdan foydalanadi.
3Dprinterlar imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda.
Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‗llash istiqbollari ham juda katta. Misol uchun,
bunday yo‗sinda tayyorlanadigan protezlar bemor tanasining ilg‗ash qiyin
bo‗lgan individual jihatlarini ham hisobga olish imkonini beradi.
Stomatologiyada vaqtinchalik tish qoplamasi yoki jag‗ implantatlarini yaratishda
3D-printerlardan keng foydalanilmoqda. Tibbiyotning
boshqa sohalarida ham
ushbu qurilmani qo‗llash bo‗yicha izlanishlar olib borilayotir. Mutaxassislarning
bildirishicha, kelajakda inson organlarini ―chop etish‖ imkoniyatlari ham yo‗q
emas. 3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga
sazovor. Deylik, mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni
aynan o‗zidek ko‗paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino‗yulduzlari,
multfilmlar qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini
ro‗yobga chiqarish imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‗zi,
yaqinlarining qiyofalarini shakllantirsa bo‗ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa,
original va noyob taqinchoqlar hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta
qiziqish bilan qarayapti. Qayd etish kerakki, eng so‗nggi rusumdagi 3D-
printerlar ―siyoh‖ sifatida
nafaqat plastik materialni, ayni paytda oltin, kumush
va platinalarni ham ishlata oladi. Buyurtmachi esa taqinchoqning shakli va
usulini tabiga qarab tanlashi mumkin. Bugun 3D-printerlarni qo‗llash sohasi
hamda ko‗lami tobora kengayib bormoqda. Bunda zamondan ortda qolib
ketmaslik lozim. Mamlakatimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universitetining professor-o‗qituvchilari va iqtidorli
talabalari tomonidan 3D-printerlar yordamida qator loyihalar amalga
oshirilayotganini alohida ta'kidlash o‗rinli.
Yoki odamdek yuradigan robotni olaylik. ―Servo‖
motoridan foydalanilgani
tufayli u bemalol harakatlanib, yo‗ldagi to‗siqlarni aniqlaydi va ularni hatlab
o‗ta oladi. Qolaversa, bu robot hatto‗to‗p o‗ynashi ham mumkin. Qurilma
dasturlashtirilgan topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin
bo‗lgan yoki aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‗lgan vazifalarni
bajarishda qatnashish xususiyatiga ega. Kimyo‗sanoati
korxonalarida yoxud
favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda ham uning xizmatidan
foydalanish mumkin.
— Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol
foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu
darajada sho‗ng‗ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida
bosh qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda sinab
ko‗rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz.
Bunday qurilmalar bir qator oliy ta'lim
muassasalaridagina ishlatiladi, xolos.
Vaholanki, dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz
hozircha tibbiyot sohasida, aniqroq aytadigan bo‗lsak, zamonaviy protezlar
tayyorlashda 3D-printerlardan foydalanishga ko‗proq urg‗u berayapmiz.
Kelajakda istiqbolli yo‗nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‗llash
choralarini ko‗ramiz. Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy
ta'lim muassasalaridagina mavjud bo‗lib, ular tor doirada ishlatilayapti.
Ammo mutaxassislarning fikricha, 3D-modellashtirish bo‗yicha kadrlar
tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim. Zero, ushbu sohada dunyo
miqyosida tala tobora o‗sib borayapti. Tabiiyki, yaqin istiqbolda yurtimizda ham
unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion ishlanmalar va ilg‗or
texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha
jabhasiga joriy qilish
davlatimiz siyosati darajasiga ko‗tarilganligi ham bejiz emas.
Dostları ilə paylaş: